Assalomu alaykum qadrli muxlis! Maqolamiz sarlavhasidan ko’rganingizdek, bugun, qiziqarli va moliyaviy mustaqillikga erishish, moliyaviy savodxonligimizni oshirish uchun kerakli mavzu moliya bozori tushunchasi, tarkibiy qismlari, uning turlari, xavfi hamda sarmoya kiritish haqida gaplashamiz, bilim va ko’nikmalarimizni oshiramiz.
Ushbu maqola uchun 10 daqiqa vaqtingizni ajrating! Umid qilamanki, siz uni foydali va qiziqarli deb topasiz!
Bu bozorning tarixiga qisqacha nazar solsak.
Jahon moliya bozorining elementlari feodalizm davridayoq shakllana boshlagan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va qimmatli qog’ozlarning paydo bo’lishi bilan kapital bozori shakllangan.
Tarixan xalqaro sahnada ikkita asosiy model shakllangan:
- Kontinental model – bank tomonidan moliyalashtirishga yo’naltirilgan moliyaviy tizim bo’lib, qimmatli qog’ozlar oz sonli aktsiyadorlarga e’lon qilinib, aksiyadorlarning eng yuqori kapitalga e’tibor qaratiladi.
- Anglo-Amerikancha model – qimmatli qog’ozlar bozoriga va institutsional investorlar tizimiga (sug’urta kompaniyalari, investitsiyalar va pensiya jamg’armalari va boshqalar) qaratilgan moliyaviy tizim. Ushbu model aksiyalarni ommaviy joylashtirishga yo’naltirilganligi va kontinental modelga nisbatan hajmi jihatidan ancha katta bo’lgan ikkilamchi bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi.
XX asr oxiri – XXI asr boshlarida ko’pgina Yevropa mamlakatlarida moliya bozorlari Anglo-Amerikancha modeli xususiyatlariga ega bo’la boshladi va moliyaviy bozorlarning kontinental va Anglo-Amerikancha modellari bir-biriga asta-sekin yaqinlasha bordi.
Nomidan va tarixidan ko’rinib turibdiki, bu obligatsiyalar, aktsiyalar, valyuta va derivativlar kabi aktivlarni sotish va sotib olish imkoniyatini beruvchi bozordir. Oddiy qilib aytganda, biznes va investorlar o’z bizneslarini rivojlantirish uchun pul yig’ish va shunga muvofiq ko’proq daromad topish maqsadida moliyaviy bozorlarga borishlari mumkin.
Buni aniqroq aytadigan bo’lsam, odamning omonat hisob raqamiga ega bo’lgan bankni tasavvur qiling. Bank o’zining va boshqa omonatchilarning pul mablag’laridan boshqa insonlar va korxonalarga qarz berish va foizlar undirish uchun foydalanishi mumkin.
Omonatchilarning o’zlari ham pul topib, ularga to’langan foizlar hisobiga pullari qanday o’sib borayotganini ko’rishadi. Xususan O’zbekiston bozoridayam bank omonatchilarga ham, qarzdorlarga ham foyda keltiradigan moliyaviy bozor hisoblanadi.
Bu bozorning bugungi kunda qanday turlari mavjud?
Moliyaviy bozor murakkab tizim sifatida bir nechta bozor segmentlaridan iborat bo’lib, bir nechita turlarga bo’linadi:
- Kapital bozori kredit va ssuda bozorini o’zida mujassam etadi. Bu bozor elektron pul mablag’larini ularga ega bo’lganlardan yo’qlarga qayta taqsimlashni o’z ichiga oladi. Investitsiya bozoridan farq qilib, kredit bozori ancha murakkab va ishtirokchilarga o’z majburiyatlarini bajarish uchun yanada qattiqroq talablarni qo’yadi.
- Qimmatli qog’ozlar bozori moliya bozorining 90%ini tashkil etib, jamiki yuridik shaxslar investitsiya qiladigan moliyaviy instrumentlar nazarda tutiladi.
- Valyuta bozori (Forex). Unda ishtirokchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning obyekti valyuta va uning ekvivalentiga aloqador narsalar hisoblanadi. Valyuta operatsiyalari birja va undan tashqari bozorda amalga oshiriladi (Foreks banklararo bozor, Forex).
- Oltin bozori qimmatbaho metallar bozori deb ham yuritilib, qimmatli metallar oldi sotdisi amalga oshiriladi.
- Sug’urta bozori. Bu alohida segment, chunki sug’urta kompaniyalari global darajadagi asosiy investorlar qatoriga kiradi. Har xil turdagi sug’urta xizmatlarini olib borish orqali ular kapitalni to’playdilar, ular vaqtincha depozitlarga, metallarga va fond bozoriga sarmoya kiritishlari mumkin.
Jahon moliya bozorining yana bitta, umumiy, ammo aniqroq tasnifi mavjud:
- valyuta bozori,
- fond bozori
- tovar bozori
Birinchisi har qanday valyuta (shu jumladan kriptovalyuta) bilan barcha turdagi operatsiyalarni qamrab oladi, ikkinchisi – qimmatli qog’ozlarga bog’liq hamma narsalarni, uchinchisi – metallar, neft, tovarlar va xizmatlar savdosi, shu jumladan noan’anaviy investitsiyalar (antiqa buyumlar, san’at va boshqalar) … Uchala bozor ham kredit, investitsion va boshqa munosabatlar bilan bog‘langan.
Bozorning qanday funksiyalari mavjud
Moliya bozori o’z faoliyatida bir nechta funktsiyalarni bajaradi:
- To’lov operatsiyalarini amalga oshirishda pul aylanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan va uning hajmlarini tartibga soluvchi, pulning doimiy aylanishi uchun sharoit yaratish.
- Qo’shimcha investorlarni jalb qilish, bozorlarda mavjud bo’lgan moliyaviy aktivlarni sotib olish va sotish imkoniyatlarini ta’minlash.
- Resurslarning harakatlanishi va jamlanishi uchun sharoit yaratish, jamg‘armalarning ichki manbalarini safarbar qilish va moliyalashtirish uchun yangi manbalarni jalb qilish.
- Davlat iqtisodiyotining turli sohalari va yo’nalishlarida resurslarni tezkor taqsimlashni amalga oshirish. Bu taqsimot mamlakat va korxona, aholi va davlat o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.
- Iqtisodiyot sohalari va xo’jalik tarmoqlari o’rtasida kapitalni qayta taqsimlashni amalga oshirish.
Shunday qilib, moliyaviy bozorlarning asosiy vazifasi turli manbalardan vaqtinchalik ortiqcha mablag’larni faol safarbar etishdan iborat. Bu mablag’lar jamg’arma ko’rinishidagi kapitaldan, shu jumladan aholi, tashkilotlar, davlat organlarining pul va boshqa moliyaviy resurslaridan jalb qilinishi mumkin.
Moliyaviy bozorlarni o’rganishning ahamiyati
Moliya bozorini o’rganishning muhim jihati, uning, har qanday mamlakatning sanoat hayotida, iqtisodiyotidagi o’rni hisoblanadi. Buni tushunish juda muhimdir. Bu moliyaviy faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har qanday mutaxassis uchun asosiy bilimdir.
Zamonaviy iqtisodiyotda moliya bozorining rolini tushunish uchun siz, iqtisodiy tuzilmaga nazar solishingiz kerak. Darhaqiqat, har qanday davlat iqtisodiyotida sanoat va bozorlarni shakllantiradigan uchta faoliyat sohasi hukmronlik qiladi.
- Birinchisi – resurslar
- Ikkinchisi – tovarlar va xizmatlar
- Uchinchisi – moliya.
Bu sohalar o’rtasida yaqin aloqa va faol o’zaro ta’sir mavjud. Ushbu o’zaro ta’sirning ishtirokchilari turli xil iqtisodiy bo’linmalar bo’lib, ular orasida to’rttasi ustunlik qiladi.
Birinchidan, bu biznes va tadbirkorlik – davlat sektoriga kirmaydigan barcha iqtisodiy faol yuridik shaxslar. Ikkinchidan, yuqorida aytib o’tilgan uchta sohadagi jarayonlarni tartibga solish uchun javobgar davlatdir. Uchinchidan, bu ma’lum bir mamlakatning butun aholisining xo’jalik ishlari. Va, to’rtinchidan, bu tashqi iqtisodiyot bo’lib, u ko’p jihatdan muayyan davlatning ichki, milliy iqtisodiyotini belgilaydi.
Qanday risklar mavjud va ulardan qanday himoyalanish mumkin
Investitsion tavakkalchilik nima degani?
Investitsion tavakkalchilik – bu qimmatli qog’ozning qiymatining pasayishi yoki investitsiya daromadi sizning kutganingizga mos kelmasligi ehtimoli.
Tavakkalchilik qilish shartmi?
Xavf rentabellik bilan bog’liq. Potentsial daromad qanchalik yuqori bo’lsa, xavf shunchalik yuqori bo’ladi.
Masalan siz OFZ sotib olishingiz va davlat tomonidan kafolatlangan taxminan 7% miqdorida qat’iy belgilangan kupon daromadini olishingiz mumkin. Yoki, 2019 yil davomida 35 foizga o’sgan Yandex aktsiyalarini (YNDX) sotib olishingiz mumkin, garchi ular oktyabr oyiga kelib 20 foizga tushib ketgan. Shu bilan birga siz, Yandex dividend to’laydimi yoki yo’qmi, aktsiyalar ko’tariladimi yoki tushadimi, bilmaysiz. Siz potentsial foyda uchun bu tavakkalchilikga qo’l urdingiz.
Biznesda bo’lgani kabi moliyaviy bozorda ham risklar mavjud. Risk investitsiyalarning potentsial yo’qotilishini anglatadi. Qarama-qarshi tomon xavfi, foiz stavkalari riski va qarzni to’lamaslik xavfi moliyaviy dunyodagi risklarga misoldir. Bundan tashqari, risk qo’qqisdan qachon paydo bo’ladi, qachonki, imitentlar ya’ni sotuvchilar ko’pincha atrofdagilarning xatti-harakatlariga taqlid qilishadi, bu taqlid qisqa vaqt ichida aktivlar narxining katta o’sishiga yoki kamayishiga sabab bo’ladi.
Eslatma! Bozor statistikasi tahlili risklarni oldindan ko’ra bilish uchun bozordagi eng katta yutuq ekanligini isbotlaydi. Bunda biz uchun eng asosiy manba bozor indikatorlari bo’lib, joriy sharoitlarni o’lchash va moliyaviy yoki iqtisodiy tendentsiyalarni prognoz qilish uchun foydalaniladigan instrumental ma’lumotlardir.
Keyingi maqolalarda albatta bu to’g’risida batafsil ma’lumot beramiz.
Xulosa.
Moliyaviy bozorlar va ulardan qanday qilib pul ishlashingiz mumkinligi haqida o’qib, aslida nima bilan shug’ullanayotganingizni bilasizmi? Kommentariyada javobingizni kutib qolaman!