Hasharotlarni haydash
Hasharotlar yaqinlashmasligi uchun dorilarni dahliz va derazalarga surtish kerak.
Tutatiladigan dorilarga kelsak, o’tning tutuni, hasharotlarni haydaydi. Gulsapsar ildizi ham shinday. Anor novdalari bu sohada ajoyibdir. Toq tuyoqli va juft tuyoqli hayvon tuyoqlari, mo’y sochlari, yalriz tutatilsa va yoyilsa, hasharotlar qochadi. Sedana va mumdan bir bo’lakdan, echki yungi va tuyog’idan har biridan yarim bo’lakdan olib maydalanadi va yotadigan xonaga tutatiladi. Shunda hamma hasharotlar qochadi.
Pashsha va chivinlarni haydash
Sedana kechasi tutatilsa, pashsha va chivinlar o’ladi. Shuningdek, oltingugurt, sassiq tikan, qoramol tezagi, isiriqlar qo’shib tutatiladi hamda o’rin va derazalarga qo’yiladi. Sedana qaynatmasi yoki isiriq qaynatmasi, gazak o’ti qaynatmasi uylarga sepilsa, pashsha chivinlar o’ladi.
Sichqonlarga qarshi kurash
Kuydirilgan qo’rg’oshin, bangidevona urug’i, karam ildizi, temir chirki, za’faronlarni qog’ozga o’rab, kerakli joylarga tashlansa, sichqonlar o’ladi. Erkak sichqonlarning terisini shilib olib, uyga qo’yilsa yoki uni bichib yoxud dumini qirqib qo’yilsa, sichqonlarni haydaydi. Terisi shilib olingan kuchliroq sichqon o’ligini osib qo’yilsa ham qolganlari qochadi.
O’rgimchak chaqishini davolash
O’rgimchak chaqqan kishining qornida ko’k yel paydo bo’ladi. Eti uvishib, tuki hurpayib, qo’l- oyoqlari soviydi, erlik olati qo’zg’aladi. Bu kishilarga 3 mahal och qoringa 1 choy qoshiqdan kun bo’yi oz-ozdan sirka bilan sedana qabil qilinadi. Quruq gazak o’t talqoni sirka bilan qo’shib ichiriladi.
Qora qurt chaqqanda qanday davolaniladi
Buni davolashda ham zaharni tortish, so’rib olish, hasharot chaqqan joyga tuzli suv qo’yish va vannalar og’riqni tez to’xtatuvchidir. Chunki qoraqurt chaqqan kishilar vannaga tushsalar, og’riqlari pasayadi, vannadan chiqsalar ogriqlari qaytadan boshlanadi. Demak, ularni har 2 soatda vannaga tushirib turish kerak.
Ushbu sifatli dorilar ichiriladi: oq murch, gulsapsar ildizi, nazla o’ti. qora zira, yovvoyi jinjak, anor po’sti, dolchin, miya yelimi, kovul shiralarining hammasini qorib, 3 mahal och qoringa bir misqol (4, 25 gramm) dan ichiriladi.
Qoraqurt chaqqanga qarshi tajriba qilib sinalgan qora zira, chinor daraxtining bargi va po’stlog’i, qoqigul urug’i, qora no’xat, bo’yumodaron urug’i, shivit urug’i, yulg’un urug’i, gulhamishabahor suvlaridan qaysi biridan bo’lsa ham , 3 mahal 2 dirhamdan och qoringa ichirish kerak. Yana yong’oq, dolchin, sirka, g’oz sho’rvasi, zarcho’ba ildizining qaynatmasi bunday kasallarga ichiriladigan yaxshi murakkab dori sanaladi.
Arpa, zira, dolchin, petrushka urug’larining har biridan ikki dirhamdan olib, asal bilan qorishtirib, 3 mahaldan och qoringa yarim choy qoshiq miqdorida eski sirka bilan ichilsa, kasal shifo topib ketadi.
Hoki Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan,