A’zoi badanning barcha a’zolaridagi kasalliklarni qanday davolash mumkin

A'zoi badan kasalliklarini davolash yo'llari

Burun ichining qurishini davolash yo’llari

Shamollash yoki issiq sovuqdan bosh og’rib, boshda sariq quyuq zardobga o’xshagan suyuqlik paydo bo’lganda, bu narsa safrodansafrodan yuz bergan bo’ladi. Alomati dimog’ning achishib turishi, uyquning kamligi, burun ichining suvga tashna bo’lgandek qurib qolishidir.

  1. Nazla gulini 11 kun 4-5 mahal oz- ozdan oilb, burunga tortib hidlansa, boshdagi lutufatlar ketib, darddan xalos etadi.
  2. 10 kun 4-5 mahaldan burnaki mevasini yorib, oz-ozdan burunga tortib hidlansa, kasallik tuzaladi.
  3. Semizo’t suviga teng achchiq bodom yog’ini qo’shib, peshona ustiga 6 kun 3 mahal surtilsa, burun ichining qurishi yuzaladi.

Parhezlari: tuzalguncha achchiq, sho’r, nordon va suyuq ovqatlar iste’mol qilinmaydi.

Quloq illatlarini ketkazish usullari

  1. Isiriq yog’ini 6 kun 3 mahaldan tomizilsa quloq og’rig’i daf bo’ladi.
  2. Quloq og’rig’iga 6 kun 3 mahaldan ayol suti tomizilsa, foyda beradi.
  3. Quloqda qurt bo’lsa, shaftoli barginig suvi 5 kun 3 mahal tomizilsa, qurtlar tushib ketadi.
  4. Yalpiz va shaftoli bargi suvini teng miqdorda qo’shib, 5 kun 3 mahal quloqqa tomizilsa, quloq qurtlari begumon tushadi.
  5. Aloe suviga mol yog’ini teng miqdorda qo’shib tomizilsa ham, qurtlar tushadi(muddat 1 hafta).
  6. Quloqqa 5 kun 3 mahaldan uzum sirkasi tomizilsa, ham qurtlar tushadi.
  7. Quloqqa suv kirsa, nay qamish olib, bir uchini quloqqa, ikkinchi uchini olovga yaqinlashtiring, suvlar chiqib ketadi.
  8. Quloq og’risa, kabobning pishgan vaqtda oqadigan suvidan 5 kun 3 mahal tomizilib, orqasidan ho’l paxta tiqib qo’yilsa, og’riq qoladi.
  9. Quloq o’g’riga zaytun yogi ham foyda qiladi.
  10. Quloq og’risa va yiringlasa, 10 kun 3 mahaldan achchiq bodom yog’i tomizilsa, tuzaladi.

Ilon zahrini tanadan qanday chiqarish mumkin

llon terisi, yog’i, tishi har xil kasalliklarga davoligini ko’pchilik biladi. Lekin ilon chaqsa, oqibati o’limga olib birishi mumkin.

  1. Ilon kishini chaqsa, tezgina chaqqan joyga sarimsoqni ishqalab, ezib bog’lab qo’yilsa, foyda qiladi.
  2. Kimniki ilon chaqsa, tezgina sigir sutidan 3-4 marta 300 grammdan ichsa, tuzaladi. Badandagi zaharning kuchi ketadi.
  3. Bir dirham tuyilgan qalampirni yog’ga aralashtirib, ilon chaqqan kishi yoki hayvon og’ziga quyilsa, zahri badandan ketib, begumon tuzaladi.
  4. Ilon chaqqan odam yoki hayvonga tezda tovuq o’tini olib, burniga surkalsa, ilonning ham chayonning ham zahri ta’sir qilmaydi.

Bosh kepagidan qanday qutulish mumkin

Ko’p kishilar, ancha yillab bosh kepagidan shikoyat qilishadi-yu, davolanmay yuradilar. Holbuki, uning davosi juda oson.

No’xat talqoning 100 grammiga 50 gramm uzum sirkasini aralashtirib, 1kun qoldirib, keyin 50 gramm asal bilan aralashtirib, boshga surtilsa va bir soatdan keyin bosh yuvilsa, boshdagi kepaklar ketadi. Chala qolsa, takror-takror qilish kerak, butunlay ketadi.

Bel og’rig’ini davolash yo’li

  1. 5 kun 3 mahal och holda 11 donadan yong’oq mag’zi yeyilsa, bel og’rig’i kasalligi daf bo’ladi.
  2. Yong’oq , o’rdak, tovuq yoglarini teng qo’shib, past olov ustida aralashtiriladi, so’ng shishaga solib
  3. qo’yiladi. Bel og’rigan vaqtda belni olovga tutib, aralashma surtiladi, qisqa vaqtda og’riq tuzaladi.
  4. Katta xo’rozni chaqqonlik bilan so’yib, belning og’rigan joyiga shilimshiq ichki tomonini yopishtirib, belni bog’lab, ustini og’ir ko’rpalar bilan yopib yotilsa, bel og’rig’i tuzaladi(3 marta takrorlash kerak),
  5. Zirk yog’ochining qaynatmasi yoki zirk qiyomini 8 kun 3 mahal 2 bug’doy kattaligida 2 osh qoshiq sutga 4 soat ivitib, aralashtirilib ichilsa, bel tuzaladi.
  6. Belda tuz bo’lsa, 8 kun 2 mahal karam bargini qiymalagichdan o’tkazib, tuz bor joyga ko’proq qo’yib bog’lab yotilsa, tezda foyda qiladi.

Parhezlari: Tamoman tuzalgunga qadar ho’l mevalar, sovuq, achchiq va sho’r narsalar yeyilmaydi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: