Bunday kasallik, xoh u yosh bo’lsin yoki yoshi o’tgan odam, harqanday odamda uchrashi mumkin. Bugungi maqolamizda ich qotishi (qabziyat) dan qanday qutilish mumkinligi haqida gaplashamiz. Qabziyatning sabablari suyuqlikni kam iste’mol qilish, kam harakat qilishdan kelib chiqishi mumkin. Qabziyatdan (ich qotishi) qiynalayotgan kishi birinchi o’rinda kunlik ovqat ro’yxatida qancha miqdorini suyuqlikka ajratganiga ahamiyat berishi lozim. Qabziyat (ich qotishi) bilan kurashda suyuqlik va parhez tolalari (klechatka) birinchi o’rinda turadi.
Xo’sh, bir kunda inson uchun qancha suyuqlik va parhez tolalari kerak?
Har bir katta kishi uchun kuniga kam deganda 6 stakan suyuqlik (8 stakan bo’lgani ma’qul) ichishi lozim.
Hozirda kishilar parhez tolalariga boy mahsulotlar istemol qilishadi. Kishiga kuniga 20 -35 g. kletchatka lozim. Qabziyat bilan qiynalayotganlar uchun esa kuniga kam deganda 30 g. parhez tolali oziq-ovqatlar iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Parhezli ne’matlar
Dukkakli o’simliklar (loviya, no’xat) parhez tolaga boy. Olma, kepakli non, olxo’ri qoqisi, anjir, mayiz, jo’xori yormasi, arpa yormasi, nok va yong’oq ham kletchatkaga boy. kletchatkaga boy mahsulotlarni ovqat ratsioniga asta-sekinlik bilan kiritib borish lozim, aks holda qorinda gaz yig’ilishi mumkin.
Sport bilan shug’ullanish kerak. Badantarbiya nafaqat yurak uchun, ichaklar uchun ham foydalidir.
Har bir kishi, shu qatorda homilador ayollar ham, bir kunda 20-30 daqiqa piyoda yurishi lozim. Bu nafaqat qabziyatda, balki bolaga ham yetarli darajada kislorod yetib borishida ham yaxshi yordamchi. Ona toza havodan nafas olarkan, qon kislorod bilan to’yinadi va bu qon qorindagi bolani oziqlantirib turadi.
Inson bir narsadan qo’rqsa yoki tanglik holatiga tushsa, og’zi qurib, yuragi tez ura boshlaydi. Ichaklar ishlashdan to’xtaydi. Agar qabziyatning sababi stress va kop qayg’urish, asabiylashish bo’lsa, shoshmasdan va sokin harakat qilish lozim.
Agar qabziyat sabab o’zingizni yomon his qilayotgan bo’lsangiz, ichaklarni tez tozalashning yo’llari bu klizma yoki maxsus shamchalar (svechi).
Ba’zi o’simlik yog’larining qabziyat (ich qotishi) dagi zararlari
Ovqat ratsionida o’simlik yog’larini kamaytirish kerak. Yog’larga sabzavotlardan zaytun,soya kiradi. Shunda balki qabziyat kamayadi. Yog’ning o’zini emas, uni erkin holda yeyish mumkin. Mana shu qabziyat va ovqat hazm qilish muammolarini keltirib chiqaradi. Yog’ oshqozonda plyonka hosil qiladi. Bu plyonka uglevodlar , oqsillarni ingichka ichakda hazm bo’lishini qiyinlashtiradi. Buning oqibatida ovqatning to’la hazm bo’lishi 20 soatga cho’ziladi, va buning oqibatida gazlar va toksinlar hosil bo’ladi. Bu gaz va toksinlar yo’g’on ichakda yig’iladi.
Xuddi shu yog’larni tabiiy holda iste’mol qilish zarur. Masalan yong’oqlar, jo’xori. Bu mahsulotlardagi yog’lar sekin asta ajralib chiqadi. Oshqozonda hazm qilishni sekinlashtiradigan plyonka hosil qilmaydi. Siqib olingan yog’larga ko’ra bu mahsulotlar sog’lom va vitaminlarga boy.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor»kitobidan.