Kiprik to'kilishi sabablari va uni davolash yo'llari

Kiprik to'kilishini davolash yo'llari

Kiprik to'kilishi sababi, yo modda yetishmasligi sababli yoki o'sib chiqqan joyida biron sabab tufayli to'kiladi.

Modda yetishmasligi sababli to'kilganda o'tkir va og'ir kasalliklarning oxirida bo'lgani kabi modda kamayadi yoki «tulki» kasalligida bo'gani kabi kiprik o'sgan joyda moddaga biror narsa aralashib uni buzadi. Bunda ko'z qovog'i ichkarisiga o'tkir, yoki sho'r, yoki rutubat yig'ilib, ular qovoqqa sezilarli zarar ko'rsatmasa ham, lekin kiprikka zarar yetkazadi.

Kiprik o'sib chiqqan joyida biron sabab tufayli to'kilganda, o'sha joyda aniq ko'rinib turgan zarar bo'ladi. Masalan, qattiqlik va qalinlik bo'lib, kiprikni vujudga keltiradigan bug' chiqadigan yo'l topolmaydi. Yoki u zarar shish yoki yeyilishdan iborat bo'ladi. Bunga qichishish va achishish belgi bo'ladi.

  1. Arab xurmo danagining kuli 2 osh qoshiq va sunbiladan 1 osh qoshiq olib, qo'shib aralashtirib, surma tayyorlanadi. Ozgina suv aralashtirib kiprik to'kilgan joyga 18 kun 3 mahal surtilsa, kiprikni o'stiradi.
  2. Yoki bahorda kesilgan tok novdasidan oqqan suvini ham 18 kun 3 mahal kiprikka surtilsa, to'kilishiga foyda bo'ladi va o'stiradi.
  3. Bir dona katta anorni butunligicha sirkada ezilguncha qaynatib, o'sha joyga oz-ozdan 18 kun yopishtirib, bog'lab qo'yilsa, kiprikni o'stiradi.
  4. 300 gramm sedanani 1200 grmm suvda 300 gramm qolguncha past olovda qaynatib, dokadan suzib, shu suvga 300 gramm zaytun yog'i qo'shib, suvi tugaguncha qaynatib, 3 mahal surtilsa, soch va kiprik yaxshi o'sadi.
  5. Zahglagan temirning talqonini odam so'lagi bilan aralashtirib, 18 kun 3 mahal kiprikka surtilsa, garchi og'ritsa ham, juda yaxshi ta'sir ko'rsatib, kiprikni o'stiradi.

Hoji Mengnazar Rustam o'glining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: