Bismillahir Roxmanir Roxiym
Bu uzinterbiz.com blogidagi eng birinchi maqola. Salom dunyo. Barchaga salom. Mana bugun internetdagi milliardlab saytlarning ichida mening ham shaxsiy blogim paydo bo’ladigan kun ham etib keldi. Internetda bir necha yillardan buyon sayt tuzib, odamlarga yordam berib kelaman, lekin bugun o’zimning shaxsiy blogimni ochishga qaror qildim. Hayot o’zgaryapdi va u bilan birga maqsadlar, orzular ham o’zgaryapdi. Bugun men internetga o’qish, o’rganish va pul ishlash uchun keldim. U men uchun katta imkoniyatlarni ochdi.
Internetning sharofati bilan men dunyoning xohlagan burchagida turib xohlagan pulimni ishlay olaman. Keyingi maqolamda sheriklik dasturlarida qanday pul ishlash, va qanday o’rganish kerakligi to’g’risida yozaman. Internetda pul ishlash haqiqat ekanligiga aynan sheriklik dasturlarida ishlash orqali tushunib yetdim, ishonch hosil qildim.
Internetga kelib tushunib yetdimki, u beradigan imkoniyatlarni hamma ham ko’ravermas ekan. Shuning uchun ham bu imkoniyatlarni birinchi navbatda o’zim o’rganish, ikkinchidan, oddiy va tushunarli bo’lgan tilda odamlarga yetkazishni o’zimga maqsad qilib qo’ydim. Hattoki, oddiy bir shaxsiy blog ochish g’oyasi ham ko’p insonlarga bu hayotda o’z o’rinlarini topib, yaxshi yashashga olib borishi mumkin.
Aynan shaxsiy blog juda yaxshi moddiy daromad manbai va hayotda yaxshi universitet bo’lishini ko’pchilik bilavermaydi. Shuning uchun ham o’zimning ushbu blogimda internetning imkoniyatlari, u orqali pul ishlash sirlari, o’zim qayerda va nimani o’qiganim va olgan tajribalarim to’grisida yozishga qaror qildim.
Blogimda quyidagi mavzularda maqolalar o’qishingiz mumkin:
Blogimda qaysi mavzularni yoritaman?
- Yangi boshlayotganlar uchun
- Nimadan boshlash kerak
- Qanday qilib ?????
- O’quv kurslari
- Internet kasblar
- Dizayner
- Maqola yozuvchi
- Frelanser
- Sayt tuzish
- WordPress blog
- Bloger sog’ligi
- Saytni rivojlantirish
- YouTube haqida
- YouTube sozlamalari
- YouTubeda pul ishlash
- Pul ishlash turlari
- Sheriklik dasturlari
- Infomahsulot
- Masofadan turib ishlash
- Ish qidirish
- Sarmoya (Investitsiya) kiritish
- Ijtimoiy tarmoqlar
- Instagramm
- Telegramm
- VKontakte
- Odnaklassniki
- Til o’rganamiz
- Ingliz tili
- Rus tili
- Shaxsiy rivojlanish
- Sayohat
- Bellashuvlar
- Yangiliklar
- Iqtisod
O’ylaymanki, blogim sizga manzur bo’ladi va biz albatta kelajakda siz bilan do’stlashamiz. Agar siz ham men kabi internet orqali ishlab, yashash tarzingizni yanada yaxshilab, dunyoning xohlagan joyiga sayohat qilishni istasangiz blogimni zakladkangizga qo’shib qo’ying va blogdagi yangiliklardan xabardor bo’lib turish uchun blogimga obuna bo’ling.
Quyida ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishish tugmasi bor. Do’stlaringiz bilan bo’lishing, balkim ular uchun ham bu mavzular qiziq bo’lib, o’z hayotlarini o’zgartirishni istab qolishar.
Хурмат билан Умиджон Обудов