Salom do’stlar. Bugungi maqolamizda, yuzga sepkil va dog’ tushganda qanday ketkaziladi, degan savolga javob qidiramiz.
Bahor kelishi bilan, ko’klam quyoshi ba’zi yuz terisiga tez ta’sir ko’rsatadi. Bunday vaqtda shoshilmaslik, eng muhimi duch kelgan narsani surtavermaslik kerak. Yuz pardozi uchun muolaja juda oddiy bo’lishi kerak. Uni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.
Bahor kelganda yuzga sepkil va dog’ tushishini davolash uchun maskalar tayyorlashni ko’rib chiqamiz.
Petrushkadan maskalar (niqob) tayyorlash
- Petrushka kosmetikada sepkil va dog’larni ketkazishda ishlatiladi. Chunki uning tarkibi efir moyi, oqsil moddalari, kalsiy, fosfor, mineral tuzlar va karotni moddalariga juda boy. Mayda to’g’ralgan petrushkani qatiq bilan aralashtirib yuzga surtib, 15 daqiqadan so’ng iliq suv bilan yuvib tashlash kerak. Quruq teri uchun niqobga 5-6 tomchi zaytun moyi qo’shish maqsadga muvofiq bo’ladi.
- 2 osh qoshiq tvorog va maydalangan petrushkadan tayyorlangan niqob yuz terisini mayin qiladi. Niqob 10 daqiqa yuzda ushlab turib iliq suvda yuvib tashlanadi.
- Mayda qilib to’g’ralgan bir bog’ petrushka shirasi dokada suziladi. Shira paxtaga shimdirilib, ko’z qovog’iga 10 daqiqa qo’yiladi. Bunda ko’z yaxshi dam oladi. Ayniqsa, uzoq vaqt o’tirib kitob o’qiganda, havosi dim yoki chekilgan xonada yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
- Petrushka solib damlangan choy esa yengil avtomobil va boshqa transportlarda yurganda ko’ngli aynidigan kishilarga juda yaxshi yordam beradi.
Qichitqi o’t (krapiva) dan yuz terisiga va soch terisiga niqob tayyorlasn
Qichitqi o’t (krapiva) tarkibidagi vitamin va mineral tuzlar jihatidan sabzavot va o’simliklar orasida birinchi o’rinda turadi. Uning tarkibiy qismidagi ba’zi bir komponentlar modda almashinuvini yaxshilaydi. Balog’at yoshida chiqadigan husnbuzarga qarshi qichitqi o’tdan niqob tayyorlash foydalidir.
- 3 oshqoshiq quritib maydalangan qichitqi o’tning bargi 1 litr sovuq suvga aralashtirib, gaz plitasiga qo’yiladi. Qaynab chiqqan suv 15 minut tindiriladi va suzgichdan o’tkaziladi. Hosil bo’lgan damlamani kuniga 5-6 marta yuzga surtib, quriguncha qoldiriladi.
- Qichitqi o’t barglaridan soch uchun ham maska tayyorlash mumkin. Yangi o’sib chiqqan o’t bargidan 5-6 hovuch olib biroz tuyiladi. Unga 1 litr suv, 1 litr vino sirkasi qo’shiladi. 15 minut qaynatib suzgichdan o’tkaziladi. Sovigandan keyin damlamaga 100 gramm spirt qo’shiladi. Tayyor bo’lgan niqob bosh terisiga tez-tez surtib massaj qilinadi.
- Organizmni tozalash uchun qichitqi o’tning yosh barglaridan sharbat tayyorlanadi. 5-6 hovuch uzilgan bargiga 1 litr suv quyib qo’yiladi. 12 soat vaqt o’tkach u suzib olinadi va sharbatsuqquchdan o’tkaziladi. Shirasini kuniga 2 stakandan ichilsa, organizmni tozalaydi.
Safar Muhammadning «Bahoriy shifobaxsh ne’matlar» kitobidan.