Ko’p taom yeyishning zarari

Ko'p taom istemol qilishning zararlari

Ko’p ovqat yeyish javharda ortiqcha bo’lgan ovqatdan foydalanishni kamaytiradi, yetilmagan xiltni ko’paytiradi. Mayda teshikchalarda tiqilmalar paydo qiladi. Tabiiy quvvatlarni susaytiradi, isitmalar turli sasishlar, ichki, tashqi, yonbosh og’riqlar,bo’g’in og’riqlarini keltirib chiqaradi.

Issiq mijozli kishilarga lavlagi sho’rvasi, yasmiq sho’rvasi va tuxum sarig’i, jaydari qizil atirgulni qaynatib, sharbati ichiriladi.

Sovuq mijozliga kelsak, kasallikka yovvoyi zira talqonini 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab , och holda orqasidan qaynoqroq suv ichish tavsiya etiladi. So’ng 3 kun yengil ovqatlar beriladi, badantarbiya qilinadi.

Yog’li ovqatlarning zarari

Sermoy ovqat me’dani, xususan, uning og’zini zaiflashtiradi. Mayda teshikchalarni to’sadi va g’izoni o’tishga qo’ymaydi.

Davolash: Unga qarshi behi suvi, burishtiruvchilar, sirka va iskanjubin kabi parchalovchilar tanovul qilish va uni tezda tushirib yuborishga harakat qilish kerak.

So’ng asal suvi va dorilar, iskanjubin yordamida haydashda davom etish yoki pishloq, g’o’ra uzum hamda behi kabilar bilan davolaniladi.

Taom ustiga taom istemol qilishning zarari

Taom ustiga taom yeyish 3 xil zarar qiladi.

  1. Me’da ovqatdan bo’shamasdan turib, ikkinchi ovqat uni ishlashga majbur qiladi. Natijada uni ham ishlashga majbur bo’ladi. Bu hol esa quvvatning zaiflashuviga olib keladi
  2. Hazm bo’lgan ovqat ham bo’lmagan bilan aralashadi va shu holda tomirlarga o’tadi. Natijada, tiqilmalar vujudga keladi.
  3. Hazm bo’lgani, hazm bo’lmagani bilan aralashadi va u bilan birga to’xtab qoladi. Hazm bo’lar ekan u bilan tomirlarga o’tib ketishga intiladi. Uzoq turib qolish, y’ani tabiiy zarur vaqtdan ortiq bo’lishi tufayli sasiydi.

Davolash: Albatta qusish, yo’qsa, ichni surishdan iborat. O’sha taom ortidan uzoq ochlik va ko’p uyqu hamda badantarbiya qilinadi.

Taom ustiga harakatning zarari

Taom ustiga harakat qilish uch vajdan zarar qiladi.

1, Taomni qattiq chayqaltiradi va uni qamrab turgan a’zolarning yuzasi unga uzoq tegib turmaydi, natijada hazm bo’lmaydi.

2. Tugma harorat sirtida tarqaladi va uning ichi sovuqligicha qoladi. Hazm qiluvchi kuch o’zi muhtoj bo’lgan tug’ma haroratni yo’qotadi.

3. Taomni hazm bo’lmasdan tushirib yuboradi.

Davolash: o’sha ovqatni mumkin qadar chiqarib yuborib, qoldiqlarini yuvishdir.

Xoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor»kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: