Mchost: saytingizni internetda joylashtirish uchun, uch oylik sinov muddatli eng yaxshi bepul xosting

Bepul xost (host) tanlash

Xayrli kun, aziz do'stlar! Har bir muvaffaqiyatli internet-loyiha, ishonchli hostingga asoslanadi — bu barqarorlik, faol o'sish va rivojlanish kafolati demakdir. Bugungi maqolada o’zim foydalanayotgan xosting, ya’ni, saytlarimning internetda joylashgan server haqida yozmoqchiman.

Ma'lumotni saqlash xavfsizligi va saytning uzluksiz ishlashi xosting sifatiga bog'liq. 2004 yildan buyon jismoniy shaxslar, biznes vakillari va davlat idoralari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelayotgan Makxost kompaniyasi, xosting xizmatlarini taqdim etish borasida bozorining etakchilaridan biri hisoblanib kelayapdi.

Nima uchun aynan Mchost.ru, o’zimizning O’zbekiston serverlari emas? Chunki, bu xost “bepul”… Boshqa kamchilik va ustunliklarini maqola davomida bilib olasiz, maqolani o’qishda davom eting…

 

Sayt tuzish uchun qo’llanmalar

Nima uchun MacHost-ni tanlashingiz kerak?

Eng yaxshi xosting

  1. Barqaror ish — mchostda eng muhim narsa!

Men qimmat va arzon bo'lgan juda ko'p, turli xil hosting-provayderlarni sinab ko'rdim va mchost.ru eng yaxshi variant degan xulosaga keldim! Ba'zi xosting kompaniyalar uzluksiz ishlamaydi! Birdaniga sizning saytingiz ba'zida 2-3 soat davomida yuklanmay qolishi ham mumkin! Siz qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozsangiz, ular "Bizda profilaktik ishlari bo’lyapdi, yoki, boshqa bir baxonalarni aytib qulog’ingizga ”lag’mon” osib qo’yishadi.

Bitta xostda (kimligini aytmayman), saytimni umuman yo'q qilishdi. Nima emish, bexostdan shunday bo’libdi emish. Menga yozishyapdi, “Bizni kechirasiz, ataylab qilmadik” va hk. Zo’r-a?

  1. Mchostda malakali yordam xizmati mavjud, juda tez ishlashadi.

Oflaynda emas, onlaynda ishlashadi. Agar sizda qandaydir muammo bo’lib qolsa, ularga yozasiz va darhol javob berishadi. Bu ayniqsa, endi boshlayotganlar uchun juda muhim! Esimda, men ham endi boshlagan paytlarim ko’p narsalarni tushunmasdim, muammolar ko’p bo’lardi va men yordam xizmatiga yozardim. Ular meni “otangga bor, onangga bor” qilmasdan “Minutku pojaluysta”, “Tayyor, sizning muammoingiz yechildi, iltimos tekshirib ko’ring” deyishardi. Zo’r-a!

  1. Bunday yuqori darajadagi xosting va xizmatlarning arzon narxlari.

Ko'p miqdordagi disk maydoni, MySQL ma'lumotlar bazalari va boshqalar. Ba'zilar, «Hech qanday arzon emas, men bundan ancha arzonlarini bilaman» deyishi mumkin. Hech qanday e’tirozim yo’q, bemalol foydalanishingiz mumkin, lekin, saytingizda qandaydir muammo bo’lib qolsa, va siz xizmat ko’rsatish bo’limiga yozsangiz, “Shu bergan pulinga yana nima xohlaysan?” deyishsa hayron bo’lmang (((.

eng arzon xosting

  1. Kodlash bilan bog'liq muammolar mavjud emas. 

Shunday holatlar bo’ladiki, siz qandaydir cms-da sayt qilasiz, yoki, qandaydir script o’rnatasiz va uni xostingga yuklaysiz, va saytni brauzerda ochsangiz, qandaydir notanish harflar, iyrogliflar va shu bilan sizda, bosh o’griqlar boshlanadi.

Men ayniqsa shuni ta'kidlamoqchiman: agar siz cms Joomla-da sayt yaratayotgan bo'lsangiz, unda, Mchost uni joylashtirishning eng yaxshi varianti. Ko'pgina hosting saytlarida Joomla-ning ko'plab komponentlari ishlamaydi va agar ular ishlayotgan bo'lsa, unda kodlash bilan bog'liq muammolar bo’lishi mumkin. Bu mening shaxsiy tajribam, shuning uchun buni yodda saqlang.

  1. Kompyuter va xosting o'rtasida ajoyib ulanish tezligi!

Bu eng muhim jihatlardan biri. Mchostning shu jihati menga juda yoqadi. Fayllar har qanday holatda ham juda tez yuklanadi. Xohlang ftp orqali, xohlang boshqaruv paneli orqali! Ba'zi xosting saytlarida esa bu muammo.

Men manashu 5 ta asosiy eng muhim bo’lgan jihatlarini keltirdim, albatta yana ko’plab foydali taraflarini aytish mumkin, lekin, shu yerda to’xtalaman. Va shuni qo’shimcha qilishim mumkin, Mchostning boshqaruv paneli juda oddiy va tushunarli, har qanday odam uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Va eng asosiy afzalligi bu, Mchostning partnyorskaya programmasi.

Mchost.ru-ning hamkorlik dasturi (Partnyorskaya programma) 

xosting hamkorlik (sheriklik, partnyorkaб партнерка) dasturi

Mana nima uchun men O’zbekiston hosting serverlari to’g’risida yozmadim, chunki, ularning hech birida men, hamkorlik dasturini uchratmadim. Agar siz bilsangiz izohlarda albatta biz bilan o’rtoqlashing.

Endi, yuqorida aytgan bu servisning bepulligini isbotlab beraman. Men bu host xizmatidan 6 yildan beri foydalanaman, shundan 4 yildan ortiq vaqtdan beri mutloqo bepul foydalanaman.

Bu hostda mening 5 ta saytim joylashgan. Har birida shu xostning hamkorlik dasturidan foydalanaman. Hozirda 20 ga yaqin doimiy ishlaydigan referallarim bor va ular yana ko’payishyapdi. Har birining host uchun to’lagan pulidan 20% mening hisobimga har oy o’tib turadi. Va men o’zimning hostim uchun to’layman, qolganini esa yechib olaman. Shunday qilib men, host xizmatidan mutloqo bepul foydalanaman.

40% — siz orqali kelgan mijozning birinchi to’lagan pulidan sizga, bir marta to’lashadi

20% — har oy to’lagan pulidan sizga, har oy to’lashadi. 

Bu juda zo’r, to’g’rimi? Men runetda shunday bollarni bilaman, hech ish qilmasdan, shunchaki, o’zlarining saytlari orqali tavsiya qilishadi, boshqalar bu xostdan foydalanishadi va har oy pul to’lashadi, tavsiya qilgan esa, oyiga 20 – 30 ming rubl pul ishlaydi. Mana sizga doimiy daromad.

Albatta siz ham McHost.ru-da ro’yxatdan o’tib, partnyorkasidan foydalaning va daromad qiling.

DIQQAT! Agar siz, bu xost xizmatidan 3 oy BEPUL FOYDALANAMAN desangiz, unda manabu kuponni —  2561239090, ro’yxatdan o’tish paytida so’ralgan joyga kiriting.

Men shu bilan so’zimni tugataman, barchaga omad tilab xayrlashaman, xayr!

Hurmat bilan Umidjon  

Maqolaga baho bering!
( 1 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov / автор статьи
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: