Tabiiy usulda, uy sharoitida qonni ko’paytirish uchun quyidagi tabiiy mahsulotlar kerak bo’ladi:
- Qora kishmish (mayiz)
- Yong’oq mag’zi
- O’rta hajmdagi limon
- Tabiiy asal
- Sabzi sharbati
- Lavlagi sharbati.
Blinder idishiga bir stakan (100ml) qora mayiz, bir stakan (100ml) yong’oq mag’zi, o’rta hajmdagi 2 dona limonni bo’laklarga bo’lib, ichidagi urug’larini ajratgan holda solinadi. Va blenderda yoki go’sht maydalagichda yaxshilab eziladi va ezilgan aralashmaga tabiiy asal aralashtiriladi. Ustidan bir stakan sabzi sharbati, bir stakan lavlagi sharbati qo’shilib yaxshilab aralashtiriladi.
Tayyor bo’lgan mahsulot og’zi yopiladigan bonkaga solinib, muzlatgichning past xaroratli qismiga qo’yiladi.
Har kuni uch mahal ovqatdan oldin yoki keyin bir osh qoshiqdan istemol qilinadi. Bir oylardan keyin gemoglabin ko’tarilib, qon ko’paya boradi. O’zingizni yaxshi his qilasiz.
Qon qanchalik mikroelementlarga boy bo’lsa, inson shunchalik chiroyli umr ko’radi. Sog’ligingizni asrang!