Elektron hamyon nima: Webmoney qanday ochiladi va ishlatiladi, O’zbekistondagi faoliyati

Webmoney ochish

Assalomu Aleykum, azizlar! Bugun siz bilan ko’p vaqtdan beri yozmochi bolgan maqolam bilan bo’lishaman. Oldingi maqolalarimda turli xil internet kasblar va internet xizmatlari haqida gaplashdik. Endi esa, ana shu xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishda sizga qo’l keladigan elektron hamyonlar haqida gaplashamiz.

Elektron hamyon internetda turli xil moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Ular naqd pulsiz hisob-kitob qilish, turli tovarlar sotib olish, xizmatlar va pul o’tkazmalari uchun to’lovlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Internetda ishlashni endi boshlayotganlar uchun qo’llanmalar

Elektron hamyon nima?

Elektron hamyon degani nima o'zi

Sodda qilib aytganda, elektron hamyon – bu elektron pul saqlanadigan joy. Elektron pul birligining biz biladigan puldan farqi shundaki, u qog’oz pul emas va u elektron hamyonda saqlanadi.

Elektron hamyonlar internetda joylashgan ma’lum bir moliya instituti tomonidan boshqariladi. Albatta, barcha bunday tashkilotlar litsenziyalangan va korxonalar sifatida ro’yxatga olingan bo’ladi, shuning uchun ular ishonchlilik nuqtai nazaridan an’anaviy banklarga tenglashtiriladi, ba’zilari esa ulardan ancha ustun turadi.

Freelancerlar orasida elektron pullar ayniqsa mashhur – chunki, maoshni olish yoki, to’lovni darhol amalga oshirishda ortiqcha soliq va komissiyalar olinmaydi.

Elektron hamyon tanlash uchun bir nechta maslahatlar

Elektron hamyonni qanday tanlash kerak

Elektron hamyonni tanlashga ko’p vaqt ajratilishi kerak. Faqat shunday sharoitda siz virtual puldan foydalanish jarayonini sodda va qulay qiladigan, haqiqiy daromad keltiradigan moliyaviy mahsulotni olishingiz mumkin.

  • Avvalo, qaysi shartlar siz uchun muhim va qaysi shartlar e’tiborsiz qoldirilishi mumkinligini aniqlab olishingiz kerak.
  • Agar siz Amerika yoki Evropa internet-do’konlarida tovar sotib olishni xohlasangiz, faqat so’mda hisob raqamlarni ochadigan elektron to’lov tizimlari sizga mos kelmaydi.
  • Bankomatlarda valyutani almashtirish yoki naqd pulni olish uchun, to’lov tizimining komissiyasini taqqoslashni maslahat beramiz. Bundan tashqari, oddiy bankomat yoki, to’lov terminallari orqali hisobingizni to’ldirish mumkin yoki yo’qligini aniqlash lozim. Ba’zi to’lov tizimlari pullarni faqat telefon orqali qabul qiladilar.
  • Shuningdek, siz elektron hamyondan naqd pul olmoqchimisiz yoki faqat internetda to’lovlarni amalga oshirasizmi? degan savolga javob berishingiz kerak. Agar sizga naqd pul kerak bo’lsa, o’z kartalarini chiqaradigan yoki bankingiz bilan hamkorlik qiladigan elektron hamyonni tanlang. Aks holda, naqd pul olish qiyin bo’lishi mumkin, chunki valyuta ayirboshlash shahobchalarida naqd pul olish uchun juda yuqori komissiyalar belgilangan.
  • Internetda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish choralariga rioya qiling. Masalan, elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazish uchun ko’p odamlarga ma’lum bo’lgan telefon raqamidan foydalanmang. Elektron hamyonni ochishning soddaligi teskari tomonga ega ekanligini unutmang – agar siz hisob qaydnomasini ro’yxatdan o’tkazishda foydalangan barcha ma’lumotlarni yo’qotib qo’ysangiz, uni tiklash qiyin bo’lishi mumkin.

Webmoney.uz O’zbekistonda rasmiy faoliyatini boshladi

Webmoneyning o'zbekistondagi faoliyati

WebMoney Transfer-1998 yilda tashkil etilgan xalqaro hisob-kitob tizimi bo’lib, tarmoqda biznes yuritish uchun qulay muhit yaratadi. Xozirgi paytda tizimga 39 milliondan ortiq kishi a’zo bo’lgan.

WebMoney Transfer Xalqaro hisob-kitoblar tizimi 2019- yilning yozidan boshlab  O’zbekiston bozoriga kirganini e’lon qildi va o’zbek so’mida WMY-hamyonini taqdim etdi.

WMY nom belgilaridan foydalanib siz mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar, onlayn o’yinlar va boshqa xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

WMY-hamyonni UzCARD bank kartalari, OSON to’lov tizimi va PAYNET.UZ mobil ilovasi, shuningdek, naqd pul bilan PAYNET va bankomatlarni, qabul qilish punktlari orqali to’ldirish mumkin.

Hamyondan mablag’ni UZCARD kartalariga yoki bank hisobiga chiqarish mumkin. O’zbekiston bo’ylab, Webmoney hamyonni to’ldirish yoki, yechib olish punktlari manzili va web saytlarini manabu yerda ko’rishingiz mumkin.

Bundan tashqari, WMYni tizimdagi har qanday boshqa valyuta nomlariga almashtira olasiz. Va butun dunyo bo’ylab 100 mingdan ortiq onlayn-do’konlarda to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Mahsulotlarni eksport qilishdan manfaatdor bo’lgan o’zbek tadbirkorlariga WebMoney tizimi xorijiy mijozlardan dollar, yevro, rubl va boshqa valyutalarda to’lovlarni qabul qilish imkonini beradi.

O’zbekistonda WebMoney tizimining garanti maqomini, OSON to’lov tizimini ishlab chiquvchisi sifatida tanilgan “Brio Group” MCHJ kompaniyasi oldi.

Webmoney elektron hamyoni qanday ochiladi?

WebMoney elektron hamyonini ochish, uning rasmiy web sayti, yoki, mobil telefonlar uchun, WebMoney Keeper ilovasi orqali amalga oshiriladi. Keling, hozir men sizga birinchi navbatda, uning rasmiy web sayti orqali ochish va “formalniy attestat”ini olishni, rasmlar ketma-ketligida ko’rsatib o’taman va keyin, WebMoney Keeper ilovasi orqali telefoningizda qanday ochishni ko’rsataman.

Demak boshladik, choyni damlab, qulayroq o’tirib oling… Rasmlarda ko’rsatilgan raqamlar ketma-ketligidagi vazifalarni men bilan birgalikda bajarib boring!

WebMoney rasmiy web saytida ro’yxatdan o’tish va “Formalniy attestat” maqomini olish

Buning uchun manabu rasmiy saytiga kiring va quyidagi rasmda ko’rsatilgan raqamlar ketma-ketligidagi vazifalarni bajaring:

DIQQAT ESLATMA: Barcha haqiqiy malumotlaringizni kiriting. Aks holda turli qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. Parol, login va boshqa ma’lumotlaringizni yo’qolmaydigan bir joyga yozib boring!

Ro'yxatdan o'tishni boshlash
  1. Agar sizga rus tilida tushunish qiyinchilik tug’dirsa, “1” raqami bilan ko’rsatilgan joydan sahifa tilini o’zgartirishingiz mumkin.
  2. Ro’yxatdan o’tish tugmasiga bosing
  3. O’z mamlakatingizni tanlang
  4. Telefon raqamingizni kiriting
  5. Suratdagi belgilarni quyidagi katakchaga kiriting
  6. “Davom etish” tugmasini bosing.

Va sizning telefoningizga tasdiqlash kodi yuboriladi, siz u kodni quyidagi rasmda ko’rsatilgan katakchaga kiriting va “Davom ettirish” tugmasiga bosing:

Kodni kiritish

Sizga quyidagi oyna ochiladi:

Yangi parol kiritish
  1. Ishinchli parol o’ylab toping va “1” raqami bilan ko’rsatilgan katakga kiriting
  2. Birinchi katakga kiritgan parolingizni, ikkinchi katakga qayta kiriting
  3. Katakchani belgilang
  4. Katakchani belgilang
  5. “Davom ettirish” tugmasiga bosing.

Va shu bilan ro’yxatdan o’tish jarayoni tugadi hisob, lekin, siz hamyoningizdan foydalanishingiz uchun, shaxsiy kabinetingizga kirib, o’zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishingiz, o’zingizga kerak bo’lgan valyutadagi hamyonlarni ochib olishingiz kerak bo’ladi.

Agar siz shaxsiy kabinetga qanday kirishni bilmasangiz quyidagi tugmaga bosing:

Shaxsiy kabinetga kirish uchun qo’llanma

Qo'llanmani ochish uchun bu yerga bosing

Shaxsiy kabinetga kirish uchun, bu yerdan WebMoney web saytiga kiring, va quyidagi rasmlarda ko’rsatilgan raqamlar ketma-ketligidagi vazifalarni bajaring:Akkauntga kirish

Parolni kiritish

  1. Yuqoridagi rasmda “1” raqami bilan ko’rsatilgan “логин” katakchasiga WMIDingizning nomeri yoki, ro’yxatdan o’tgan telefon raqamingizni kiritishingiz mumkin
  2. Parolingizni kiriting
  3. Sonlarni kiriting
  4. “Войти”, ”Kirish” tugmasiga bosing.

Kodni so'rash

Yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan “Запросить код” tugmasiga bossangiz, telefoningizga bir martalik kod yuboriladi va siz uni keyingi oynada ko’rsatilgan joyga kiritasiz va “Войти” tugmasiga bosasiz:

Kodni kiritish

Mana endi siz WebMoney rasmiy saytidagi shaxsiy kabinetingizga kirdingiz:

Hamyonlarga o'tish

  • Yuqoridagi rasmda “1” va “2” raqamlari bilan ko’rsatilgan raqamlar, sizning WMID raqamlaringiz (“логин”)
  • “1” va “2” raqamlari bilan ko’rsatilgan raqamlarning ustiga bossangiz, har qaysisi alohida vazifalarni bajarish sahifasini ochadi.
  • Bu yerda siz, barcha amallarni bajarishingiz mumkin. Lekin, birinchi navbatda shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishingiz kerak bo’ladi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritish uchun, quyidagi rasmda “2” raqami bilan ko’rsatilgan raqamlar ustiga bosing va qayta “avtorizatsiya” qiling (shaxsiy kabinetga kiring):

Yana hamyonga o'tish

Quyidagi rasmdagi amallarni raqamlar ketma-ketligida bajaring:

Hamyon ochish

Quyidagi amallarni ham, ketma-ketlikda bajaring:

Rozilik bildirish

Va sizga quyidagi oyna ochiladi, u yerdan ko’k ssilka ustiga bosing:

Havoladan o'tish

Quyidagi rasmda strelka bilan ko’rsatilgan joyga bosing:

Attestat tanlash

“Продолжить” tugmasiga bosing:

Продолжить tugmasini bosish

Quyidagi barcha kataklarni, o’zingiz haqingizdagi haqiqiy ma’lumotlar bilan to’ldiring va “Продолжить ввод данных” tugmasiga bosing:

shaxsiy malumotlarni kiritish

Pasportingizning amal qilish muddatini, quyidagi rasmda ko’rsatilgan katakchaga kiriting va yana “Продолжить ввод данных” tugmasiga bosing:

Amal qilish muddatini kiritish

Bu yerda siz, pasportingizning asosiy betini, yani, suratingiz va malumotlaringiz bo’lgan betini rasnga tushirib yuklashingiz kerak bo’ladi. Surat rangli tasvirda bo’lishi kerak. Rasmga sifrovoy fotoapparat yoki, telefoningizda tushirishingiz ham mumkin. Rasmniyuklash uchun, “Загрузить скан паспорта” tugmasiga bosing (quyidagi rasm):

Malumot bilan tanishish

Rasmni tanlang (quyidagi rasm):

Rasm tanlash

Quyidagi rasmdagi “1” va “2” raqamlari bilan ko’rsatilgan amallarni bajarib, ishni yakunlang:

Nimaligini tanlash
Hujjatlar ro'yxatiga o'tish
Xabarni ko'rish

1-2 ish kunida, hujjatlaringiz tekshiruvdan o’tadi va pochtangiz orqali sizga xabar beriladi. Ha aytgancha, pochtangizni manabu yerda qo’shib qo’ying! Pochta qanday ochilishini bilmasangiz manabu maqoladan o’qib, o’zingizga pocha ochib oling. Ishonavering, pochta sizga har doim kerak bo’ladi.

Endi, bir ikki kundan keyin, (hujjatlaringiz tasdiqdan o’tgandan keyin) o’zingizga kerakli hamyonni ochib, foydalanishingiz mumkin bo’ladi. Buning uchun siz, shaxsiy kabinetingizga kirasiz va quyidagi rasmda “2” raqami bilan ko’rsatilgan joyga bosasiz:

Yana uamyonga kirish

Sizga quyidagi oyna ochiladi. Shu yerdan o’zingizga kerak bo’lgan hamyonni ochib olasiz, hamyon ochish juda oson, o’ylaymanki o’zingiz uddalaysiz. Raqamlar ketma-ketligida kirib borasiz. Shu tariqa bir necha turdagi valyutalar hamyonini ochishingiz mumkin:

Hamyon ochishga o'tish

Shu bilan rasmiy web sayti orqali WebMoney elektron hamyonini ochish va “Formalniy attestat” maqomini olish ishlarimiz tugadi. Keying maqolalarimizda, Начальный аттестат hamda Персональный аттестатlarni qanday olish kerak va ularning qanday imtiyoz va foydalari borligi haqida gaplashamiz.

Bu yamyonning, ishbilarmonlar, savdo bilan shug’ullanadiganlar va biznesmenlar uchun, imtiyozlari va foydasi, quyidagi suratda yaqqol ko’rinib turibdi:

Attestatlarni taqqoslash

WebMoney electron hamyonini, telefonlar uchun, WebMoney Keeper ilovasi orqali ochish

Hamyonni ochish uchun,  Android, yoki, IOS tizimli telefoningizga, Webmoniy Keeper ilovasini, “Googly Play”, yoki, “App Store”idan foydalanib,  yuklab olasiz va ro’yxatdan o’tasiz.

Bu yerda hamyon ochish uchun sizga faqatgina telefon raqamingiz kerak bo’ladi. Unga kelgan kodni kiritib xohlagan hamyoningizni ochishingiz mumkin.

Ilovani yuklab olganingizdan keyin, telefon menyusida, Keeper rasmi ustga bosasiz va quyidagi rasmda ko’rsatilgan amallarni bajarasiz:

Mamlakatni tanlash va tel raqamni kiritish

Sizga quyidagi oyna ochiladi, bu yerda, telefoningizga kelgan kodni kiritasiz va “Далее” tugmasini bosasiz:

Kod aktivatsiyani kiritish

Sizga yana keyingi oyna ochiladi va unda ko’rsatilgan raqamlarni, quyidagi katakchaga kiritasiz va “Далее” tugmasini bosasiz:

sonlarni kiritish

Tamom. Shuning bilan siz, tizimda ro’yxatdan o’tdingiz hisob. “Настройка”bo’limiga kirib, to’rtta sondan iborat bo’lgan parol o’ylab topib, yozib, saqlab qo’ying. Va har safar ilovani ochganingizda, shu to’rttalik parolni kiritishingiz kerak.

DIQQAT: Parolni unutib qo’ymaslik uchun, alohida bir joyga saqlab qo’ing. Albatta, begonalar ko’zi tushmaydigan joyga!

Elektron hamyonlarning afzalliklari

Elektron pullar boshqa bank mahsulotlaridan ajratib turadigan ko’plab afzalliklarga ega:

  1. Elektron hamyon yaratish uchun , kompaniya ofisiga borib navbatda turishingiz shart emas , chunki, odatda bunday kompaniyalar, hamyon ochish va boshqa masalalarni hal qilishni, internet orqali, masofadan turib amalga oshirishni yo’lga qo’ygan bo’ladi.
  2. Elektron hamyonlar odatda ma’lum bir mamlakatga bog’liq bo’lmaydi va dunyoning istalgan nuqtasida turib boshqarish mumkin.
  3. E-hamyonni ochish va texnik xizmat ko’rsatish mutlaqo bepul. Istisno faqat, karta chiqarish, bo’lishi mumkin. Elektron to’lov tizimlari ham, banklarga o’xshab – bankomatlardan naqd pul olish imkonini beruvchi kartalar bilan o’z mijozlarini taminlaydi.
  4. Foydalanish uchun haq olinmaydi. Elektron hamyoningizni ochib bo’lgach, siz bu haqda unutishingiz va faqat, kerak bo’lganda eslashingiz mumkin. Banklarda esa, hisob raqamni yopishni unutib, qarzga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ko’plab muammolarga duch kelishingiz mumkin.
  5. Elektron pullar orqali har qanday tovarlar va xizmatlar, shu jumladan ma’lum bir bankdan to’lash mumkin bo’lmagan narsalar uchun to’lovni amalga oshirishingiz mumkin. O’zbekistonning banklari G’arbiy bozorlarda ishlashga yaxshi moslanmagan, aksariyat hollarda elektron hamyonlar dunyoning istalgan nuqtasida mukammal ishlaydi.
  6. Valyuta almashtirish – banklarga qaraganda ancha arzon.
  7. Elektron hamyonga pul tashlash tez va oson amalga oshiriladi, bank kartasiga pul solish esa ko’p vaqt talab qilishi mumkin. Bank operatsiyalariga xos bo’lgan buyrokratik jarayonlar bu yerda yo’q. Ish kunlari, dam olish yoki, ta’til kunlari ham foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Webmoney attestat nima uchun kerak

Elektron hamyon ochganingizdan so’ng, siz  dastlab taxallus (псевдоним ) attestatiga ega bo’lasiz. Bu webmoney tizimidagi eng past darajali attestatdir. Va bu, barcha imkoniyatlardan foydalana olmasligingizni anglatadi. Shuning uchun kamida “rasmiy” attestat olish kerak:

Attestatni ko'rish

Rasmiy attestat nafaqat pul sarflash va pul o’tkazish, balki WebMoney Transfer tizimining barcha xizmatlaridan foydalangan holda onlayn rejimda ishlashni istagan biznes va ilg’or xususiy foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi.

Shaxsiy attestat tizimning boshqa ishtirokchilari tomonidan yuqori darajadagi ishonchni ta’minlaydi, chunki, pasport ma’lumotlaringiz asl nusxalarini (yoki notarial tasdiqlangan nusxalar) taqdim etgan holda tekshiriladi.

Shaxsiy attestat quyidagilarni bajarishga imkon beradi:

  • Hamyonlarni to’ldirish, boshlang’ich va rasmiy attestatlar egalari uchun cheklovli tizimdan pul olish;
  • Kredit birjasi faoliyatida ishtirok etish;
  • Merchant WebMoney Transfer xizmati interfeyslaridan foydalanib, xaridorlarning mablag’larini qabul qilishni avtomatlashtirish;
  • Escrow xizmatidan foydalanish – WebMoney Transfer tizimi ishtirokchilari o’rtasida xavfsiz tranzaktsiyalarni ta’minlash xizmati;
  • Tizimning turli saytlarida yangiliklarni joylashtirish;
  • Katalogning har qanday bo’limlarida internet resurslarini ro’yxatdan o’tkazish va boshqalar.

Rasmiy attestatlarni qanday olishni keying maqolalarimizdan bilib olishingiz mumkin.

Xulosa

Elektron hamyonlar tizimi doimiy rivojlanmoqda. Inson hayotining barcha sohalari elektron to’lov tizimlariga jalb qilinyapdi. Virtual pul bilan to’lanadigan xizmatlar va tovarlar ro’yxati har kuni to’ldirilib borayapti. Ko’pgina to’lov tizimlarining rasmiy saytlarida siz ularning ro’yxatini ko’rishingiz mumkin.

Mana endi siz, bemalol o’z elektron hamyoningizni ochib, uning imkoniyatlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin. Maqolam sizga yoqdi degan umiddaman. Hamyon ochishda duch kelgan qiyinchiliklaringiz bo’lsa, bemalol murojaat qiling, albatta, qo’limdan kelganicha yordamlashaman.

Fikr- mulohazalaringiz va elektron hamyonlar bilan ishlash tajribangiz bilan izohlarda bo’lishing. Birga muhokama qilamiz. Keyingi maqolalarda uchrashguncha hayr! E’tiborlaringiz uchun, katta raxmat.

Текст на русском

Что такое электронный кошелек: как открыть и использовать Webmoney, его деятельность в Узбекистане

Привет, дорогие! Сегодня я поделюсь с вами статьей, которую пишу давно. В моих предыдущих статьях мы говорили о различных интернет-карьерах и интернет-сервисах. Теперь поговорим об электронных кошельках, которые вы можете использовать для оплаты этих услуг.

Электронный кошелек позволяет совершать различные финансовые операции в Интернете. С их помощью осуществляются расчеты по безналичному расчету, покупка различных товаров, услуг и денежные переводы.

Гайды для тех, кто только начинает работать в интернете

Что такое электронный кошелек?

Проще говоря, электронный кошелек — это место, где хранятся электронные деньги. Разница между электронной валютой и деньгами в том виде, в каком мы их знаем, заключается в том, что это не бумажные деньги, и они хранятся в электронном кошельке.

Электронные кошельки управляются конкретным финансовым учреждением, расположенным в Интернете. Разумеется, все такие организации лицензированы и зарегистрированы как предприятия, поэтому по надежности не уступают традиционным банкам, а некоторые даже превосходят их.

Электронные деньги особенно популярны среди фрилансеров — ведь отсутствуют дополнительные налоги и комиссии при получении зарплаты или внесении выплаты сразу.

Несколько советов по выбору электронного кошелька

Много времени стоит потратить на выбор электронного кошелька. Только в таких условиях можно получить финансовый продукт, делающий процесс использования виртуальных денег простым и удобным, и приносящий реальный доход.

В первую очередь нужно определить, какие условия для вас важны, а какие условия можно игнорировать.
Если вы хотите покупать товары в американских или европейских интернет-магазинах, электронные платежные системы, открывающие счета только в сумах, вам не подходят.
Для обмена валюты или снятия наличных в банкоматах советуем сравнить комиссию платежной системы. Кроме того, необходимо определить, возможно ли пополнение счета через обычный банкомат или платежные терминалы. Некоторые платежные системы принимают платежи только по телефону.
Кроме того, вы хотите снимать наличные с электронного кошелька или только совершать платежи онлайн? вы должны ответить на вопрос. Если вам нужны наличные, выбирайте электронный кошелек, который выпускает собственные карты или сотрудничает с вашим банком. В противном случае могут возникнуть сложности со снятием наличных, так как комиссии за снятие наличных в обменных пунктах очень высокие.
Следуйте инструкциям по защите личной информации в Интернете. Например, не используйте известный многим номер телефона для регистрации электронного кошелька. Помните, что у простоты открытия электронного кошелька есть и обратная сторона – если вы потеряете всю информацию, которую использовали для регистрации учетной записи, восстановить ее может быть сложно.
Webmoney.uz начал свою официальную деятельность в Узбекистане

WebMoney Transfer — международная система расчетов, созданная в 1998 году, которая создает комфортные условия для ведения бизнеса в сети. В настоящее время участниками системы являются более 39 миллионов человек.

[mask_link]сообщил, что международная система расчетов WebMoney Transfer вышла на рынок Узбекистана с лета 2019 года[/mask_link]и представила WMY-кошелек в узбекских сумах.

Токенами WMY можно оплачивать мобильную связь, интернет, коммунальные услуги, онлайн-игры и другие услуги.

WMY-кошелек можно пополнить банковскими картами UzCARD, платежной системой OSON и мобильным приложением PAYNET.UZ, а также наличными через PAYNET и банкоматы, пункты приема.

Средства можно вывести с кошелька на карты [mask_link]UZCARD или на банковский счет[/mask_link]. Посмотреть [mask_link]здесь[/mask_link] адреса и сайты пунктов пополнения или снятия кошелька Webmoney по всему Узбекистану.

Вы также можете обменять WMY на любые [mask_link]другие названия валют[/mask_link] в системе. И вы сможете совершать платежи в более чем 100 000 интернет-магазинов по всему миру.

Система WebMoney позволяет узбекским предпринимателям, заинтересованным в экспорте продукции, принимать платежи от иностранных клиентов в долларах, евро, рублях и других валютах.

ООО «Брио Групп», известное как разработчик платежной системы OSON, получило статус гаранта системы WebMoney в Узбекистане.

Как открыть электронный кошелек Webmoney?

Электронный кошелек WebMoney можно открыть через его официальный сайт или, для мобильных телефонов, через приложение WebMoney Keeper. Сейчас я покажу вам, как сначала открыть его через официальный сайт и получить «официальный сертификат» в виде последовательности картинок, а затем я покажу вам, как открыть его на вашем телефоне через приложение WebMoney Keeper.

Итак, начнем, завариваем чай и садимся поудобнее… Выполняйте вместе со мной задания в последовательности чисел, указанных на картинках!

Регистрация на официальном сайте WebMoney и получение статуса «Формальный аттестат».

Для этого зайдите на [mask_link]официальный сайт[/mask_link] и выполните задания в последовательности чисел, указанных на изображении ниже:

ПРИМЕЧАНИЕ. Пожалуйста, введите все ваши действительные данные. В противном случае могут возникнуть различные трудности. Запишите свой пароль, логин и другую информацию в надежном месте!

Если вам сложно понять по-русски, вы можете изменить язык страницы с места, обозначенного цифрой «1».
Нажмите на кнопку регистрации
Выберите вашу страну
Введите свой номер телефона
Введите символы с картинки в поле ниже
Нажмите кнопку «Продолжить».

И на ваш телефон будет отправлен код подтверждения, вы можете ввести его в поле, показанное на изображении ниже, и нажать «Продолжить»:

Откроется следующее окно:

Придумайте надежный пароль и введите его в поле, отмеченное цифрой «1».
Повторно введите пароль, который вы ввели в первом поле во втором поле
Установите флажок
Установите флажок
Нажмите кнопку «Продолжить».

И это конец процесса регистрации учетной записи, но для того, чтобы вы могли пользоваться своим кошельком, вам нужно будет войти в личный кабинет, ввести свои личные данные и открыть кошельки в нужной вам валюте.

Если вы не знаете, как войти в личный кабинет, нажмите на следующую кнопку:

Руководство по входу в личный кабинет

Для входа в личный кабинет зайдите на [mask_link]вебмани-сайт[/mask_link] здесь и выполните задания в последовательности чисел, указанных на картинках ниже:

Вы можете ввести номер своего WMID или зарегистрированный номер телефона в поле «логин», обозначенное цифрой «1» на картинке выше.
Введите ваш пароль
Введите числа
Нажмите на кнопку «Войти».

Если вы нажмете на кнопку «Запросить код», показанную на картинке выше, на ваш телефон придет одноразовый код, и вы введете его в указанное в следующем окне место и нажмете на кнопку «Войти»:

Теперь вы вошли в личный кабинет на официальном сайте WebMoney:

Цифры, показанные как «1» и «2» на изображении выше, являются вашими номерами WMID («логин»)
Нажав на числа с надписью «1» и «2», вы откроете страницу для каждой задачи.
Здесь вы можете выполнять все действия. Но сначала вам нужно ввести свои личные данные.

Обмен валюты – гораздо дешевле, чем в банках.
Внести деньги на электронный кошелек можно быстро и просто, а вот на банковскую карту может уйти много времени. Отсутствуют бюрократические процессы, характерные для банковских операций. Вы сможете использовать его в рабочие дни, выходные или праздничные дни.
Зачем нужен аттестат Webmoney?

После открытия электронного кошелька вы сначала получите сертификат псевдонима. Это аттестат самого низкого уровня в системе вебмани. А это значит, что вы не сможете использовать все возможности. Поэтому необходимо получить хотя бы «официальный» сертификат:

Официальный аттестат рекомендуется для бизнеса и продвинутых частных пользователей, которые хотят не только тратить деньги и переводить деньги, но и работать в сети, используя все сервисы системы WebMoney Transfer.

Персональный аттестат обеспечивает высокий уровень доверия со стороны других участников системы, так как ваши паспортные данные проверяются путем предоставления оригиналов (или нотариально заверенных копий).

Персональный сертификат позволяет:

Наполнение кошельков, получение денег с лимитной системы для держателей начальных и официальных аттестатов;
Участие в кредитно-биржевой деятельности;
Автоматизация приема средств от клиентов с использованием интерфейсов сервиса Merchant WebMoney Transfer;
Использование услуги Escrow – услуги обеспечения безопасности операций между участниками системы WebMoney Transfer;
Размещение новостей на различных сайтах системы;
Регистрация интернет-ресурсов в любых разделах каталога и т.д.

Подробнее о том, как получить официальные сертификаты, вы можете узнать из наших статей.

Краткое содержание

Система электронных кошельков постоянно развивается. Все сферы жизни человека задействованы в электронных платежных системах. Список услуг и товаров, оплачиваемых виртуальными деньгами, пополняется каждый день. Их список можно увидеть на официальных сайтах многих платежных систем.

Теперь вы можете легко открыть свой электронный кошелек и пользоваться его функциями. Надеюсь, вам понравилась моя статья. Если у вас возникнут трудности с открытием кошелька, не стесняйтесь обращаться ко мне, я обязательно помогу вам, чем смогу.

Поделитесь своими отзывами и опытом работы с электронными кошельками в комментариях. Давайте обсудим вместе. До встречи в следующих статьях! Большое спасибо за ваше внимание.

Оцените материал
( 9 assessment, average 4.56 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 15
  1. Hayit

    Juda murakkab shuni osonroq qilish kerak

    1. Умиджон Обудов (author)

      To’g’ri, faqat buni webmoney kompaniyasidan so’rash kerak.

  2. G‘ofur

    Salom Umidjon Obidov sizning WebMoney elektron hamyoni ochish haqidagi maqolangizni o‘qib chiqdim va foydali ma‘lumotlar oldim.
    Rostini aytsam bundan oldin Webmoney elektron hamyon ochishga rossa urindim va judda ko‘p xatolar qildim. Gapni qisqasini aytsam “0” dan ochish uchun oldingi ochgan xatolari bor xamyonni butunlay o‘chirib yuborsa bo‘ladimi? Sababi xatolarni to‘g‘irlash joyini topolmadim…
    Javobingizni kutaman.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Butunlay o’chirish mumkin, ammo keyin umuman webmoneyda hamyon ocha olmaysiz. Qanday xatolar qildingiz? Balkim xatolarni to’g’irlash mumkindir? Agar siz, webmoney qonun qoidalarini qo’pol buzmagan bo’lsangiz albatta.

  3. G‘ofur

    Salom.
    Formalniy attestat olish bo‘yicha telegram orqali savol yo‘llasam bo‘ladimi!?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Bo’ladi.

  4. Xushnoza

    Assalomu alaykum
    Szga savolim boridi. Siz internet orqali qanday daromad qilasz? SMM mi yoki e-dokonmi? Agar sir bolmasa aytolaszmi?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. SMM, e-do’kon alohida soha, men manashunaqangi ko’plab sohalar to’g’risida sizga o’xshagan qiziquvchilarni qiziqtirgan savollarga to’liq javob beradigan maqolalarni saytimda chop etish orqali daromad olaman. Ya’ni auditoriya yig’aman va saytimga turli reklamalar qo’yish orqali daromad olaman. Tushuntira oldimmi?

  5. Jahongir

    Assalomu alaykum Umidjon aka men ilova orqali ochmoqchidm webmoneyni lekin ilova ishlamyabdi shunga nma qlsam buladi iltimos maslahat bering

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Ilova qanday ishlamayapdi, yuklanmayapdimi? Agar ilova ishlamayotgan bo’lsa, telefoningizdan brauzerni, masalan xromdan webmoney saytini ochishingiz mumkin.

  6. Quvondiq

    Assalomu alaykum
    Yaxshimisiz
    Webmoney ga ma‘lumotlar qo‘yishda, passport zarang qizil ni kiritamizmi yoki eski biometrikmi, yoki ID kartami??

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Farqi yo’q.

  7. Сарвар Ашуров

    Ассалому алейкум Умиджон ака Webmoneyni узбекистонда каердан хисобни тулдирса булади?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Валейкум салом. Иловадан карта оркали тулдиришга уриниб куринг. Узбекистонда тулдириб курмаганман, мен факат ечиб оламан(((.
      Webmoneyni to’ldirish

  8. Anvar

    menda 120wmt bor sotib olish niyatlilar bolsa 946889330 toshkentda korishib hohlovchilar uchun

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: