Ayol tug’ish yaqinlashganda doimiy ravishda tez-tez issiq suvda cho’milishi yoki vanna olib turishi kerak. Yaxshisi, ayol kuchsizlanib bo’shashmasligi uchun buntadbirni hammomdan tashqarida qilish kerak. Qorin, orqa chotlarga ukrop, bobuna (moychechak) va boshqa narsalarning yog’ini ishqalash mumkin. Masalan, zaytun yog’ini, kanakunjut yog’larini doimo xushbo’y narsalarni farj chotiga surtish yoki asalari mumi qaynatilgan suv surtilsa, foyda qiladi.
Bo’shashtiruvchi yog’ va shilliqlar, shuningdek, semiz tovuq va g’oz yog’lari kabi eritilgan yog’lar sovuq holda emas, issiqqa yaqinroq qilib, ichki tomonlariga 9 kun davomida 3-4 mahaldan surtiladi. Xususan, ayolning farji quruq va farj billan birga butun tanasi ham quruq bo’lganda shunday qilinadi. Qiyin tug’adigan ayol uchun bir oygacha har kuni nahorga tuyilgan sariq yo’ng’ichqa urug’ini 3 mahal och qoringa 7 kun 1 osh qoshiqdan kapalashi foydali bo’ladi.
Dard tuta boshlagan kunlarda 300 gramm sariq yo’ng’ichqani 2 litr suvda 10 daqiqa past olovda qaynatib, dokadan suzub, 7 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, yxshi samara beradi. Farjini mushku anbar va atirlar bilan bug’lash kerak. Tug’ish yaqinlashib, to’lg’oq ushlaganida miqdori oz va oziqligi ko’p taomlardan biron narsa yedirib, uning ustiga rayhon bargini quyuq qilib qaynatib, 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichiriladi. Keyin ayol bir muddat ikki oyog’ini uzatib o’tirishi kerak.
Keyin biroz chalqonchasiga yotadi, shundan keyin bachadon og’zi ochilishi ko’paya boshlasa, xususan ichki teri yorilgandan keyin ayol mumkin bo’lganicha qattiq kuchanishi kerak. Qiynalib bo’lsa ham nazla talqonini burunga tiqib aksirishi lozim. Og’zini mumkin bo’lganicha katta ochishi va mumkin bo’lganicha ko’p havoni ichiga tortishi kerak. Binday qilish bola va yo’ldoshni chiqaradi.
Tug’ish vaqtidan oldin o’tiradigan narsaning eng yaxshisi orqasida suyanchig’i bor kursidir. Bunga bachadon ochilgandan keyin o’tqaziladi. Ayol semiz bo’lsa, boshini quyi qilib to’nkarilib yotadi va bachadon og’zi farjga to’g’ri bo’lishi uchun ikki tizzasini qorni tagiga kirgizadi. Keyin farjga yuqorida ko’rsatilgan yumshatuvchi narsalar surtiladi. Farjni barmoqlar bilan kengaytirib ochish kerak, shunday qilib qorni bosilsa u tezlikda tug’adi.
Tug’ish jarayoni qanday kechadi
Qog’onoq ko’rinib bola yaqinlashgani bilinsa, lekin qog’onoq qalinligidan yorilmasa, u biron tig’li asbob bilan quyidagicha yoriladi; bu asbobni barmoq oralig’iga olib, bolaga tegizmasdan sekinlik bilan ishlatib, rutubatni oqizib, bola toydiriladi. Agar bola chiqadigan erga kelmasdan qog’onoq tezda yorilib ketsa va oradan ancha muddat o’tib farj qurib qolsa, darhol farjga toydiruvchi suyuq mumli surtmalar, shilliqlar, eritilgan yog’lar, tuxum oqi va sariqlarini qo’yish kerak.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.