Lavr bargi (Lavroviy list) ning odam salomatligi uchun shifo xususiyatlari

Lavroviy listning shifo xususiyatlari

Tabobatda lavr bargining juda ko’p shifo foydalari aniqlangan.

Foydali xususiyatlari quyidagilar:

  1. Yilning to’rtta faslida ham tamoq og’rib, bodomcha bezlari shishib qolishi mumkin. Shunda lavr barglaridan damlama tayyorlab og’iz va tamoqni chayish mumkin. 5 dona bargi maydalanib temir idishga solinadi. Ustidan yarim litr qaynoq suv solib, 3 minut qaynatiladi. Olovdan olib ustini yopib to iliq holga kelgunicha tindirib qo’yiladi. Ichishdan oldin aralashtirib doka bilan suzib olinadi. Tayyorlangan suyuqlik ikki kun mobaynida 3 mahal tomoq g’ar-g’ara qilinadi.
  2. Maydalangan bargining kukunidan bir choy qoshiq olib yarim stakan qaynoq suvga solinadi. Bir soatga usti yopib qo’yiladi. Iliq holdagi suyuqlik dokada suziladi. Pereks vodorotga tayyorlangan malhamdan qo’shilib quloq yuviladi. Tozalangan quloq paxta qo’yib issiq saqlanadi.
  3. Jig’ildan qaynaganida damlamasidan iliq holda ichib turish kerak.
  4. Oyoq, qo’llar va qo’ltiq sohalari terlaganida damlamasi bilan artib olinadi.
  5. Ibn Sino bobomiz aytganidek, lavr bargidan besh donasi maydalanib bir stakan qaynoq suvga aralashtiriladi. Ikki soatga tindirib qo’yiladi. Tayyor bo’lgan damlama dokada suzilib, to’q qoringa ichiladi. Bu muolaja bir oyda bir hafda takrorlanadi. Keyingi oy yana bir hafta davom ettiriladi. Shunda dermatologik kasal sariazning oldi olinadi.

Damlamaning tayyorlanishi

30 ta barg donasi yarim litr qaynoq suvga solinib usti yopib qo’yiladi. Iliq holga kelganidan keyin, terlagan joylar artib olinadi. Shu tayyorlangan suvga oyoq va qo’llar, kechqurun 20 daqiqa vanna qilish mumkin. Vannadan keyin yana iliq suvda yuvib tashlanadi. Bu muolaja 5-6 marotaba takrorlanadi.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: