Chaqaloq va yosh bola qanday parvarishlanadi

Yosh chaqaloqni qanday parvarishlash kerak

Chaqaloq parvarishi

Mo'tadil mijozli bola tug'ilganda fozil kishilardan bir guruhlarinig aytishicha, lozim bo'lgan dastlabki qilinadigan ish to'rt barmoq enicha qoldirib kindikni kesamoq, og'riq bermasligi uchun mayin pishitilgan jun ip bilan kindigini boylamoq va zaytun yog'iga botirilgan lattani uning ustiga qo'ymoqdir. Kindigi kesilgan vaqtda zarchuba, anzuro't va ziralardan barobar bo'laklarini yanchib va elab bolaning kindigiga sepish kerak. Bolaning yuzi va terisi kuchli bo'lishi uchun kam tuzli namakob surtiladi. Bolaning burni va og'ziga namakob tegizilmaydi.

Bola gavdasini namakob ila qotirishni qabul qilishimizning sababi shulki, uning badani boshda uchragan har bir narsadan qiynaladi. U narsa unga qattiq va sovuq bo'lib tuyuladi. Chunki uning terisi nozik va issiqdir. Shunday bolaning sezgisiga har bur narsa sovuq, qattiq va dag'aldir. Agar bola tanasida kir va namlik ko'p bo'lsa ikki marotaba namakoblanadi. So'ngra iliq suv bilan cho'miltiriladi. Burun teshiklari barmoq bilan tozalanadi. Ko'zlariga zaytun yog'idan ozgina tomiziladi.

Orqa teshigi ochilishi uchun jimjiloq bilan qitiqlanadi. Shunda bolani sovuq tegishidan saqlash kerak. 3-4 kundan keyin bolaning kindigi tushgach, sadaf kuli, buzoq yog'i, yoki kuydirilgan qalayni uzum sirkasi bilan ezib, kindikka sepish foydalidir.

Doya bolani yo'rgaklaganda, a'zolarini muloyimlik bilan silashi kerak. Shunda u kengayishi matlub a'zolarini kegaytirib, ingichkaligi matlub a'zolarini ingichkalashtirib va har bir a'zoga eng chiroyli shakl berishga urinadi. Doya barmoqlarining uchlari bilan bola badanini qayta-qayta yumshoq uqalaydi. Bolaning ko'zlarini ipakli matoga o'xshash bir narsa bilan hamshira artib turishi, qovug'idan siydik oson ko'chishi uchun barmoqlarining uchi bilan silamog'i kerak.

So'ngra doya bolaning qo'llarini yozib, ikki tirsagini ikki tizzasiga tegizadi. Boshiga loyiq kiyim kiydiradi. Havosi issiq va covuq bo'lmagan uyda uxlatiladi. Bola uxlatiladigan uy soya va qorong'i bo'lmog'i kerakki, u uyga quyoshning kuchli nuri tushmasin.

Bolani cho'miltirish tartibi

Bola yotganida uning boshi boshqa tana a'zolaridan yuqori turishi kerak. Uning bo'yni, qo'l- oyoqlari, umurtqa suyaklari qiyshayib qolishidan ehtiyot bo'lish kerak. Yoz kunlari bola uzoq uxlab turganidan keyin issiq suvda cho'miltiriladi. Qishda esa o'rtacha iliq suv bilan cho'miltiriladi. Qulog'iga suv kirishidan ehtiyot bo'lish kerak.

Bolani yuvintirish vaqtida o'ng qo'lidan ushlab, yotqizayotganda chap qo'li bilan yotqiziladi. Cho'miltirish vaqtida cho'miltiruvchi kishi bolaning orqasini ikki qo'li kaftiga, boshini esa oyog'ining yuziga yumshoqlik bilan qo'yadi. Bola yumshoq sochiq bilan artilib, avval qorni bilan, keyin orqasiga yotqiziladi. So'ngra yo'rgaklanadi va burniga shirin zaytun yog'i tomiziladi.

  1. Terisi pishiq bo'lishi uchun uni yo'rgaklash oldidan badaniga moy surtish lozim.
  2. Chaqaloqni cho'miltirish lozim, shunda uni xiltlardan kirlardan tozalanadi.
  3. Bolani bezovta qiladigan narsa bilan unga muomala qilish mumkin emas, bu uni uxlashga qo'maydi yoki uyqusini buzadi.
  4. Yumshoq beshik, belanchakdan ayirmaslik kerak.
  5. Agar biror betoblik uni uxlashga qo'ymasa, taomiga 2 osh qoshiq kashnich, bargining suvini qo'shib yedirish kerak
  6. Uyg'oqlik vaqtida yorug'likdan bahramand bo'lishi shart.
  7. Bolaga kunduz kuni har xil rangli narsalarni ko'satish kerak.
  8. So'zlashga o'rgatmoq uchun uni erkalatib gapirish lozim.
  9. Burun bitishini yo'qotish va uni tozalash uchun nazla talqonini hidlatish kerak. Chunki bu ish uning sezgisini va tovushini yaxshilaydi hamda nafasini ochadi.
  10. U katta bo'lib balogatga etgunga qadar qon olish yoki unga surgi qilishdan saqlanish kerak.

Hoji Mengnazar Rustam o'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: