Qandli diabet va taomnoma

Qandli diabetda nimalar yeyish mumkin, nimalar mumkin emas

Bemorning ovqatlanish ratsioni qanday bo’lishi kerak

Salom do’stlar. Bugungi maqolada qandli diabetda nimalar yeyish mumkin-u, nimalar mumkin emas, shu haqda gaplashamiz.

Qandli diabet bilan og’rigan bemorlar taomnomasida yog’li ovqatlar miqdori kamaytiriladi. Kasallik zo’rayib ketganida, sariyog’ va boshqa tur yog’lar mutlaqo berilmaydi. Ovqat kaloriyasining qariyb 20 foizi oqsillardan tashkil topishi kerak. Taom vitaminlarga, ayniqsa, C va B guruh vitaminlariga boy bo’lmog’i lozim. Ovqatni bo’lib-bo’lib tez-tez yeyish kerak.

Masalan, nonushta va tushlikni ikki mahalga bo’lish lozim. Bunda birinchi nonushtaga bir kunlik ovqat kaloriyasining 25 foizi, ikkinchisiga 10 foizi, birinchi tushlikka 35 foizi, ikkinchisiga 10 foizi va kechki ovqatga 20 foizi to’g’ri keladi. Qovurilgan ovqatlar tavsiya etilmaydi, faqat piyozni yog’da doglab yeyish mumkin.

Xo’sh demak, qandli diabetda nimalar yeyish mumkin-u, nimalar mumkin emas…

Qandli diabetda iste’mol man etiladigan mahsulotlar

Qandli diabet kasaliga chalingan bemorlarga quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish man etiladi: tort, keks, konfet, shokolad, asal, murabbo, marmelad, muzqaymoq: oliy nav (oq) undan tayyorlangan non, xot-dog, gamburger, sho’r va achchiq konservalar, smetana sariyog’, qaymoq, margarin, yogurt, mayonez, gorchitsa, qalampir, dudlangan kolbasa, sosiska, kabob, norin, qazi, qo’y yog’i, mol yog’i, spitli va gazlangan ichimliklar, qora choy, qahva, shirin sharbat.

Shuningdek, tarkibida ko’p miqdorda uglevod saqlaydigan mevalar: banan, uzum, arab xurmosi va sabzavotlardan kartoshka yeyish mumkin emas. Bemorlar yog’siz go’shtni, baliqni dimlab yoki qaynatib istemol qilishlari mumkin. Qovurilganini esa oz miqdorda yeyishlari mumkin.

Qandli diabetda iste’mol qilish mumkin bo’lgan mahsulotlar

Kasalning ovqat ratsionidan kletchatkaga boy bo’lgan mahsulotlar, yani karamning barcha turlari, sabzi, rediska, loviya (fasol) , bulg’or qalampiri, baqlajon va shirin bo’lmagan mevalar joy olishi kerak.

Tarvuz qandli diabet kasalligiga shifo bo’ladigan, juda foydali poliz mahsulotidir. Qovun va uzum esa, aksincha, tanadagi qand miqdorini oshiradi. Shu bois bemorlarga qovun iste’mol qilish taqiqlanadi.

Qand kasali bor odam ovqatni sarimsoq piyoz, karam va sabzi bilan istemol qilsa taom yanada foydali bo’lib, dardiga darmon bo’ladi.

Bu turdagi bemorlar taomnomasiga, albatta, loviyali ovqatlar kiritilishi lozim. Chunki loviya organizm uchun zarur vitaminlar, oqsil va mikroelementlarga boy. Loviya parhez taom sifatida bebahodir.

Mutaxassislar qandli diabetga chalingan bemorlar dasturxonida, albatta, yachil loviya qo’zog’i bo’lishi kerak, deyishadi.

Loviyani ko’pincha «lahm go’sht» deb ham atashadi. Chunki u oqsillarga juda ham boy mahsulot sanaladi. Hayvon oqsilidan farqli ravishda, o’simliklardagi oqsil tana vazni ortishiga olib kellmaydi, bu esa diabetda juda muhim. Qandli diabetda suv o’rnida ichiladigan sharbatlar nordon meva va sabzavotlardan tayyorlangan bo’lishi kerak.

Masalan, sabzi, behi, apelsin, limon, zubturum (rus tilida podorojnik) shirasi bilan aralashtirilgan bodring suvi, olcha suvi, olma suvi, nordon olma suvi, olxo’ri suvi, yalpizning quyuq shirasi va damlamasi, ko’k choy, tog’ rayhoni damlamasi bemorlarga juda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Meva sharbatlarini ma’danli (mineral) suv bilan suyultirib ichish ham tavsiya etiladi.

Ilhom Otajonov «Qandli diabetda shifobaxsh dasturxon» nomli kitobdan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: