Kosmetologiya: Yuz terisini oziqlantiruvchi, oqartiruvchi va ajinga qarshi maskalar

Yuz uchun maskalar

Bu maqolamizda yuz va bo’yin terisini oqartiruvchi, oziqlantiruvchi, namlantiruvchi va yuzga ajin tushishini davolovchi maskalar, hamda ularning tayyorlar usullarini ko’rib chiqamiz.

  • Kastorovoy maslo (kanakunjut yog’i) dan yuzga maska

Ko’k choy bilan yuz va bo’yin qismlar tozalanadi. Keyin kastoroviy maslo yengil massaj qilib surtiladi. 30 minutdan keyin yan ko’k choy bilan tozlab olinadi. Haftada bir-ikki marotaba shu muolaja qaytarib turiladi. Bu maska bir oy mobaynida qaytarib turiladi.

  • Glitsirinli maska

Xohlagan bolalar kremidan bir idishga ikki choy qoshiq solinadi. Ustidan bir tomchi glitsirin tomizilib aralashtiradi. Har kuni uxlashdan oldin, yuzga, ko’z atroflariga, qo’llarga, ayoqlarga va bo’yin sohalariga surtib yotiladi. Bunday maskani xohlagan paytingiz tayyorlab surtishingiz mumkin. Bu maska yuzni taranglashtiradi.

  • Ofsiyannaya kasha maskasi

Kashadan ikki qoshiq bir idishga solib olamiz va ustidan bir piyola suv quyamiz va 15 daqiqaga ivitib qo’yamiz. Keyin suvini siqib olib, yuzga surtamiz. O’n besh minutdan keyin iliq suvda yuviladi. Suvdan siqib olingan kasha, ko’z atrofiga qo’yiladi. Bu maska yuzni oziqlantiradi.

  • Tuxumli maska

Bitta tuxum sarig’iga bir choy qoshiq asal, bir choy qoshiq kanakunjut yog’i, bir choy qoshiq eritilgan slivochnaya masla bir idishga solinib aralashtiriladi. Keyin ko’z atrofiga va yuzga surtiladi. Maska qurigan sari ustidan yana surtib turiladi. 15 minutdan keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Shu tariqa haftada ikki marta qo’llab turiladi. Bular, yuzga ajin tushishini davolovchi maskalar hisoblanadi.

  • Kraxmalli maska

Bir osh qoshiq kraxmalga uch qoshiq suv solib bir minut olovda aralashtirilib turiladi. Keyin ikki-uch tomchi zaytun yog’i yoki semechka yog’i qo’shiladi. Ustidan Ikki-uch tomchi limon suvi siqiladi. 15 daqiqaga yuzga surtib qo’yiladi. Keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Yuz terisini oqartiradi. Haftada ikki martadan bir oy mobaynida qo’llaniladi.

Ekinli maskalar

  • Pamidorli maska

Pamidor suvi bir osh qoshiq siqib olinadi va qizdiriladi. Unga to’rt qoshiq qatiq va bir qoshiqdan asal va mannaya kasha aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan maska yuzga surtiladi. 15 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlanadi. Haftada uch marotaba qo’llash mumkin. Bu maska yuzni oziqlantiradi va ajin tushishining oldini oladi.

  • Kartoshkali maska

Kartoshka qirg’ichdan mayda qilib o’tkazilib, bir choy qoshiq sut, bir choy qoshiq un va bir necha tomchi zaytun yog’i tomizilib aralashtiriladi. 20 daqiqaga yuzga surtilib qo’yiladi. 20 minutdan keyin yuvilib, yuz terisi quritilib, namlantiruvchi krem surtiladi. Bu maskani kun ora yoki haftada ikki marta qo’llaniladi. Ko’z atroflariga qo’llasangiz ham bo’ladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: