Oftob yordamida qanday davolanish mumkin

Oftobda davolanish foydasi

Yozning issiq kunlari boshlanishiga qadar ko’pgina yoshi ulug’ otaxon-onaxonlarimiz elkalari, qo’l-oyoqlari qaqshab og’rishidan nolishadi, kechalarni chala uyqu bilan o’tkazishadi. Bu kasallik ko’pincha qishdagi yoki erta bahordagi shamollashdan kelib chiqadi. Shuningdek, tumovning asorati bo’lishi ham mumkin. U hayot uchun xavfli emas. Biroq keksa odamlarning oromini buzadi.

Davolanishda yoshi o’tgn, ulug’ odamlarni jismonan qiynamaslik uchun ularning ko’ngliga, xohishiga mos keladigan, topilishi oson bo’lgan sodda dori-darmonlar bilan qisqa vaqt ichida sog’aytirish kerak. Bu borada xalq tabobatida ko’p ming yillik tajriba bor. Yelka va qo’l-oyoq og’rig’ini davolashdagi eng asosiy dori – oftob hisoblanadi.

Oftobda davolanish tartibi

Ogriqli elka va qo’l-oyoqni yalang’ochlagach, dog’ qilingan paxta yog’ini surtib, quyoshga tutib o’tirish yoki yotish kerak. Oftobga chiqish oldidan to’yib qatiq ichib olinadi. Javzo (iyun) oyida quyoshga har kuni yog’ surtib 4 marta chiqish, har chiqishda bir soat o’tirish yoki yotish lozim. Har soatdan so’ng engilgina ovqatlaniladi, dam olish va qaynatilgan o’rik suvini to’yguncha issiq-issiq ichish kerak.

Saraton, asad va sumbuia oylarida quyoshga har kuni bir soat chiqib o’tirish yaxshi, chunki kuz quyoshi foydali hisoblanadi.

Oftobga qo’l va oyoqning faqat old tomonini tutmay, navbat bilan tutmoq darkor.

Dog’ qilingan paxta yog’ini surtish yozning birinchi va ikkinchi oyidagina zarur. Et qorayib olgach, surtilmasa ham bo’laveradi. Har kuni kechga borib, iliq suvda cho’milish juda yaxshi. Shuningdek, yotish oldidan qo’l yoki oyoqni engil uqalash yaxshi natija beradi.

Nimalar tavsiya etilmaydi?

Davolanish davrida suyuq, xamir ovqatlar iste’mol qilmaslik, ko’k choy ichmaslik tavsiya etiladi. Shuni ham aytish kerakki, davolanishning birinchi o’n kuni qiyin kechadi, so’ng badan moslashib, yengillanish boshlanadi. Oftobda o’tirganda yoki yotganda to’shak solish mumkin emas, chunki issiqlikdan chiqqan ter bilan to’shak ho’l bo’lib, badanga zax beradi. Albatta, quruq taxta ustida o’tirish yoki yotish eng maqbulidir.

Bu kasallik ustida ko’p tabiblarimiz bosh qotirganlar, masalan, Bobur Mirzoning xos tabibi Yusufiy Ibn Muhammad yozadilarki, agar og’riq balg’amdan bo’lsa, surgi ichishni, bordi-yu, og’ir yuk ko’tarishdan bo’lsa, andizning ildiz qaynatmasini och holda 10 kun 3 mahal 100 grammdan ichishni asal qo’shilgan, ro’yan qaynatmasini ichishni tavsiya qiladi.

«Balg’amdan bo’lsa» deganda shamollashni tushunish kerak. Bundan chiqadiki, bizning davolarimizdagi dorilar ham tarixdagi tabiblarimiz qo’llagan dorilarga yaqin turadi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: