Qora sedananing shifo va foydalari

Qora sedana yog'ining foydalari

Tabobatda qora sedananing o’rni boshqacha. Hazrat payg’ambarimiz Muhammad Sollallohu Alayhi Vassallam, sedana to’g’risida bunday deganlar: » Qora sedana o’limdan boshqa barcha dardga davodir»

Ibn sino esa » Sedana vujud energiyasini rivojlantiradi, kasalliklardan yo’q bo’lgan bakteriyalarni tiklaydi» deya qayd qilgan.

O’zbek nonlariyu, patr, somsalarini sedanasiz tasavvur qilish qiyin. Xamrli ovqatlar, yog’li nonlar qiyin hazm bo’ladi. Uning yuziga sepilgan sedana esa hazm bo’lishiga yordam beradi. Inson tanasi yog’ni ishlab chiqarmagani uchun uni tashqaridan olishga majbur. Bir gramm sedana insonga bir kunlik yog’ ehtiyojini qondira oladi.

Qaysi kasalliklarga shifo bo’ladi

Sedana kuch beruvchi, immunitetni ko’taruvchi, asab tizimi kasalliklari, ichki yaralar, gijja, ayollardagi og’riqli hayz sikli, nafas olish yo’llari kasalliklari, ko’ngil aynishi va qayd qilish, buyrak va jigar kasalliklari, bosh va tish og’rig’i, ko’z xastaliklari, yurak va oshqozon kasalliklariga davo sifatida qo’llaniladi. Tanani umimiy mustahkamlash uchun ovqatdan so’ng bir choy qoshiq qora sedana istemol qilinadi. Rak va oits kasalliklariga qarshi ham tavsiya etiladi. Qon bosimini, isitmani tushirish va antibiotik kabi tasir kuchlariga ega. Sedana yog’i ona sutini ko’paytiradi. Sochni o’stiradi, soch oqarishining oldini oladi.

Sedananing foydalari

Mikrob,virus va turli zamburug’li viruslarga qarshi nobud qiluvchi ta’sirga ega. Qondagi shakar miqdorini kamaytiradi. Tomir kasalliklariga to’sqinlik qiladi. Hazmni qulaylashtiradi. Yaralarning tuzalishiga, hujayralarning yangilanishiga yordam beradi.

Qo’llash usullari

  1. Kasalliklarning oldini olish maqsadida ertalab va kechqurun och qoringa ovqatlanishdan 15-20 daqiqa oldin bir choy qoshiq yanchilgan sedanani 6 oy mobaynida yeyish kerak.
  2. Qon bosimi balandligi uchun nahorda va kechqurun ovqatdan 15-20 minut oldin bir choy qoshiq sedana, qovrilmagan kunjut bilan yanchilib birgalikda 6 oy davomida istemol qilinadi.
  3. Astma va yo’talda ko’krak qafasiga sedana yog’iga zaytun yog’i aralashtirilib surtiladi.
  4. Ich ketganda bir choy qoshiq sedana yog’i, bir piyola qatiq bilan aralashtiriladi. Bu aralashmani kuniga ikki mahal uch kun qabul qilinadi.
  5. Quloq og’riganida va infeksion kasalliklarida, qora sedana yog’i quloqqa tomiziladi.
  6. Ayollarda, to’lg’oq tutganida og’riqlarni yengillatish uchun sedanani qizdirib, so’ngra asal solib ichish tavsiya etiladi.
  7. Yalpizni qaynatib olib unga asal va yetti tomchi sedana yog’i qo’shib aralashtiriladi. Issiq holda xohlagan vaqtda ichish mumkin. Bu xotirani mustahkamlaydi.
  8. Rak kasalida sedana yog’i shikast yetgan joyga surtiladi. Kuniga 3 mahal bir choy qoshiq sedana yog’i bir stakan sabzi sharbatiga aralashtirilib ichiladi. Muolaja 3 oy davom ettiriladi.
  9. Dangasalikdan qutulish uchun, 10 tomchi sedana yog’iga bir stakan apelsin sharbati aralashtirilib istemol qilinadi.
  10. Sedananing yanchilgani va asal bilan aralashmasi istemol qilinsa, buyrak va o’t pufagidagi toshlarning erishiga yordam beradi.
Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: