Orqa og’rig’i mushaklarda, umurtqalarni o’ragan ichki va tashqi boyloqlarda bo’ladi. U mijozning sovishidan, balg’amdan, ko’p charchashdan va ko’p aloqa qilishdan bo’ladi. Goho bukrilik sabablaridan bo’ladi. Agar hali bukrilik mustahkamlanmagan bo’lsa yoki ba’zan ichki a’zolarning ishtiroki bilan bo’ladi. Masalan, buyrak kuchsizlashganda va oriqlaganda hamda umurtqaga joylashgan katta tomir to’lganda bel og’riydi. Belda chiqiq va shish bo’lganda ham shunday og’riydi, biroq orqaning o’rta qismida bo’ladi. Og’riq goho bachadon ishtiroki bilan ham bo’ladi. Masalan hayz qoni tushishga yaqinlashganda yo «bachadon bo’g’ilishi«da tug’ish oldidan shunday bo’ladi.
Sovuqdan va xom shilliqdan bo’lgan orqa og’rig’ining belgisi shuki, ko’pincha, uni yurish va badantarbiya qilish bosadi. Uning boshlanishi oz-ozdan bo’ladi. Ba’zan unga sovuq seziladi. Charchashdan, og’ir harsa ko’tarish va shuning kabi narsalardan hamda jinsiy aloqadan bo’lgan orqa og’rig’ini shu sabablardan birortasuning oldindan bo’lganligi ko’rsatadi.
Buyrakdan bo’lgan og’riq belning pastidan bo’ladi. Shu bilan birga jinsiy aloqa kuchsizlashadi va buyrak kuchsizligining ma’lum sabablaridan biri mavjud bo’ladi. Orqa og’rig’ining sodda harorat sababli ekanligini yallig’lanish, yengillik, achishish va lo’qillamaslikdan bilinadi. Tomir to’lishidan bo’lgan orqa og’rigining harorat, yallig’lanish, loqillash bilan, to’liqlik bilan birga og’riqning butun orqaga yoyilishini ko’rsatadi. Bukrilik sabablaridan bo’lgan orqa og’rig’iga aytilgan narsalarimiz dalil bo’ladi. Orqa og’riqlar bukilishga majbir qiluvchi og’riqlar- bukrilik sabablaridan bo’lgan tirishtiruvchi qattiq shish yoki boshqa narsa sababli kelib chiqqan o’g’riqlardir.
Agar qo’l og’riyotgan,joyni paypaslab topib olsa, uning sababi tashqi mushagida bo’ladi, topmasa, sababi ichki mushakda bo’ladi.
Davolash
Sovuqdan bo’lgan orqa og’rig’iga ichiladigan , qo’yib bog’lanadigan va ishqalanadigan narsalar bilan davolash kerak. Bunda xom balg’am bo’lganidan, uni Abu Jahl tarvuzining suvu va «badbo’y xab» kabilar bilan bo’shatiladi. Charchash va shu kabilar bilan bo’lgan orqa og’rig’ini yaxshi oziq, ishqalanadigan mo’tadil dorilar va iliq yoglar bilan surtib davolaniladi. Jinsiy aloqadan bo’lgan orqa og’rigini esa jinsiy aloqa zaifligni davolash orqali davolaniladi.
Buyrak sababli bo’lgan bel og’rig’i buyrak kuchsizligini davolash bilan davolaniladi. Katta tomirlarning to’lishidan bo’lgan orqa og’rig’ini davolash uchun 5 kun 3 mahal och holda bir osh qoshiqdan muskat yong’og’ining talqoni kapalansa, kasallik tuzaladi. Yoki 10 kun sahar 1 mahal 2 bug’doy kattaligiday qiyomli zirqni, 2 osh qoshiq sutga aralashtirib ichilsa, kasaldan xalos etadi.
Orqa og’rig’ining ko’pchiligi umurtqa mijozining sovuqligidan yoki buyrak kuchsizligidan bo’lganda davolashning ham ko’pchiligi shu ikki a’zoga qaratilgan bo’lishi kerak. Sovuqdan bo’lgan orqa og’rig’iga xos davolardan biri: kanakunjut yog’i, petushka talqoni va qora no’xat ivitmasi va lux tomirlarining har biridan 4 dirhamdan, ozgina sariyog’ va 1 dirham asal olib, aralashtirib, hammasini 14 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, bel og’rigi daf bo’ladi. Zarcho’bani uzoq vaqt oz-ozdan yeb yurish ham juda foydalidir.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.