Telegram – bu nima degani? Messenjer haqida to’liq malumot va uning afzalliklari 

Telegram-haqida

Assalomu-aleykum, uzinterbiz.com foydalanuvchilari. Bugun biz, Telegram messenjerining barcha sirlarini o’rganib chiqamiz, bu maqolani o’qiganingizdan keyin siz Telegram haqida to’liq malumotga ega bo’lasiz. Ishonamanki, siz Telegramni sevib qolasiz va boshqa barcha messenjerlardan vos kechvorasiz.

Gapni, Telegram nima degan savolga javob berishdan boshlaymiz. Bu bepul dastur bo’lib, tezkor xabar almashish vositasidir. Har qanday qurilmaga o’rnatish mumkin, masalan, kompyuteringizga, smartfon telefoningizga va onlayn versiyasi ham mavjud. Xullas, bu mesehjer, telefon orqali, bir birovga sms yozishishga oxirgi nuqtani qo’ydi. Qiziq, hozirgi kunda sms yozishadigan odam bormikan? Bu to’g’rida izohlarda yozing.

 

  Telegram messenjeri haqida to’liq qo’llanma

Messenjerning yaratilish tarixi

15 oktyabr 2014 yili Pavel Durov (vkontakte.ru saytini asoschisi) tomonidan ishga tushurilgan. Buni yaratishdan yagona maqsad, Rossiya Federatsiyasi tomonidan kuzatib borilayotgan Pavel uchun, uning chet eldagi ukasi Nikolay bilan xavfsiz bog’lanish edi. Ya’ni, boshida messenjerni faqatgina ikkita odam ishlata olardi.

Telegramning mashhur bo’lishining yana bir sabablaridan biri, o’sha payt ko’pchilik odamlarning foydalanayotgan mesenjeri WhatsAppdan ko’pchilik norozi bo’lib, boshqa alternativ qidirishayotgan edilar. Telegramning paydo bo’lishi ayni muddao bo’lgan edi.

Keling, Telegramning WhatsAppdan ustunlik jixatlarini bir solishtirib ko’ramiz:

Telegramning WhatsAppdan afzalligi

Darvoqe, Pavel Durov – Forbes jurnali tomonidan olib borilgan statistikaga ko’ra dunyodagi eng yosh boylardan biri hisoblanadi.

Pavel Durov

Kommunikatsiya o’ta katta baholanmoqda. Bir soat yagonalik, bir haftalik aloqadan samaraliroq. – Pavel Valeryevich Durov

Agar siz ham Pavelga o’xshab, boy bo’lishni istasangiz (((, bizning “Boylik sirlari” nomli maqolamizni o’qib chiqishni tavsiya qilamiz

Bu mo'jiza nima uchun kerak? 

  • Do’stlarga xabar yuborish
  • Xabarlarga har qanday fayllarni biriktirish (rasm, musiqa, video) har bir fayl 1.5 GB gacha va fayllar soni cheklanmagan
  • Stikerlar yordamida turli emotsiyalaringizni bildirishingiz mumkin.
  • Gruxlar tuzishingiz mumkin.
  • Bot va kanallardan foydalanish mumkin.

Telegramning asosiy afzalliklari

Bu bo’limni o’qiganingizdan keyin, aniq WhatsAppingizni o’chirib tashlaysiz, garantiya beraman, spor qilasizmi men bilan?(((.

  • Juda katta tezlik

Xabar yuborgan zahotingiz xat manzilga darhol yetib boradi. Bunday tezlik, butun dunyo bo’ylab yoyib tashlangan serverlar hisobiga amalga oshiriladi.

  • Foydalanuvchining shaxsiy malumotlari yuz foiz himoyalanadi.

Rossiya huquq-tartibot idoralari bilan kelishmovchiliklardan keyin Pavel Durov MTProto deb ataladigan noyob ma'lumotlarni shifrlash protokoli yaratishga qaror qiladi. Yashirin kriptografik muhofaza qilish algoritmlarini qo'llash orqali protokol sizning yozishmalaringizni ishonchli himoya qiladi.

Pavel Durov mesenjerning mustahkamligini ko’rsatish maqsadida bir necha marotaba, o’zi va ukasi o’rtasidagi yozishmalarini buzgan odamga bir necha ming dollor mukofot berishini vada qilib, konkurslar uyushtirdi. Shu bugungacha messenjerning mayda kamchiliklar topilgan, lekin, asosiy mukofot hech kimga nasib qilgani yo’q.

  • Qo’llab quvvatlash xizmatining tezkorligi.

Telegram ijodkorlari barcha malumotlardan xabardor bo’lib turishadi, va darhor turli foydali yangiliklar qo’shishadi.

  • Juda oddiy va tushunarli.

Hatto yosh bola ham darrov barchasini tushunib ishlata oladi.

Shuningdek:

  • Barcha qurilmalaringizdan barcha xabarlaringizni topishingiz mumkin. Masalan, noutbuk, planshet va telefoningizni sinxranizatsiya qilib, barcha malumotlaringizni xohlagan qurilmangizda o’qishingiz mumkin bo’ladi.
  • Onlayn versiyasi ham mavjud.
  • Kompyuter uchun to’liq versiyasi mavjud.
  • Telegramda reklama ko’rganmisiz? Telegram ijodkorlari hech qachon reklama bo’lmasligini vada qilishyapdi. Ularning maqsadi, odamlarning bir birlari bilan aloqa qilishda yordam berish.

Demak, Telegram nimasi bilan yaxshi? – juda qattiq himoyalangan, juda tez ishlaydi, do’stlar va hamkasblar bilan umumiy aloqada bo’lish. Hozirgi kunda Telegramdan yaxshi messenjer bo’lmasa kerak.

Qanday foydalanish kerak?

Telegram kanalga yagona nom yoki taxallus qo’yish

Har bir foydalanuvchi o’zining telefon nomeri orqali ro’yxatdan o’tadi. Ro’yxatdan qanday o’tish to’g’risidagi maqolani shu yerdan o’qishingiz mumkin. Bundan kelib chiqadiki, sizda kimning nomeri bo’lsa, faqat o’sha odam bilan aloqa qilishingiz mumkin. Bu esa ancha noqulayliklar keltirib chiqaradi, to’g’rimi?

Shuning uchun messenjer ijodkorlari, yagona nom yoki nik yaratish mumkin bo’lgan funktsiya qo’shishgan. Bu sizning IDingiz hisoblanadi. Siz o’zingiz xohlagan nomni tanlab ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Sizning telefon nomeringiz yo’q odam mana shu nom orqali sizni izlab topishi mumkin.

Stikerlar 

Hozir bu so’z barchaga malum. Bugungi kunda SMS va smayliklar bilan hech kimni hayron qoldira olmaysiz. Chunki, ular hozirda ancha eskirgan. Yozishmalarda o’z hissiyotlaringizni turli stiker yoki suratlar bilan ko’rsatishingiz mumkin. 

Gruxlar

Bir yoki bir nechita foydalanuvchilar bilan malumot almashish imkoniyati. Xat, rasm, video va boshqa fayllar yuborishingiz mumkin.

Telegramda gruxlarning afzalliklari:

  • Bir nechta odamlar bilan suhbat.

Bir vaqtning o’zida 5 000 odam bilan yozishishingiz mumkin (super gruhlarda).

  • Gruxga yangi qo’shilgan azolar butun yozishmalar tarixini o’qishi mumkinn.
  • Xeshteglar bilan xabarlarni birlashtirishingiz mumkin.
  • Cheklanmagan miqdorda fayllar saqlashingiz mumkin.
  • Yopiq gruhlar tuzish mumkin.

Xabarlar o'z-o'zidan yo'q bo’lish taymerlari mavjud. Xabarlar faqat foydalanuvchining qurilmasida saqlanadi. Shunday qilib siz barcha sirlaringizni yashirishingiz mumkin. 

Kanallar

Telegram ichidagi mini blog. Har bir foydalanuvchi o’zini qiziqtirgan va bilgan malumotlari bilan o’rtoqlashishi mumkin. Bu yerda boshqa foydalanuvchilar spam bilan shug’ullana olishmaydi, chunki, kanalga faqat siz malumot qo’ya olasiz.

Mashhur kanal namunalari:

  • K biznes
  • Olimpiadasi testlari va Bilimlar bellashuvi testlari
  • Uzinterbiz_com – va bizning kanalni ham unutmang.

Kanal ochish va obuna bo’lish, boshqa maqolada keng yoritilgan, o’qing va savollaringizni bering.

Botlar

Botlar nima ish qiladi? Ko’p injiq ishlarni, sizning buyrug’ingizni bajaruvchi kichik yordamchi. Topshiriq bajaruvchi va turli savollarga javob beruvchi alohida akkaunt. Hech qanday ish haqqi talab qilmasdan, tatil olmasdan, sizning buyruqlaringizni kechayu kunduz bajaradi.

Botni oddiy qilib, har kun ertalab, eng yangi yangiliklarni sizga yetkazib turishini sozlab qo’yishingiz mumkin. Telegram ichida ularni topish juda oson, akkaunt nomining oxirida “bot” yozuvi yozilgan bo’ladi. masalan, mana bunday: @Multimillioner_bot

Alohida maqolamizda, bot qanday yasalishi va ishlashi to’g’risida to’liq malumot beraman.

4 ta qiziqarli botlar:

  1. Dollor kursini rublga nisbatan tez va aniq ko’rsatib beradi: @rubbot.
  2. Miya faolligini oshirish uchin o’yin boti: @hangbot.
  3. Telefonlar uchun. Televizorda nima ko’rishni aytib beradi: Сэр @movie_bot.
  4. Ob-havoni aytib beradi. 

Nima uchun Telegramni yaxshi ko’rib qolishingiz mumkin? 

  • Super botlar
  • Super stikerlar
  • Juda katta tezlik
  • Kam trafik yeydi
  • Juda qattiq himoya

Xulosa 

Su bilan Telegram haqida umumiy malumot tugadi. Bu messenjer haqida boshqa, qiziqarli va foydali maqolalarlar seriyasini yozishni mo’ljallayapman, o’tkazib yubormang, blog yangiliklariga obuna bo’ling!

Siz qanday messenjerlardan foydalanayapsiz? Qanday afzalliklari bor? Shular haqida izohlarda o’rtoqlashing va ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringiz bilan maqolani o’rtoqlashsangiz xursand bo’lardim, buning uchun quyidagi tugmalarni bir bosib qo’ysangiz shuning o’zi yetarli, sizdan nima ketdi (((.

Barchaga omad, keying maqolalarda ko’rishguncha xayr!

Maqolaga baho bering!
( 5 , average 4.2 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 1
  1. Gulsanam

    Assalomu alaykum, mani telegramga nomerimmi yozsam ochmayapti siz köp urundingiz keyinroq urunib köring dvotti, endi nech kundan söng telegram ochsam böladi?

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: