Shifobaxsh nematlar

Shifobaxsh nematlarning odam organizmi uchun foydalari

Salom do’stlar! Biz oldingi maqolamizda dorivor o’simliklar haqida gaplashgan edik. Bugungi maqolamiz shifobaxsh nematlar haqida bo’ladi.

Tuzning foydali xislatlari

  1. Kuydirilgan tuz bilan tish yuvilsa, Toshlardan tozalaydi. Tuzni 15 kun 3 mahal asal bilan iste’mol qilinsa, rangni yaxshi qiladi.
  2. Tuzni asal va mayiz qo’shib, chipqonlarga qo’yib 4-5 kun bog’lansa, yaxshi foyda qiladi. Shilliqli o’smalarga tuz bilan yalpiz va asalni qo’shib, qo’yib bog’lansa, yaxshi samara beradi.
  3. Tuz shilliqli o’smalarning tarqalishiga to’sqinlik qiladi. Ortiqcha etlarni va tutsumon etlarni emirib, tashlaydi, yaraga aylangan qo’tirga hamda temiratkiga 10 kun 1 mahal suyultirib surtilsa yaralar tuzaladi.
  4. Zaytun yog’i va sirkaga tuzni qo’shib, olovga yaqin turib, qichimaga chaplansa foyda beradi(12 kun 3 mahaldan surtish lozim).
  5. Tuzni zaytun yog’i bilan qo’shib, olovda kuygan joyga qo’yilsa, terining qavarib chiqishiga to’sqinlik qiladi. Rutubatdan bo’lgan narsalarni tuz kuchli ravishda shimdiradi va quritadi.
  6. Un va asalga tuz qo’shib, bo’g’in og’riqlariga 15 kun 2 mahaldan qo’yib bog’lansa, darddan xalos etadi.
  7. Tuzni Abu Jahl tarvuzining eti bilan qo’shib, 12 kun 3 mahal boshdagi toshmalarga surtilsa, yaxshi natija beradi. Oq tuzni 20 kun 3 mahaldan och holda kichik bir tabletka miqdorida iste’mol qilib borilsa, zehnni o’tkir qiladi.
  8. Oq tuz ayniqsa, bo’shagan tish milklarini mustahkamlaydi. Tuzning 5 grammini sirkada ozgina qaynatib, quloq og’rig’iga 5 kun 3 mahaldan tomizilsa, og’riqni qoldiradi.
  9. Tuzning kuli, ayniqsa, ko’zga parda va oq tushishda surtilsa oqni va pardani ketkazadi.

So’lakning davoligi

  1. Inson so’lagi 12 kun 3 mahal parhezi bilan sepkilga, ko’zdagi qonli nuqtalarga surtib bog’lansa, ketishiga yordam beradi.
  2. Ro’za tutgan kishining so’lagidan quloq qurtlashidan azoblanayotgan kishining qulog’iga 2 kun 3 mahal tomizilsa, tezda qurtlarni o’dirib chiqaradi.
  3. Ro’zador kishi bir necha marta chayon yoki ilon ustiga tuflasa, chayon va ilon o’ladi.

Shifobaxsh nematlar, mumning davoligi va foydaligi

Toza mum ari uyasining devorlari bo’lib, arilar u uyaga tuxum qo’yadi, bola ochadi va o’sha joyda asal yig’adi. Qora mum esa shu asalari uyasining chirkidir.

  1. Qattiq shishlarga mumni qaynoq suvda suyultirib, 10 kun 2 mahaldan surtib bog’lansa yumshab qoladi. Qovjiragan yaralarni yumshatadi va yaralarni chirk bilan to’ldiradi. Qora mumni yumshatib, tanaga kirgan o’q va tikan bor joyga surtib boglansa, tortib oladi.
  2. Mumni suyultirib 10 kun 2 mahal asablarga surtib bog’lansa, asablarni yumshatadi va foyda qiladi.
  3. Qora mum ozgina hidlansa, kuchi bilan aksirtiradi va boshdagi keraksiz moddalarni tortib chiqaradi. Bosh og’rig’ini qoldiradi va bosh yengil tortadi.
  4. Mumning tariq kattaligiday o’n donasini iste’mol qilinsa, bola emizuvchi ayollarning ko’kragidagi sutning ivib qolishiga to’sqinlik qiladi, y’ani sut ivib qolmaydi.
  5. Zaharlangan kishi tariqday mum donachalaridan 10 donasini 3 kun 3 mahal iste’mol qilsa, zaharni tortib oladi.

Jonivorlar yog’ining foydali xususiyatlari

Shifobaxsh nematlar bu yana, jonivorlar yog’laridir:

  1. G’ozning yog’i 10 kun 3 mahal lab va yuzlar yorilganda surilsa, juda yaxshi foyda qiladi. Quloq og’riganda tomizilsa, ogriqdan xalos etadi.
  2. Tovuq yog’ini 10 kun 3mahal parhezi bilan surtilsa, xotin-qizlardagi erroziya kasalligini tuzatadi.
  3. Baliq yog’ini 12 kun 3 mahal ko’zga tomizilsa, foydasi tegadi, katarakta kasalligini davolaydi. Asal bilan qo’shib ishlatilsa ko’zni o’tkir qiladi.
  4. Takaning yog’ini 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan issiq holda parhezi bilan ichilsa, ichaklar shamollashiga, ichaklar yarasiga foyda beradi.
  5. Tovuq yog’ini 10 kun 3 mahal bachadon og’riqlariga surtilsa, og’riq daf bo’ladi.
  6. Hamma parrandalarning ko’p yillab saqlangan yog’lari kasalliklarga ishlatilsa, zarar qiladi.

Sariyog’ning xosiyatlari

  1. Oriq kishi 1 oy 2 mahaldan parhezi bilan badaniga sariyog’ surtsa, semirtiradi. Asab jarohatlariga surtilsa, yaralarni to’ldiradi va tozalaydi.
  2. Miya pardalaridagi jarohatlariga qarshi ishlatiladigan dorilarga aralashtiriladi. Ikki quloq tagida, burun qanotlarida va og’izda bo’ladigan shishlarga, milk shishlariga qarshi ishlatiladi.
  3. Bolalar tishlarining oson chiqishi uchun milklarga surtiladi. Sariyog’, xususan, bodom va shakar bilan birgalikda qo’shilgani 8 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan isitib yeyilsa, sovuqdan bo’lgan quruq yo’talga foyda qiladi. Sariq kasalligida ham iste’mol qilinadi. O’pka yallig’lanishida balg’am ko’chishini osonlashtiradi.
  4. Bir qoshiq sariyog’ga 1 choy qoshiq asalni aralashtirib. 15 kun 3 mahaldan yeyisa, qon tuflash to’xtaydi va yiring ko’chishiga yordam beradi. Ko’p iste’mol qilinsa ichni suradi.
  5. Sariyog’ning eritilganini 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan yeyilsa, qovuq og’rig’ining tuzalishida, og’izdagi jarohatlar bitishiga yordam beradi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» 3 chi kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: