Shamollashdan kelib chiqadigan xastaliklar asosan havoning sovishi va sovuq tushishiga bog’liq.
Yuqori nafas yo’llarida burun, tomoq, yutqin, xalqum, traxeya va bronxlarshilliq qavatining yallig’lanishi kuzaatiladi. Bular tumov, laringit, faringit, traxeit va bronxitlar deb yuritiladi. Bunda shilliq pardalarning qon tomirlari torayadi. Bemorda tez-tez aksirish, burundan suv oqishi, ovozning bo’g’ilishi, yo’tal kabi holatlar vujudga keladi.
Ko’pchilik bemorlar o’z kasalligiga ahamiyat bermasdan oyoqda o’tkazishadi. Lekin shuni aytib o’tish kerakki, ushbu shamollash holatlari har xil asoratlarga olib kelishi mumkin. Bularning sodir bo’lishi asosan og’iz va burun bo’shlig’idagi mikroorganizmlarning ko’payishiga bog’liqdir. Ushbu asoratlar yosh bolalarda, chaqaloqlarda ko’proq uchraydi.
Yuqori nafas yo’llarining shamollashi o’zining ko’rinishi, davom etishi va belgilariga ko’ra gripp kasalligini eslatadi. Chunki bu kasallikni viruslarning har xil turi paydo qiladi. Shuning uchun ham u yuqumli kasallik hisoblanib, kuz va qish faslida tarqaladi. Grupp viruslari uchun past harorat yaxshi sharoit hisoblanadi.
Gripp ancha xavfli kasallik hisoblanadi. Chunki u belanishi, davom etishi va asoratlari bilan farq qiladi.
Gripp asoratlari
Gripp beradigan asoratar xilma-xil va og’ir o’tadi. Bular o’pkaning shamollashi, quloq va ko’zning yiringli yalig’lanishi, buyrak, yurak va boshqa a’zolar izdan chiqishi mumkin. Ushbu asoratlarga davo qilish ancha murakkab va uzoq vaqtni talab qiladi. Shu sababli bemor kasalxonaga yotqizilib, davo qilinadi. Shamolash kasalliklariga davo qilishda bir qancha shifobaxsh o’simliklardan foydalaniladi. Ularning umumiy soni 50 dan ortiq. Ba’zilari balg’am ko’chiuvchi, yo’talni qoldiruvchi va ko’krakni yumshatuvchi xususiyatga ega bo’lsa, boshqalari bakteriyalarga qarshi, burushtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli ular og’iz- tomoqni chayish uchun yoki terlatuvchi shifobaxsh vosita sifatida qo’llaniladi.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor» kitobidan.