Malinaning odam organizmiga foydalari va zarari

Malinaning odam organizmi uchun foydasi

Malinaning shirin va nozik ta’mini hamma yaxshi ko’radi. Uning yaroqlilik muddati juda qisqa bo’ganligi uchun tanlab olingani darhol ictemol qilinadi. U keng tarqalgan rezavor o’simliklardan biridir. Qadimgi Yunonistonda u tabiiy maqsadlarda ishlatilgan. Undan damlama tayyorlanib ilon va chayon chaqqanida foydalanilgan. Malina 16 asrdan keyin keng tarqalgan.U hozir bizgacha etib kelgan.

Malinaning odam tanasiga foydasi

Haqli ravishda eng foydali mevalardan hisoblanadi. Tarkibida organizmni kuchaytiruvchi C vitamini mavjud. Bu esa qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi va qon quyqalar hosil bo’lishining oldini oladi.

Malina damlamasi bronxit uchun juda samarali. Tarkibidagi xum tola ovqat hazm qilishni normallashtiradi. Tanadan toksinlar va zaharli moddalarning chiqishiga yordam beradi. Shunungdek, jigar faoliyatini yaxshilaydi. Undagi kaliy va magniy yurakning yaxshi ishlashini ta’minlaydi.

Ayollar uchun foydasi

Malinalar ayol tanasi uchun juda foydalidir. Ortiqcha vazn, soch to’kilishi, erta ajin tushishi, tirnoqlarning yomon holati, og’riqli hayz ko’rish kabi muammolardan xalos etadi. Homilador ayollarda ko’ngil aynishini bartaraf etadi. Ona va bola uchun zarur bo’lgan moddalar yetishmasligini to’ldiradi.

Erkaklar uhun foydasi

Malina muntazam istemol qilinsa ijobiy natijalarga olib keladi. Quvvatni oshiradi va jinsiy hayotni rag’batlantiradi. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi, prostatit davolaydi.

Bolalar uchun foydasi

Bir yoshgacha bo’lgan bolalarga berish tavsiya qilinmaydi. Bir yoshdan keyin nojo’ya ta’sirlari bo’lmasa ruxsat etiladi. Bola organizmini yuqumli kasalliklardan himoya qiladi. Ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi. Bolani energiya va vitaminlar ta’minlaydi.

Kasalliklarga qarshi malinadan foydalanish

Dorivor sifatida nafaqat mevasi, balki barglari ham ishlatiladi. Tibbiyot va kosmetologiyada turli xil damlamalar choy va kompreslar tayyorlanadi.Ular ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, diabet va aterosklerozda yordam beradi. Shamollash va isitmani tushirishda damlamasi ichiladi. Kosmetologiyada malina terining va sochlarning holatini yaxshilash uchun ishlatiladi.

Qand kasalida qo’llash

Qand kasali bilan og’rigan bemorlarga ham ruxsat etiladi. Qondagi shakar miqdorini kamaytirishga, tanani vitaminlar bilan ta’minlashga, diabet asoratlarining oldini olishga hissa qo’shadi. Malina va na’matak teng miqdorda olinadi. 10 gr lik aralashmaga 200 ml qaynoq suv quyiladi. Yarim soatga tindiriladi va suziladi. Qandli diabet uchun bu damlama kuniga bir stakan tavsiya etiladi.

Pankreatitda qo’llash

Bu kasalda malina qo’llash mumkin emas. Meva tarkibida ovqat hazm qilish straktining shilliq qavatini bezovta qiladigan organik kislotajar mavjud. Kasallik to’xtagandan so’ng istemol qilishga ruxsat etiladi.

Gastritda qo’llash

Malina kuchli gastrit bilan og’riganlarga man etiladi. Tarkibidagi kislotasi og’riqni kuchaytirishi mumkin. Agar kasal engilroq’ bo’lsa unda ruxsat etiladi

Diareyada qo’llanilishi

Malinalar diareyada ham, qabziyatda ham yordam beradi. Tarkibidagi xum tolasi hojatni normallashtirib ichakni tozalaydi. Diareyaga quritilgan bargi va mevalaridan damlama tayyorlanadi. 4 osh qoshiq quritilgan mevasi termosga solinib ustidan qaynoq suv quyiladi. Damlama bir necha soat tindiriladi va suzib olib kuniga bir necha marta yarim stakandan qabul qilinadi.

Podagrada qo’llash

Podagra (bosh og’rig’i) bilan og’rigan bemorlarga malina istemoli man etiladi. Malina tarkibidagi nurin asoslari kasalning kuchayishiga olib keladi.

Gemorroy uchun damlama

Malinalar ichak harakatini tiklashga yordam beradi. Gemorroyning oldini oladi.

Idishga 300ml suv quyiladi. Bir osh qoshiq bargining quritilganidan solinadi. 10-15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Damlama sovigandan keyin suzilib kuniga 100 ml dan ichiladi. Bu esa gemorroydan qon ketishini to’xtatadi.

Shamollaganda damlama ichish

Shamollaganda haroratni tushirish uchun damlamasi tavsiya etiladi. Buning uchun bir stakan issiq suvga 2 osh qoshiq quritilgan malina qo’shiladi. Aralashma 15-20 daqiqa dam oldiriladi va suzib yotishdan oldin ichiladi. Bu esa uxlashni yaxshilaydi.

Oshqozon va ichaklarda yara bo’lsa, buyrak va o’t qopida tosh bo’lsa malina istemol qilish man etiladi.

Malinani quritish, muzlatish, murabbo qilish mumkin.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 1
  1. Xursanoy

    Kattakon rahmat :idea:

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: