Qorindagi bolani saqlash va tushishdan ehtiyot qilish choralari

Homiladorlik paytidagi muolajalar

Bolaning bachadonga osilib turishi mevaning daraxtga osilib turishiga o'xshaydi. Mevaning tushib ketish mumkin bo'lgan eng xavfli davr yangi qindan chiqqan vaqti yoki etilgan vaqtidir. Xuddi shuningdek, bolaning tushishida ham eng qo'rqinchli davr, uning bachadonda yangi paydo bo'lgan vaqti hamda tug'ilish oldidagi davrdir. Shuning uchun bu ikki vaqtda yuqorida aytilgan bolani tushiradigan sabablardan saqlanish kerak.

Surgi dorilar ham shu sabablar jumlasidan bo'lib, bola to'rt oylik bo'lishidan oldin, etti oylik bo'lgandan keyin, hatto oraliqlarda ham surgi doridan saqlanish kerak. Lekin ichsurish zarur bo'lib qolsa, oraliq davrida qilinadi.

Bachadonni tozalash va davolash

Ba'zan ayolda tug'ishdan oldin kerakli darajada qon ketmay, bola tug'ilganda qonning ortiqchalari qoladi. Bunda bachadonni tozalashga to'g'ri keladi. Agar tozalanmasa, mijoz buziladi. Bunday holatlarda ichilmasdan ko'tariladigan, yengil tozalovchilar bilan asta-sekin tozalash lozim bo'ladi. Tozalanganda ham bu ishni bir galda qilinmaydi, balki bir necha bor takrorlanadi. Agar ayolda mijoz buzilishi, shishlar, yaralar va boshqa cabablar tufayli bola tushishi xavfi tug'ilsa, bularning har birini oldin aytib o'tilg'an dorilar bilan davolanadi.

Ayolda tashqi sabab bilan bola tushishi holati kuzatilsa, qaraladi, agar u tashqi sabab mijozni qo'zg'atuvchi bo'lsa, mijoz mo'tadillashtiriladi; agar boshqa bir sabab bo'lib, bachadonga issiq moddani moyil qilsa va natijada shish paydo bo'lish xavfi tug'ilsa, qaytaruvchi va shishga mone' bo'luvchi dorilar bilan va mumkin bo'lgan ichki so'rish bilan davolaniladi.

Masalan, 3 kun 1 mahal makkai sanoni choy qilib ichish yoki 3 kun 1 mahal zaytun yog'idan 30 grammdan ichilsa, foyda beradi.

Rutubatlar sababli qorindagi bolaning tushirilishiga kelsak, — toyilishning ko'pchiligi shundan bo'ladi. Buning uchun ichni yumshatib, ichdagi keraksiz xiltlarni chiqarish kerak.

  1. 30 gramm aloe suviga 20 gramm iliq suv qo'shib ichilsa, (3 kun davomida 1 mahal) ichni tozalaydi.
  2. Kiyik o'tidan 5 kun 2 mahaldan quyuq qilib choyi ichilsa, siydikni kuchli haydaydi.
  3. Zig'irni qovurib, talqonini 3 kun mobaynida 2 mahaldan 2 osh qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa ham, siydikni kuchli haydaydi.
  4. Bachadonni tozalovchi dorilardan asalari uyasining qaynatma suviga 5 kun 3 mahaldan toza paxtani to'yintirib qo'yilsa, ichni yaxshi tozalaydi.
  5. Gulsapsar ildizining 50 gramm suviga 20 gramm kanakunjut yog'i aralashtirib, bir hafta ichida 4 mahal surtish kerak.
  6. Yoki temirtikan, shivit, sariq yo'ng'ichqalardan teng miqdorda olib, 20 daqiqa past olovda qaynayib, kanakunjut yog'idan bir osh qoshiq qaynatmaga aralashtirib, 10 kun davomida 3 mahaldan ichish lozim bo'ladi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: