Ayol ko'krak sutining oqishini qanday to'xtatish mumkin

Ayol sutining oqishini davolash

Ko'krak va uning holatlari

Ko'krak sut paydo qilish uchun yaratilgan a'zo bo'lib, tug'ilgan bola to (gavdasi) pishiqlanib, quvvatga kirguncha, qattiq va tig'iz ovqatni hazm qilishga qobiliyatli bo'lgunicha undan oziqlanadi. U vena , arteriy va nervlardan tarkib topib, oralig'idagi bo'shliqlarni, bezsimon oq tusli sezgisiz et to'lg'azib turadi. Ko'krakning qondan hosil bo'ladigan nisbati jigarning kaymusdan hosil bo'ladigan nisbati kabidir. Chunki ularning har biri ham suyuqlikni tabiat, va rang jihatidan o'ziga moslaydi:

Jigar oq kaymusni qizil qonga aylantiradi, ko'krak bezlari esa qizil qonni sutga aylantiradi. Ko'krak hujayrasi bo'ylab tarqalgan vena, arteriya va nervlar mayda tolalarga shaxobchalanadi va ular o'ralib bachadon oralarida to'qilib turgan tomirlar orqali bo'ladigan hamkor tomirlar anatomiyasida o'rganiladi.

Sutni kamaytirish va uning ko'p oqishini to'xtatish

Sut haddan tashqari ko'paysa, ko'krakni og'ritadi, shishiradi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Goho homiladorlik bo'lmay turib unda sut yig'iladi. Ayniqsa, hayz qoni qamalib qolganda modda kamligi sababli bachadondan haydalib chiqishga kuch topolmay, qaytib ko'krakka borib, sutga aylanganda shunday bo'ladi. Bu o'rinda sut degani aslida sutsimon suyuqlik, y'ani sutga aylanmagan qondir.

Mavlono Jaloliddin Rumiy aytadilar:

Muhlat istar sutga aylanguncha qon...

Y'ani qonning haqiqiy sutga aylanishi uchun 9 oy vaqt kerak. Ba'zan erkaklar balog'atga yetib ko'kraklari kattalashganda, sutsimon suyuqlik yig'iladi.

Ayollar ko'kragida sutning kamayishiga asosiy sabab shishirib yoki kuchli tarqalib yo bo'lmasa kuchli qizdirib qurituvchi narsalardir; hamma sovituvchi narsalar balg'am mijozli ayollarda qonni kamaytiradi.

Sovitadigan dorilarga yasmiq, gul yog'i va sirka bilan qo'shilgan boqila uni kiradi. Issiqlik dorilar esa gazak o'ti, uning urug'i, ayniqsa, tog' gazak o'ti yoki tog' murchi va uning urug'i kabi narsalardan iborat.

  1. Tog' qora rayhoni, zira, ayniqsa, tog' zirasining 400 grammini 4 litr suvda 20 daqiqa past olovda qaynanib, 3 mahal och qoringa 50 grammdan ichilsa, ona sutini kamaytiradi.
  2. Ziraning 100 grammiga 300 gramm sirka qo'shib, 10 daqiqa past olovda qaynatib, 3 mahal (kokrakka) surtilsa, shunday ta'sir ko'rsatadi.
  3. Issiqlik surtma dorilaridan biri : uzum sirkasi qo'shilgan kavrak yelimining 50 grammiga 100 gramm sirka aralashtirib, 3 mahal ko'krakka surtilsa, yaxshi ta'sir qiladi
  4. Karam ildizini yanchib, 10 kun mobaynida 2 mahal ko'krakka qo'yib bog'lansa, foyda qiladi.
  5. Yasmiq uni, boqila uni, za'faron va tuzdan 3 grammdan olib sovuq suv aralashtirib, 10 kun 3 mahal surtilsa, sut quriydi.

Hoji Mengnazar Rustam o'g'lining « Dard borki, Darmon bor» 3- kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: