Tabiatdagi barcha o'simliklarning xosiyatlari va foydalari 0.2

Tabiat o'simliklarining odam organizmiga foydalari

Tabiatdagi barcha o'simliklarning xosiyatlari va foydalari 0.1
Tabiatdagi barcha o'simliklarning xosiyatlari va foydalari 0.3

Olxo'rining xosiyatlari

Olxo'ri O'zbekistonning hamma suvli joylarida o'sadi. Olxo'rining mevasi nafaqat oziq, balki u ko'p kasalliklarga davodir. Buning oziqligi Disquridus fikricha ozdir ammo Jolinus fikricha unday emas. Hom mevasida burishtirish xossasi bor. Ovqatlarga qaraganda oziqligi oz.

  1. Daraxt tanasi yelimli bo'lib, mevalari pishgach yig'ib olinadi. Yelimining sirka bilan qo'shilgani temiratkiga 10 kun 3 mahaldan surtilsa, temratkini yo'qotadi.
  2. Olxo'ri yoprog'ining 100 gramini bir litr suvda past olovda 10 daqiqa qaynatib, 7 kun 3-4 mahal og'izda 12 daqiqa ushlab turilsa, ikkala bodomsimon bezlariga va og'iz yaralariga foyda qiladi.
  3. Yelimini 15 kun 3 mahaldan ko'zga surtilsa, ko'zni kuchli va quvvatli qiladi.
  4. Olxo'rining 500 gramini 4 litr suvda past olovda 40 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal qaynatmadan 100 gramdan ichilsa, ko'krak og'rig'i va yurakning qizishi yo'qoladi.
  5. Olxo'rining achchiq xilini 10 kun 3 mahal 100 gramdan istemol qilinsa, balg'amni haydaydi.
  6. Jolinus shunday deydi: «Disquridus dimiqiy turi ichni qotiradi deb xato qilgan, aksincha u ichni suradi».
  7. Yelimini 10 kun 3 mahal och holda chigitday miqdorda yeyilsa, qovuq toshini maydalaydi, suvi esa hayz qonini yurishtiradi. Ichni surishda qurig'idan ho'li kuchli.

Anorning xosiyatlari

  1. Achchiq anor suvini 10 kun uch mahal uch osh qoshiqdan ichilsa balg'am daf bo'ladi.
  2. Shirin anor suviga baravar asal qo'shib, 10 kun 3 mahal quloq yarasiga surtilsa, (parhezi bilan) begumon tuzaladi.
  3. Shirin anor suvi o'n kun uch mahal uch osh qoshiqdan ichilsa, meda illati ketadi.
  4. Achchig'ining suvini sakkiz kun uch mahal och holda ellik gramdan ichilsa, peshob haydaydi.
  5. Achchiq anor suvini o'n kun uch mahal och holda ellik gramdan ichilsa, erkaklik urug'ini ko'paytiradi.
  6. Achchiq va shirin anorning suvini teng qo'shib, 15 kum 3 mahal 50 gramdan ichilsa, xafaqon kasalini tanadan begumon haydaydi.
  7. Anor po'chog'ining yuz gramiga bir yarim gram suv qo'shib 30 daqiqa milt-milt qaynatib, besh kun uch mahal ellik gramdan ichilsa, ich og'rig'i va ich ketishi kasalligiga foyda beradi.
  8. Yovvoyi anar gulining 20 gramiga 50 gramm toza asal qo'shib, sakkiz ku 4-5 mahal yara bo'lgan milklarga va qimirlagan tishlarga surtib, 15 minut og'izda tutib turilsa, bu ikki illat ham tuzaladi. Xuddi shunday qilib gulining qaynatmasini og'izga olib g'ar-g'ara qilinsa ham, milk va tish qimirlashlari tuzaladi.

Dalachoyining xosiyatlari

Dalachoy O'zbekistonning hamma qir adirlarida, bog' va ariqlarining bo'ylarida o'sadi. Bir yillik o'simlik bo'lib, urug'idan ko'payadi. Iyun oylarida pishib yetiladi. Dalachoy buyrak, yurak, meda, ichak, sil, pes va og'iz bo'shlig'idagi shillik yaralarni davolaydi va qon ketishini to'xtatadi, yaralarning bitishini tezlatadi, gijjalarni tushiradi. Revmatizm, jigar, meda yarasi, ichburug', bo'g'im og'riqlari va boshqa ko'plab kasalliklarga davo bo'ladi.

  1. Dalachoyining 300 gramm urug'ini 3 litr suvda past olovda 20 daqiqa qaynatib, 10 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, buyrak, yurakning tez urushi va sanchishiga foyda beradi.
  2. Qaynatma 12 kun 3 mahal och holda 50 gramdan ichilsa, meda va ichak yaralari tuzaladi.
  3. Qaynatma 20 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, sil kasalligiga yaxshigina foyda beradi (parhezi bilan albatta).
  4. Qaynatma qirq kun uch mahal yuz gramdan parhezi bilan ichilsa, 3-4 yillik pesga foyda qiladi.
  5. Qaynatma bilan yetti kun 3-4 mahaldan g'ar-g'ara qilinsa, og'iz bo'shlig'idagi yaralar tuzaladi.
  6. Olti kun uch mahal yuz gramdan ichilsa, ayollardan qon ketishi to'xtaydi.
  7. Ichki va ustki yaralar bo'lsa, o'n ikki kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa va surtilsa, bitishini tezlashtiradi.
  8. Qaynatmasi sakkiz kun uch mahal 100 gramdan och holda ichilsa, suv va mevalardan boshqa narsa istemol qilmasa, gijjalarni tushiradi.
  9. Revmatizmda o'n besh kun uch mahal yuz gramdan ichilsa, foyda qiladi.
  10. Qirq kun 3 mahal 100 gramdan parhezi bilan ichilsa, jigar so'lishi kasalligi tuzaladi.
  11. Qaynatmasi 10 kun uch mahal parhezi bilan ichilsa, bo'g'im og'rig'i va ichburug' kasalliklari tuzaladi.

Karamning xosiyatlari

  1. Karamni go'sht maydalagichdan o'tkazib, o'zini yoki arpa uni bilan qo'shilganini quyuq surtma qilib 10 kun 3 mahal har qanday issiq shishga, shilimshiqli o'smalarga, saramas va eshakemiga qo'yib bog'lansa, foyda qiladi.
  2. Tizza va bo'g'inlarda tuz bo'lsa, o'n uch kun ikki mahaldan qo'yib bog'lansa, foyda beradi.
  3. Xomi 15 kun 3 mahal 150 gramdan yeyilsa, qaltiroqqa foyda qiladi.
  4. Karam suvi buringa 15 kun 3 mahaldan yuborilsa miyani tozalaydi.
  5. Karamning xomi 12 kun 3 mahal 150 gramdan yeyilsa, yuzni tozalaydi.
  6. Karam suviga kunjut yog'ini aralashtirib tomoq chayilsa, (10 kun 3 mahal) foyda qiladi.
  7. Karamning xomi 4 kun 3 mahal 200 gramdan yeyilsa, ovozni chiroyli qiladi.
  8. Xomi 12 kun 3 mahal sirka bilan qo'shib yeyilsa, taloqni davolaydi.
  9. Agar parhezi bilan karamni 12 kun 3 mahal och holda 150 gramdan yeyilsa, peshob va hayz qonini kuchli haydaydi.
  10. Karam urug'ini misr baqilasining qaynatma suvi bilan aralashtirib, olti kun uch mahal och holda bir osh qoshiqdan istemol qilinsa, hamda orqasidan non va ovqatlar yemay faqat mevalar istemol qilinsa, gijjalarni tushiradi.
  11. Gulkaram 12 kun uch mahal och holda 100 gramdan yeyilsa, hayz qonini haydaydi.
  12. Karam meyordan ko'p yeyilsa, jinsiy quvvatni buzadi.

Zanjabilning xosiyatlari

Zanjabil tabiatan murchga o'xshaydi. Disquridusning aytishicha, ildizi tuproq rangida bo'ladi. Bu o'simlik ko'pincha hovuz va buloqlar atrofida o'sadi.

  1. Talqonini uch kun uch mahal och holda bir choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, qorin damini ketkazadi. Uning talqoniga asal qo'shib yeyilsa, ichdagi ortiqcha rutubatni tortib oladi.
  2. Talqonini 12 kun 3 mahal och holda bir choy qoshiqdan kapalab Orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, eslash qobiliyatini orttiradi, bosh va halqum atrofidagi rutubatlarni ketkazadi.
  3. Zanjabilning 300 gramini ikki litr suvda 35 daqiqa past olovda qaynatib 12 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, ko'z xiraligini ketqizadi.
  4. Qaynatmasi 10 kun 3 mahal och holda 50 gramdan ichilsa, jigar va meda og'riqlariga foyda qiladi. Mevalarni yeyishdan paydo bo'lgan rutubatlarni haydaydi.
  5. Zanjabil qaynatmasini uzum sirkasiga qo'shib ichilsa, ichni yengil qiladi. Qaynatmasi ich ketish kasalida 10 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, foyda beradi.
  6. Qaynatmasiga dokani yoki paxtani to'yintirib, zaharli jonivorlar chaqqan joyga qo'yib bog'lansa, foyda qiladi.

Qalampirning xosiyatlari

  1. Qalampir bargining 300 gramini uch litr suvda 20 daqiqa qaynatib, 7 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, balg'am ko'chadi. Meva talqoniga kunjut yog'i aralashtirib, oyoq, qo'l, bel og'riqlariga qo'yib bog'lab yotilsa, foyda beradi.
  2. Qalampir meva qaynatmasini uch kun uch mahal bir choy qoshiqdan ichilsa, ishtahani ochadi va ovqatni hazm qilishda foyda beradi.
  3. Qalampir meva qaynatmasi bot va boshqa kasalliklarda tananing og'rigan hamda sovuq urgan yerlariga 12 kun 3 mahal surtilsa, hamda bir choy qoshiqdan ichilsa, samara beradi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: