Sabzi sharbatining inson salomatligi uchun juda foydali xususiyatlari bor. Vitamin A organizmning qarish jarayonini uzoqlashtiradi:
- Vitamin A ko’zning ko’rish qobiliyatini kuchaytiradi. Ko’z gavhariga nur qo’shadi.
- Organizmdagi barcha hujayralarni yangidan hosil bo’lishi uchun insonga bir necha fiziologik kimyoviy reaksiyalar kerak bo’ladi. Bu jarayonda oqsillarni turli xil shakllarga keltirish uchun vitamin A katta rol o’ynaydi. Shuning uchun sabzi sharbatini ko’proq istemol qilish kerak. Sharbat ichgandan keyin yog’li qatiq yoki smetana ichishga tavsiya etladi.
- Sabzi sharbatining tarkibidagi vitamin va mikromoddalar immun hujayralarining yangidan tug’ilishi uchun va immun tizimi infeksiyalariga qarshi kurashish uchun o’zining faol hissasini qo’shadi. Immunitetni ko’taradi.
- Sabzi sharbatini muntazam istemol qilgan kishining tanasi tiniq va elastik holatda bo’ladi. Turli dog’lar tushushining oldini oladi. Yuz ko’rinishi chiroyli ko’rinishga ega bo’ladi.
- Sabzi sharbatidagi vitamin va mikromoddalar, yosh bolalarning va xomilador ayollarning qornidagi bolasi tez rivojlanishiga, fiziologik shakllanishiga yordam beruvchi tabiiy toza mahsulotlardir.
- Sharbatning tarkibidagi mikromoddalar asab tizimini oziqlantiradi.
- Sabzi sharbati ko’p ichib turilsa, qomat chiroyli bo’ladi. Ichilgan sharbat organizmga so’rilishi uchun organizm o’zidagi yog’larni eritishga majbur bo’ladi. Shuning uchun sharbatdan ko’p istemol qilinsa, tanadagi ortiqcha, zararli yog’lardan xolos bo’lish mumkin.
Ko’rib turganingizdek sog’lom bo’lib yurish o’zimizga ham bog’liq ekan. Sog’ligingizni asrang va baxtli yashang!