Gemorroy (bavosil) qanday kasallik va uni uy sharoitida davolash yo’llari

Gemarroyni qanday davolash mumkin

Erkakmi, ayolmi tanlab o’tirmaydigan xalq orasida gemarroy (bavosil) degan kasallik bor. Tibbiyotda uning 2 ta turi, ya’ni ichki va tashqi bavosil turlari mavjud. Tashqi gemorroy orqa teshik atrofida ko’rinib turadi. Ichki gemorroy esa orqa teshik ichkarisida bo’lib, ko’rinmaydi.

Ichki bavosil qanday bo’ladi

Uning boshlanishi organizmga deyarli sezilmaydi. Vaqt o’tgan sari kuchanganda yoki axlat chiqqanda qon aralashadi. Qonning rangi yorqin holda bo’ladigan bo’lsa, unda qon tugynchalari teshikka yaqinroq joyda boladi. Agar qon rangi qoramtir bo’lsa, unda oshqozonda yoki 12 barmoqli ichaklarda yara borligiga shubha uyg’otadi. Ichki gemorroyni ko’rish uchun maxsus kalanoskop nayi orqa teshik orqali uzatiladi. O’lchami, qay shakldaligi, soni aniqlanadi va tashhis qo’yiladi.

Tashqi bavosil qanday bo’ladi

U orqa chiqaruv teshigi atrofida o’ziga xos teri bilan o’ralib shish shaklida bo’ladi. Qichishib, achishib turadi. Tashqi bavosilni orqa teshikni ko’rgan zahoti xulosa chiqariladi.

Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablar va omillar

  1. Doimiy o’tirib ishlash tarzida
  2. Og’ir sport turi bilan shug’illanadiganlarda yoki og’ir mehnat qiladiganlarda
  3. Tez-tez ich qotishi yo’g’on ichakni tirnalishiga olib keladi. Shu joyda qon aylanishi buzilib gemorroyga paydo bo’ladi
  4. Infeksion kasalliklar vaqtida davolanmasa yoki ichish, chekish sabab bo’ladi
  5. Axlat chiqqandan keyin yuvilmasa
  6. Ayollarda ko’pincha, tug’riq vaqtida kuchanganda paydo bo’ladi.

Gemarroyni davolash turlari

Gemarroy asosan ikki yo’l bilan davolanadi:

  1. Dori-darmon bilan shu joydagi qon aylanishini yaxshilab, og’riqni qoldirish. Dorilar shunchaki belgilarini engillashtiradi.
  2. Asosiy davo usuli jarrohlik yo’li. 1 sm dan oshganda uni jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi.

Qo’llaniladigan dorilar:

  1. 5-litr iliq suvga 3 dona furatsilin tabletkasi maydalab solinadi va dumba sohasi vanna qilinadi. Keyin svecha qo’yiladi. 2 mahaldan 10 kun. Keyingi oy yana shu muolaja 10 kun takrorlanadi.
  2. Relif ultra svechasi ertalab va kechqurun 10 kun mobaynida qo’yiladi. Keyingi oy yana 10 kun davom ettiriladi.
  3. Gepatromben G maz tushlik vaqtida qo’llashga ayni muddao. Kuniga 1 marotaba orqa teshik tozalanib surtiladi. Ustidan yarim soatga salafan yopib qo’yiladi. 10 kun mobaynida qo’llaniladi.
  4. Flebodiy tabletkasi endi boshlangan bavosilni kattalashtirishga qo’ymaydi yoki oldini oladi. 4 kun 2 mahal 1 donadan ovqat vaqti qabul qilinadi. 5 chi kuni 1 mahal 1 donadan ovqat vaqti ictemol qilinadi. Muolaja muddati 15 kun. Keyingi oy yana 15 kun takrorlanadi.
  5. Sianokobalamin-vitamin B12 0,5 mg shprisda tortiladi va ustidan vitamin С 2 ml dozada tortiladi. Ikkalasi qo’shilib kunuga bir mahal dumba mushagiga 10 kun mobaynida ukol qilinadi. Bu muolajalarni uy sharoitida qo’llasa bo’ladi.
Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 1 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: