Tumov va nazla qanday kasallik va ularni davolashning qanday yo’llari mavjud

Tumov va nazlaning boshlanish belgilari va uni davolash usullari

Tumov va nazla kasalligining har biri miyadan moddaning oqishidan iborat bo’lishi jihatidan bir-biriga hamkor va sherikdir. Goho nazla tomoqqa, o’pkaga, qizilo’ngachga va me’daga tushib, ba’zan ularni yara qiladi.

Goho nazla nerv orqali eng uzoq a’zoga tushadi. Goho nazladan turli tomoq og’riqlari, o’pka yallig’lanishi, ayniqsa, nazla issiq va o’tkir bo’lsa, sil kasalligi kelib chiqadi. Yana nazla nordon yoki sho’r bo’lsa, me’da og’riqlari, ich ketish va ichak shilinishi paydo bo’ladi. Goho u moddadan, ayniqsa, xom burun shillig’i kabilaridan ichak kasalligi yuz beradi.

Kasallik belgilari

Tumov shaklida bo’lgan o’tkir va issiq nazla kasalligining belgisi – yuz ko’zlarning qizarishi, oqayotgan narsaning juda kuydirib achishtirishi, suyuqligi, burunni qoqqanda unda alangalanish sezilishi, yana sarg’ish va qizg’ish tupurish belgi bo’ladi. Goho tomoq nazlasida burun bitib, manqalanib gapirish, nazla o’tkirligidan qitiqlanish paydo bo’ladi.

Sovuq nazlaga, agar u burun yo’lidan oqayotgan bo’lsa, peshonaning tortishi bilan birga burun qichishi, tiqilma, manqalanib so’zlashning kuchayishi belgi bo’ladi. Ba’zan bunga moddaning quyuqligi ham dalolat bo’ladi. Sovuq nazla tomoqqa tutashgan bo’lsa, unga burundan tashlangan narsaning sovuqligi, oqligi va agar isitma paydo bo’lsa, uning foydali bo’lishi belgi bo’ladi.

Nazlani davolash usullari

  1. Nazla kasaliga giriftor bo’lganlar ko’proq yugurishi va quyi a’zolarini harakat qildirishi lozim.
  2. Nazla kasaliga uchragan kishi tezlikda hammomga tushib terlasa, nazla kuchayishiga to’sqinlik qilgan bo’ladi. Bunday holatda u kishi o’z boshini quyi tutishi, yostiqni past qo’yishi va chalqancha yotib uxlamasligi kerak. Doimo badanni toza tutishi lozim. Issiq xiltlarni chiqarib tashlash uchun 3 kun 1 mahal 50 grammdan zaytun yog’i ichilsa, yaxshi foyda beradi.
  3. Nazla o’t talqonini 7 kun 3 mahal oz-ozdan tortib hidlansa, yaxshi ta’sir qiladi.
  4. Nazla oqishini to’xtatishga kelsak, sovuq suv, atirgul suvi, kashnich suvi, anor suvi bilan 15 kun 3 mahal tomoq chayilsa, nazla oqishi to’xtaydi.
  5. Nazla kasaliga har doim issiq suv ichish, uni etiltirishi sababli foyda qiladi. Issiq suv oqayotgan nazlani yetiltirib va yumshatib, nafas organlaridan uning zararini ketkazadi.

Tumovni davolash yo’llari

  1. Tumov va nazla kasaliga uchragan kishi to’yib ovqatlanmasligi, kunduzi uxlamasligi, kam suv ichishi kerak.
  2. Shuningdek, (15 kun 3 mahal) qovurilgan sedanani lattaga tugib hidlansa, tumov va nazla kasalliklarida juda foyda qiladi.
  3. Tumov va balg’amni ketkazish uchun 900 gramm misvoq yog’ochini yanchib, 9 litr suvda 1 sutka ivitib, past olovda 2 soatcha qaynatib, dori tugaguncha 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin 50 grammdan ichilsa, tumov, balg’am va yo’tallar daf bo’ladi.
  4. 900 gramm aloe bargini go’shtqiymalagichdan o’tkazib, ustiga 1200 gramm suv qo’shib, 1 soat past olovda, qaynatib, dokadan suzib, shu suvga barobar toza asal qo’shib, 20 minut qaynatib, dori tugaguncha, ovqatdan 1 soat oldin 2 osh qoshiqdan ichilsa, yo’tal, ichak kasalliklari va balg’amlar daf bo’ladi.
  5. Umuman ovqatlanish va suv ichishni kamaytirish kerak

Tumov va nazla kasalliklarida uchraydigan alomatlar

  1. Uyqusizlik bo’lsa, 3 kun 1 mahal 5 bog’dan kashnichni go’shtqiymalagichdan o’tkazib, dokadan siqib suvi ichiladi.
  2. Ichni surish uchun makkai sano talqonini 3 kun 2 mahal 2 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan issiq suv ichilsa, ichni suradi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: