Qo’ziqorinning qanday zaharli va foydali turlari mavjud

Qo'ziqorinning foydali va zaharli tirlari

Salom do’stlar! Qo’ziqorinning qanday turlari bor? Bu savolga va ularning zararlari hamda foydalari haqida bugungi maqolamizda javob beramiz. Qo’ziqorin dumaloq shakldagi o’zak bo’lib, poyasi va ildizi bo’lmaydi. Rangi tuproq va paxta rangiga yaqin. Ba’zi kishilar uni xomligicha yoki qaynatib yeydilar.

Unda yer javhari ko’proq, suv javhari kamroqdir, yana shuningdek havo javhari bor. Mevasi yo’q. Eng yaxshisi qumloqda o’sadigan oq ranglisidir. Unda yomon hid bo’lmaydi. Qurug’i yangisidan yomonroqdir. Po’sti archilib, pichoq bilan yorilgandan keyin avval tuz va suv bilan qaynatilib, so’ng zaytun yog’ida qovurib yeyilgani yaxshiroqdir. Daraxtlarning ostida va yomon joylarda o’sadigani eng yomon xilidir.

Disquridusning aytishicha, u ikki xil bo’ladi:

Bittasi yeyiladigan, ikkinchisi zaharli.

Zaharlisi tezda buzuladi va tezda sasiydi. Yeyiladigan xilini esa suyuq oshlarga solinadi. O’zini ham yeyiladi, uning mazasi lazizdir. Agar ko’p iste’mol qilinsa, zarar qiladi va ba’zan o’ldiradi ham. Chunki u qiyin hazm bo’ladi. Ba’zi vaqtda bo’g’adi va savdoyi kasallarni qo’zg’atadi. Barcha turdagi qo’ziqorinni yeyishdan kelgan zararga qarshi ko’l suvuni sirka va tuz qo’shib ichish yoki arpani qaynatib ichish kerak.

Foydasi va zararlari

  1. Qo’ziqorin suvini siqib olib, 10 kun 3 mahal ko’zga tomizilsa, ko’zni tozalaydi. Buni Payg’ambarimiz (s. a. v. ) aytgan edilar. Tabib Masih va boshqalar buni tasdiqlaganlar. Ko’p iste’mol qilinsa, ovqat sust hazm bo’ladi, me’da uchun bu og’ir. Jolinus bir joyda, bu yomon kasal tug’dirmaydi, lekin ichak kasalligi va qiynalib siyishni keltirib chiqaradi deb ta’rif bergan.
  2. Yomon quyuq xilt tug’diradi. Uni tuzatish uchun yangi va quritilgan nok hamda tog’da o’sadigan yalpiz bilan qo’shib qaynatiladi. Shu qaynatmadan 3 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, zarari kamroq bo’ladi.
  3. U kishida uvishish va bosh og’rig’ini keltirib chiqaradi.
  4. U kishining nafasuni bo’g’adi, zaharlisida bu ta’sir, ayniqsa, kuchliroqdir.
  5. O’ldirmaydiganini ko’p iste’mol qilinsa, qusish bilan bo’ladigan ich ketishni paydo qiladi. U qiyin hazm bo’ladi lekin ko’p ozuqali. O’ldiruvchisi hushdan ketkazadi va sovuq ter bosadi.

Uning zaharli xili zanglagan temirlar, sasigan narsalar, yoki ba’zi zaharli hayvonlar iniga yaqin yerlarda va o’ziga yaqin joyda o’sadigan qo’ziqorinlarni buzish xususiyatiga ega bo’lgan zaytun kabi daraxtlarning tagida o’sadi.

Uning alomati: ustida yopishqoq badbo’y suyuqlikning bo’lishi va tez o’zgarib sasishidir. Bu esa hushdan ketishni keltirib chiqaradi. Buning davosi esa xiltlarni parchalovchi narsalarni berish va sikanjubinni yalpiz bilan birga qo’shib ichirish kerak. Yoki xo’roz va tovuq go’shtini sirka bilan qo’shib iste’mol qilish va ko’p miqdorda asal yeyishdir.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan,

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: