Falaj, shol kasalligini qanday davolash mumkin

Falaj va shol kasalini davolash yo'llari

Sharq tabiblari falaj, shol kasalliklarini havo va qaynagan iliq suv bilangina davolashini qanday tushinmoq kerak? Havoda azot, efir yog’i, nordon tuz bo’lib, ular inson badaniga hayotiy ozuqa ovqat bo’la oladi. Unga qo’shimcha holda qaynagan iliq suv badandagi jarayonlarning to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaydi. Bemorning badani ovqat o’rniga faqat toza havo va qaynagan suv oladi.

Endi vujuddagi million-million sonli hujayralar o’z hayotida issiqlik hosil qilish uchun hamma ichki va tashqi kasallangan a’zolarni yoqilg’iga aylantira boshlaydi. Shunda hamma kasallanga hujayralar, terilar, yaralar, shishlar, shilliqlar, laxtalangan qonlar qotib, qasmoqlangan ovqat qoldiqlari o’tinga aylanadi. Shunday qilmasa, kasal badandagi hayot to’xtab qoladi. Bu ishning natijasida inson badanidagi sog’lom qon tarkibi yuzaga keladi.

Sog’lom qon bemorning hayotini boshqarishga kirishadi. Davolanish jarayonida kishi badani bosh miya boshqaruvida, avalambor, qonni tozalashga kirishadi. So’ng bosh miya asab tolalari bilan birgalikda o’zlaridagi tozalangan qon yordamida badandagi kasal azolarni davolay boshlaydi. Bu jarayon bemor badanida o’ta murakkab shaklda, lekin ildamlik bilan kechadi. Bemor badanidagi toza qon, bamisoli ko’rinmas «do’xtir» sifatida davolashni amalga oshiradi. «Xo’jayinning» (dardmandning) azolaridagi hamma illatlar «tugunga» aylantirilib yonib bo’lgach, betob kishi sog’ayib, tuzalib ketadi.

Bu kasaldan davolanish jarayoni qanday kechadi

Kasalga ovqat bermay, uni faqat havo va qaynagan suv bilangina parvarish qilinsa, uch kungacha ovqat yegisi kelib turadi. So’ng ovqat yegisi ham kelmaydi, o’zini yaxshi his qila boshlaydi. Besh kun o’tgach, bemor umuman ovqat yeyishni xoxlamaydi. Sababi, badanda davolanish jarayoni boshlanadi. Endi ana shu davolanish jarayoni tugamagunicha kasal ovqat yeyishni xoxlamaydi.

Davolanish boshlanganligini uning tili ustida paydo bo’lgan qalin oq qatlam bildiradi. Bemor nafas chiqarganida og’zidan atseton hidi keladi. Bu o’pka va uning atrofi, oshqozon kabilarni davolash boshlanganidan dalolat beradi. Bemorning peshobi o’ta iflos tusha boshlaydi, orqa avratidan ham har galgidek «gaz» chiqishi davom etadi. Bu bemorlardagi kasallik illatlari «o’tinga» aylanib yoqilmoqda deganidir. Tomir urishi bir daqiqada 120 martagacha ko’tarilishi, yoki 40 tagacha pasayishi mumkin.

Davolanishning boshlang’ich davrida bemorning ko’ngli aynidi, ichi ketadi, isitmasi chiqadi, boshi aylanadi, ko’ngilsizlanadi, shamollash alomatlari paydo bo’ladi. Bu hol tabiiy, lekin xavfli emas.

Bemor ma’lum darajada vaznini yo’qotib boradi (kuniga 300-350 gramdan). Lekin uning ma’lum xavfli chegarasi bor -40%, biroq amalda bu muolajada ozish 20-23% gacha boradi xolos. Bu ishni tabib kuzatib boradi. 20-23% ga vazni kamayishi hayot uchun xavfli emas. Bemor badanini doimo issiq saqlashi kerak, shamollash xavfli. Bu jarayonlar har bir kasalda har xil kechadi. Ozish jarayonida mushaklar o’z hujayralarini yo’qotmaydi. Lekin hajmi vaqtincha kichrayadi. Yurak mushagi faqat 3% ga kichrayadi-bu xavfli emas. Yurak o’zini o’zi davolashga kirishadi va unda qon harakati bir muncha yaxshilanadi.

Oshqozon-ichak bezlari ovqat kirmaganidan keyin o’zidan shilliq chiqarmaydi. Natijada kasal hujayralar badandan chiqarilib, yangi, yosh hujayralar paydo bo’ladi.

Davolanish muddati 24 kun

  1. Uch kun hech narsa emay, ichmay, faqat har kuni kechga borib bir litr qatiq zardobini birdan ichi, ichni yuvish lozim.
  2. To’rtinchi kundan boshlab hech yemay, ichmay, toza havoda 4-5 soat yurib, chanqashdan qiynalsa, iliq suvdan oz-oz ho’plab ichishi mumkin.

Davolanishdan oldin nima ish qilib yurgan bo’lsa, kasal shu holda o’sha ishni davom ettirishi kerak. Faqat og’ir narsa ko’tarishi mumkin emas. O’g’iz bo’shlig’ida paydo bo’ladigan shilimshiqlarni tuflab turishi lozim.

Davolanish davrida hech qanday dori qabul qilish mumkin emas. Davolanish muddati har kimda har xil. Bu narsa kasalning eski- yangiligiga, mijoziga, kasalning quvvatiga bog’liq. Davolanish muddati 45 kungacha. Biroq bemor bu chegaraga bormay tuzalib ketadi. Eng yuqori chegara 90 kun. Muhimi, bemor har qanday sharoitda ham o’zini tuta bilishi, matonatli, chidamli, qanoatli bo’lishi lozim.

Kasaldan butunlay sog’ayib ketganlikni qanday bilish mumkin

1. Bemorning kasali tuzalib, darhol yo’q bo’lib ketganligini bildiruvchi bir qancha omillar bor. Avalambor, falaj bo’lgan kishi turib yura boshlaydi. Kasal tuzalganligining aniq ko’rsatgichlari quyidagilar:

  1. Bemorning tili ustidagi oq qatlam o’z-o’zidan yo’q bo’lib, qizil rangga kiradi.
  2. Peshob rangi tiniq tus oladi.
  3. Og’izdan atseton hidi chiqishi to’xtaydi.
  4. Tomir urishi bir maromga tushadi.
  5. Bemor o’zini yaxshi his qiladi va ovqat yegisi keladi. Uning og’zida shirin taam paydo bo’ladi.

2. Bemor tuzalgach, unga bir haftagacha meva yoki sabzavod sharbatiga suv qo’shib beriladi. Ko’pincha bo’lib-bo’lib, 100 gramm non (suvi qochgani) beriladi. Ikkinchi marta meva, sabzavodlarga suv qo’shmay berish, non hajmini kuniga 400 gramga chiqarish, 50 gramm oq qand, 60 gramm sariyog’, ikki piyola oq xo’rda beriladi. Uchinchi hafta non 300-400 gramm meva va sabzavod suvlari va mevalarning o’zini ham bersa bo’ladi. Suyuq pishirilgan ovqatlar, kuniga 100 gramm sariyog’, 100 gramm asal yeyishga ruxsat etiladi.

To’rtinchi haftadan boshlab «sobiq bemor» endi sog’ odamlardek ovqatlanishi mumkin bo’ladi. Faqat oshqozon hajmi kichrayganligi tufayli endi uncha ko’p ovqat yemasligi, uncha ko’p suyuqlik ichmasligi lozim. Endi shol, falaj yoki boshqa kasalga chalingan odam o’zini butunlay sog’ va yaxshi his qiladi. Ko’zi ilgarigidan yaxshiroq ko’radi, qulog’i yaxshiroq eshitadi, tovushi jarangdor bo’lib qoladi. Gavdasi ancha yengil, xipcha bo’lib qoladi. Endi u shoshilaydi, dorilarni istemol qilmay qo’yadi.

Hamma masala kasalning davolanishiga ishonch bilan jiddiy kirishishi, yaxshi tayyorgarlik ko’rishiga bog’liq. Bu ishda bemor chidamli bo’lishi shart.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: