Homiladorlik paytida bo'lishi mumkin bo'lgan kasalliklar va ularni davolash yo'llari

Homiladorlik paytidagi kasalliklarni davolash yo'llari

Homilador ayollar qon ko'rishining davosi

Ba'zan homilador ayollarda qon ko'rish holatlari uchrab turadi. Buning davosi; anor po'sti, anor guli, mozi,dub yong'og'i va boshqa xushbo'y bo'lmagan burishtiruvchi narsalardan teng miqdorda olib, 5 litr suvda 35-40 daqiqa qaynatib, har safar suvni isitib 30 daqiqadan suv tugaguncha vanna qilish kerak.

Goho mozi, anor guli, anor po'sti va quruq anjir qoqilaridan teng miqdorda olib, bir kecha kunduz mobaynida 300 gramm surkada ivitib, har kuni 3 mahal ozroq toza paxtani to'yintirib, farjining ichiga qo'yiladi. Kasalliklar begumon tuzaladi.

Homilador ayollarda oyoqning shishishini davolash

Homilador ayollarning oyoqlari shishganda 10 kun 2 mahal karam yaproqlari bog'lanadi va sirka bilan zaytun yog'ini aralashtirib, 10 kun 2 mahal surtib, bog'lab qo'yilsa, shishlar qaytadi. Mol yog'ini surtib, 10 kun bog'lab yurilsa, issiq shishlar qaytadi.

Ba'zan 30 gramm suvda o'sadigan qamish ildizini, 100 gramm sirka bilan aralashtirib, 10 kun surtilsa, yoki 50 gramm shivit talqoni, 100 gramm sirka bilan quyuq surtma tayyorlab, 10 kun 2 mahal surtib bog'lab qo'yilsa, shishlarni qaytarishda yaxshi foyda beradi.

Xuddi shunday, 10 kun 2 mahal Abu Jahl tarvuzining bargidan siqib olingan suvi ham oyoq shishlarini qaytaradi.

Bola tushishining sabablari

Bola tushishi sabablari ba'zan urilish, yiqilish, haddan tashqari badantarbiya, qattiq sakrash, ayniqsa, orqaga sakrash kabi tashqi ta'sirotlardan iborat bo'ladi. Chinki bular ko'pincha tutilgan urug'ni shundayligicha tushirib yuboradi. Yoki qattiq achchiqlanish, qo'rqish va xafa bo'lish kabi biron alamdan yoxud havoning haddan tashqari sovishi yoki isishidan ham bola tushadi. Mana shu sababdan homilador ayollar uchun hammomda ko'p o'tirish zarardir. Chunki hammom bolani toydirish orqali tushirish bilan birga goho qorindagi bolani sovuq havoga muhtoj qilish bilan ham tushiradi.

Ko'pincha bola quvvatini yo'qotishi va bo'shashishi tufayli zaiflashib ham tushadi. Bola tushishi badanga yetgan og'riqlar, kasalliklar va qattiq ochlik, shuningdek, biror xilt, tomirga nishtar urishi orqali ham bo'ladi.

Bola katta bo'lgan sayin qon oqishidan yetadigan zarar ham ko'paya boradi. Ovqat bilan ko'p to'yish va me'daning ko'p buzilishidan ham bola tushadi. Chunki bu narsa bola ozig'ini yoki bolaga boradigan oziq yo'lini to'sadi; shuningdek, bachadonni tashqari tomon harakat qildiradigan ko'p jinsiy aloqa ham bunga sabab bo'ladi, ayniqsa, u yettinchi oydan keyin shunday bo'ladi. Ba'zan bola biron sababdan o'lishi tufayli ham tushadi.

Erkak urug'ining aslida sovuq bo'lishi ham homiladorlikning boshida bola tushishiga olib kelishi mumkin. Chunki undan paydo bo'ladigan parda zaif bo'lib, u qonni tortishi tufayli yirtilishga tayyor bo'ladi. Olti oyda va undan keyingi oyda, bola bachadonda bo'lgan toydiruvchi rutubatlar tufayli tushishi mumkin.

Bir guruh tabiblarning aytishicha, bu ko'pincha achishish sababli bo'ladi; ma'lum muddatdan keyin bola tushishining ko'pi sovuqdan bo'lgan kuchsizlikdan kelib chiqadi. Aytishlaricha o'rta ozg'in ayol homilador bo'lsa, u semirishdan oldin bolasini tashlaydi. Chunki uning badani o'zini tuzatish va quvvatini qaytarish uchun shuncha oziq oladiki, bolaga undan hech narsa ortib qolmaydi va u zaiflashadi. Mo''tadillikdan tashqari ota sovuq va o'ta issiq fasllarda bola tushishi, tug'ishda qiynalish va ba'zida homilador ayollarning vafot etish hollari uchraydi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: