Yurak zaifligi va siqilishi xastaliklarini davolash yo’llari

Yurak siqilishi va tez urishini davolash

Yurak zaifligi va siqilishi bir-biriga o’xshasa ham, oralarida farq bor. Shuningdek boshqa bir hol bor, unga yurakning quvvatliligi deyiladi. Yana boshqa hol bor, unga esa ko’krakning yozilishi va shodligi deyiladi. Bu ikkalasi bir-biriga o’xshash bo’lsada, oralaridagi farq maskur ikki guruxdan har birining ikki qismi bir-biriga o’xshash, chunki u ikkalasi ko’p hollarda bir-biriga lozim bo’ladi (Ya’ni bir-biridan ayriladi).

Birinchi guruxning ikki qismini ikki tasirlanuvchi hol, ikkinchi guruhning ikki qismini esa ikki tasirchan holdan iborat deb hisoblanadi. Har ikki guruxning har ikki qismi orasida farq bor.

Ikki guruxning farqlari

1 – farqi. Har bir yuragi zaif bo’lgan kishi shodlanuvchan bo’lmaganligi kabi har bir shod kishi ham kuchli qalb egasi emasdir.

2 – farqi. Bularning tariflari boshqa-boshqadir. Chunki yurak zaifligi xavfli ishga qalbning unga chiday olishligining ozligi jihatidan bo’ladigan holdir. Ko’krak (yurak) siqilishi esa dahshatli holga ko’ra ham qalbning unga chiday olishligining ozligi jihatidan bo’ladigan holdir. Xavfli degani badanga aziyat beradi, dahshatli narsalar esa nafsoniy aziyat beradi.

3 – farq. Bunda doimiy ravishda yuz beradigan ruhiy hodisalar turlicha bo’ladi, chunki qalb zaifligi qochishga harakat qiladi, yurak siqilishi esa qaytarishga va qarshi turishga harakat qiladi. Ammo ko’pincha zidi bo’lgan olishish va tashlanishga intiladi. Shuningdek, qalb zaifligi harakatlantiruvchi quvvatni bo’shashtiradi. Yurak siqilishi esa harakatlantiruvchi quvvatni ko’pincha qo’zg’atadi va harakatlantiradi.

Qalb zaifligida ikki xil tasirlanish bor: vaziyat bilan bo’lgan tasirlanish, uzoqlanish harakatiga bo’lgan shavq orqali yuz beradigan tasirlanish. Yurak siqilishda esa bitta tasirlanish bor, u ham bo’lsa, aziyat bilan bo’lgan tasirlanishdir. Bunda u shavq doimo tabiiy holdan kelib chiqmaydi, biroq zaif qalbli kishida bunday shavq faqat u tasirlanishdan uzoqlashish uchungina paydo bo’lmay, balki boshqa bir maqsad uchun kelib chiqadi. Bu holda u shavq ixtiyoriy bo’lib, hayvoniy, ya’ni tabiiy shavq bo’lmaydi. Bazida yuragi siqiluvchan olishish va qarshi turishni xoxlaydi.

4 – farq. Bunda badanga tegishli bo’lgan doimiy omillar har xildir. Chunki yurak zaifligiga xos bo’lgan aziyat hosil bo’lganda unga, albatta, tug’ma haroratning pasayishi va sovuqlikning qoplashi ergashib keladi. Yurak siqilishida esa, ko’pincha, o’ziga xos aziyat hosil bo’lganda unga, albatta, tug’ma haroratning alangalanishi ergashib keladi.

5 – farq. Buning sabablari turlichadir. Chunki yurak zaifligi qat’iy suratda ruxning siyrakligiga va mijozning haddan tashqari sovuqligiga tobe suratda paydo bo’ladi. Yurak siqilishi esa ruxning zichligi va mijozning issiqligiga ergashib keladi.

Davolash

  1. Omila talqonini och holda 10 kun 3 mahal bir choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynoqroq suv ichilsa, yurak zaifligi begumon tuzaladi.
  2. Limono’tning 300 gramini uch litr qaynagan suvda bir kun qoldirib, keyin 20 daqiqa past olovda qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda uch osh qoshiqdan ichilsa, yurak zaifligiga foyda qiladi.
  3. Qora halilaning 300 gramini uch litr qaynagan suvda bir kun qoldirib, so’ng 30 minut past olovda qaynatib, 12 kun 3 mahal 50 gramdan ichilsa, yurak siqilishi va zaifligi daf bo’ladi.
  4. Zaytun yog’i ixlos bilan uch kun uch mahal och holda bir osh qoshiqdan ichilsa har qanday yurak zaifligi va siqilishlarini tezda yo’qotadi.
  5. Zafaronning 300 gramini 4 litr suvda bir kun qoldirib, so’ng 20 daqiqa past olovda qaynatib, dokadan suzib, 7 kun 3 mahal och holda 3 osh qoshiqdan ichilsa, yurak siqilishi, zaifligi va nafas qisishiga ijobiy tasir qiladi.
  6. Chukri (ravoch) gulining 300 gramini 4 litr yomg’ir suvida bir kun qoldirib, keyin 25 daqiqa past olovda qaynatib, 9 kun uch mahal och holda 3 osh qoshiqdan ichilsa, yurak zaifligi, siqilishi, tez urushi va sanchishi shubhasiz tuzaladi.
  7. Archa urug’ining talqoni 10 kun 3 mahal och holda bir choy qoshiqdan kapalansa, yurak o’ynashi va xafaqonlikga yaxshi foyda qiladi.
  8. Abu Jahl tarvuzi ildizining yuz gramini ikki litr suvda 30 minut qaynatib, o’n kun uch mahal och holda ikki osh qoshiqdan ichilsa, yurakga yaxshi tasir qiladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: