Ko’krakda sutning ivishi, tortilishi va uni davolash yo’llari

Ko'krak sutining qochishi va davolash yo'llari

Ko’krakda sutning ivib qolishi

Sut qurituvchi issiqlik, qotiruvchi sovuqlik sababli ko’krakda iviydi; shu ikkala holatning har biridagi alomat yuqorida aytlgan narsalardan ma’lum.

  1. Zaytunning 30 gramm yog’iga 10 gramm mumiyo aralashtirib, ko’krakka 3 mahal surtilsa, sutning ivishiga yo’l qo’ymaydi.
  2. Issiqdan bo’lgan ivishiga qarshi sovuq shishlar va sovuq yog’lardan, mol yog’ining 50 grammiga 10 gramm mumiyoni aralashtirib, 3 mahal ko’krakka surtilsa, sut ivishiga to’sqinlik qiladi.
  3. Ituzum yaprog’i suvini 3 mahal surtilsa, sut ivishinin oldi olinadi.
  4. Ituzum bargi, karam bargini tuyib, aralashtirib, 3 mahal bog’lansa yaxshi samara beradi.
  5. Doimo issiq suv bilan yuvib turilsa, sovuqdan bo’lgan ivishlarni qoldiradi.
  6. Arpabodiyon talqonini 3 mahal bir osh qoshiqdan kapalansa, sutning ivishiga to’sqinlik qiladi.
  7. Moychechak, shivit, bo’yimodaron, sariq yovvoyi yo’ng’ichqa qaynatmasini 3 mahal 50 grammdan ichilsa, sutni ko’paytiradi. Hamma dorilar ham shunday (ta’sir qiladi).
  8. Arab xurmo nonini suv bilan sirkaga qo’shib, ko’krakka 2 mahal bog’lansa, foyda qiladi.
  9. Yalpizni uzum sharobi bilan qo’shib 2 mahal bog’lansa, sut ivimaydi.
  10. Ko’krakka chuvalchanglarni yanchib bog’lansa, yaxshi foyda berai.
  11. Ko’lob zirasi, petrushka urug’i, qizil tasma suvi birga qo’shib surtilsa, sut tiqilishiga yo’l qo’ymaydi.
  12. Lavlagi suvi, bug’doy va sedana aralashmasi qo’yib bog’lansa, sut ivimaydi.
  13. Karam suvuni 3 mahal och qoringa 50 grammdan ho’plab ichilsa ham foydalidir.
  14. Asalari qora mumining tariq kattaligiday 10 donasini iste’mol qilinsa, bola emizayotgan ayollar ko’kragidagi sut ivib qolmaydi.

Ko’krakda sutning turib qolishi, tortilishi va uni davolash

Bunday holatlar quyidagicha davolanadi:

  1. 50 gramm lavlagini olib, etilib pishguncha qaynatiladi. Keyin 100 gramm non ushog’i baqila talqoni va kunjut yog’i bilan aralashtirilib, bir kecha bog’lab qo’yiladi. Foyda qiladi. Davolash muddati 10 kun.
  2. Kunjut bilan asal yoki kunjut, sariyog’ va asal aralashtirib 1 kunda ikki marta bog’lansa, yaxshi natija beradi.
  3. Agar shunga kerakli un yoki boqila uni aralashtirilib, bir kunda 3 marta qo’yib bog’lansa, foydaliroq bo’ladi.
  4. Ko’krakni 10 kun issiq suv bilan kompress qilish; uni issiq suv bug’iga, ayniqsa, zig’ir, sariq yo’ng’ichqa, gulxayri yoki ularning urug’i va moychechak qaynatilgan suv bug’iga 30 daqiqa tutish hamda qo’yib bog’lanadigan dorilarning og’irligini ko’tarmaydigan ayollarning ko’kragiga o’sha suvlarni surtish yoki qo’yib bog’lash samaralidir.
  5. Agar ko’krak lat yegan bo’lsa, unga mana bu tarkibdagi qo’yib bog’lanadigan dori foyda qiladi: mosh urug’ini yanchib, yilg’un qaynatmasi suvi bilan qorib ishlatganda natijasi yaxshi bo’ladi. Davolash muddati-10 kun, 3 mahaldan.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining » Dard borki, Darmon bor» 3- kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: