Aloe va asaldan tayyorlangan aralashma bir-birining xususiyatlarini yuqori darajada oshirib yuboradi. Asalning tarkibiga nazar soladigan bo’lsak 20% oddiy suv, 75% uglevodlardan tashkil topgan. Qolgan 5% mikroelementlar, mikromoddalardan iborat. Mana shunday vitaminlarga boy bo’lgani uchun yillar davomida xalq tabobatida asal muntazam ravishda qo’llanilib kelingan. Uning tarkibida vitamin C, vitamin B guruhlari, vitamin A hamda xoli kislotalari ko’proq mavjud.
Aloe yaprog’ining tarkibida zaharli moddalarga qarshi kimyoviy aralashmalar bor. Ikkala mahsulotdan tayyorlanadigan malham xalq tabobatida ham, meditsina tabobatida ham foydali xususiyatlarga ega.
Ular quyidagilar:
- Immunitetni oshiradi, organizmdagi mikroblarga qarshi kurashadi.
- Zaharlangan to’qima hujayralari va a’zolarning zaharlangan to’qimalarini yana o’z holiga yangi bo’lib qaytishiga yordam beradi.
- Antiseptik xususiyatga ega. Ya’ni biron joy shilinib yiringli yara bo’ladigan bo’lsa aloe malhamidan surtilsa yara bo’lib turgan to’qima tezroq bitib tuzalishiga olib keladi.
- Malhamdan istemol qilinganda shamollashda va o’pkaning balg’amli kasalliklarida balg’amning tezroq ko’shib chiqib ketishiga yordam beradi.
- Oshqozon va ichaklarning ichki shilliq qavatini sun’iy devor hosil qilib himoya qilib turadi.
Aloe va asalning tarkibidagi vitamin va mikromoddalar organizmga nur bo’lib kiradi. Moddalar almashinuvida ana shu vitaminlar ayni muddao bo’lib organizmga foyda beradi. Ayniqsa, ayollarimizning terisi chiroyli bo’lib namlanib turishini ta’minlaydi.
Organizmni kimyoviy moddalardan tozalashda mana shu malham o’zining hissasini qo’shadi.
Malhamning tayyorlanishi:
Aloe bargi yuvilib tkanlaridan tozalanadi. Mayda-mayda to’g’ralib bankachaga solib qopqog’i yopiladi. 1 kundan 7 kungacha qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Shu muddat ichida aloe o’zidagi bor kimyoviy xususiyatlarini ishlab chiqaradi. 7 kun o’tganidan keyin aloe necha gramm bo’lsa shuncha asal aralashtiriladi. Bir kunga tindirib qo’yiladi. Kuniga bir choy qoshiqdan och qoringa istemol qilinadi.