Jigar kasalliklarining belgilari

Jigar kasalliklarining kelib chiqishi va belgilari

Salom do’stlar! Bugungi maqolada jigar kasalliklarining kelib chiqishi va belgilari haqida gaplashamiz.

Jigarda mijoz kasalliklari, tarkib kasalliklari, shish va qavarchiqlar paydo bo’lishi mumkin. Ular jigar pardasi yaqinida paydo bo’lib, qorin bo’shlig’iga qarab yoriladi, yana ulardan boshqa kasalliklar ham paydo bo’ladi. Yirtilishidan o’lim xavfi tug’ilmaydi, lekin katta tomirdan qon oqsa, yomon natijaga olib keladi.

Demak, jigar kasalliklarining kelib chiqishi va belgilari nimalardan iborat…

Jigar kasalliklarining kelib chiqishi

Goho jigarda hamkorlik sababli, ayniqsa taloq, me’da, o’t qopi, buyrak, ko’krak- qorin to’sig’i, o’pka, ichaklar, ayniqsa yuqori ichakning hamkorligi sababli ham kasalliklar paydo bo’ladi.

Me’da, taloq, o’t qopi va ichaklar bilan hamkorlikka kelsak, bunda dastlab ularga jigar chuqurligiga yondoshib turgan tomirlar hamkorlik qiladi. Keyin uning zarari jigarga borib yetadi. Shu bilan birga hazm buziladi, ya’ni iste’mol qilingan ovqat hazm bo’lmay haydalib ketadi.

Jigar do’ngligidagi kasalliklarning moddalari ko’pincha, peshob orqali, burun qonashi va ter bilan haydalib chiqadi. Jigar chuqurligidagi kasalliklarning moddalari esa ich surish, safro va qon qusish, ko’pincha ter bilan haydalib chiqadi.

Suv ichish bilan bosilmaydigan qattiq tashnalik, ishtahaning kamligi, alangalanish, peshobning sariqligi va rangdorligi, tomir urushining tez va ketma- ketligi, isitmalar, et va qonning kuyganligi, issiq narsalardan aziyatlanish buzilgan issiq mijozdan dalolat beradi. Bundan keyin ich erib, oldin turli xiltlar, keyin jigar o’ti, so’ngra ichaklar shilinib o’tadi.

Goho bu xil mijozda, qovurg’alarda og’riq bo’lib, ba’zan og’riq bo’lmasdan ich ketadi. Bemor sariq, qizil va ko’kish rangda qayd qilishi mumkin. O’tsimon ich ketish ko’payadi. Qon kamayadi, til qurishi sodir bo’ladi va badan ozadi.

Issiqlik qonni kuydirsa, axlat sharob cho’kmasiga o’xshash bo’ladi. Agar jigarda kuyish yoki shish, yoki yiringli shish bo’lib, so’ngra axlat bilan birga qora quyuq narsa chiqsa, bu jigarning sasigan eti bo’ladi.

Biroq axlat bilan chiqqan har bir qora narsa yomon belgi bo’lavermaydi. Ba’zan ich vabo tekkan kishilardagi singari go’sh yuvilgan suv va yara zardobga o’xshab suyuq o’tadi. Keyin axlat quyuladi va qorayib badbo’y bo’ladi. Goho ich zardobsimon o’tgandan keyin qonga aylanadi, so’ngra suyuq zardob o’tadi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: