Isiriqni tanimaydigan inson bo’lmasa kerak. Uning tibbiy xususiyatlarini biimaydiganlar bo’lishi mumkin. Bo’yi 30-40 sm bo’lib o’sadigan ko’p yillik o’simlikdir. Sharsimon mevasining ichida urug’lari ko’p bo’ladi. Issiqqa chidamli bo’lgani uchun qirlarda, cho’llarda o’sadi. U tibbiyotda keng miqyosda ishlatiladi. Uning tarkibida alkoloidlar, dakanol, garmin, garmanin va turli xil moylar, oshlochi moddalar mavjud.
Garmin asab tizimini tinchlantiradi. Bosh miya yallig’lanishi asoratlarida, qaltirashni davolashda uxlatuvchi dori modda sifatida ishlatiladi.
Isiriqning foydalari
- Isiriq poyasi kuydirib hidlansa, bosh og’rig’idan forig’ etadi.
- Urug’ining damlamasi zig’ir urug’i damlamasi bilan aralashtirilib ichilsa, nafas olish qiyinlashganda davo bo’ladi.
- Tinchlantiruvchi vosita sifatida ham ishlatish mumkin. Uyqusizlikdan qutqaradi.
- Isiriqning tanasidagi sutli shirasi paxtaga shimdirib 10 kun mobaynida qichima bo’lgan joyga surtilsa shifo bo’ladi.
- Urug’i sedana, kamfora, murch, qora zira, zafaron va petrushka urug’lari bilan teng miqdorda aralashtiriladi. Va asal yoki shakar qo’shib kuniga bir mahal ichiladi. Bu esa yurak faoliyatini yaxshilaydi.
- Ich dam bo’lganda isiriq urug’iga yalpiz yoki zanjabil aralashtirilib ichilsa, ich dam bolishidan xalos etadi.
- Quymich asablari kasalliklarida, tizza oyoqlar og’riganida Ibn Sino bobomiz, poyasini ezib bog’lashni tavsiya qilganlar.
- Poyasidan tayyorlangan qaynatma-bot, bezgak, tutqanoq va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Isiriq damlamasi qanday tayyorlanadi
- Idishga 250 gr suv, bir choy qoshiq maydalangan isiriq qo’shilib past olovda 5 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Qaynatib bo’lingach qopqog’i yopib 2 soatga tindiriladi. So’ngra dokadan suzib olinib, kuniga ovqatdan oldin 3-4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.
- Bir bog’ isiriq bir chelak suvda qaynatiladi va suzib vannaga solinadi. Ustiga issiq suv quyilib, sovigandan keyin vannada yotilsa bosh og’rig’idan xalos etadi.
Bundan tashqari isiriq dizenfeksiyalovchi vosita sifatida qo’llaniladi. Uy xonalariga tutatilsa mikrob va zaharli moddalarni o’ldiradi.