Uzinterbiz.com blogiga qanday azo bo’lish kerak va hozirning o’zida bu ishni qilishingiz uchun 7 ta sabab, + qo’shimcha sovg’alar

Obuna bo'lish

Barchaga salom, hurmatli uzinterbiz.com saytining o’quvchilari! Ko’pchilik insonlar bloglarga qanday obuna bo’lish kerakligini bilmasliklari sababli ko’p foydali malumotlarni o’tkazib yuborishadi. Shu sababli sizlar uchun kichkina qo’llanma tayyorladim. Bu qo’llanmada bizning barcha asosiy malumot resurslarimiz haqida malumot bermoqchiman va siz bu resurslardan qanday to’g’ri foydalanish kerakligini bilib olasiz.

Hamda bu maqola siz uchun foydali resurslarimizning manzili bo’lib qoladi degan niyatdaman.

Blog yangiliklaridan xabardor bo’lib turishning 4 ta eng yaxshi yo’li

Blogimning hamda onlayn maktabimizning yangiliklaridan siz xabardar bo’lib turishningiz uchun 4 ta asosiy yo’lini tanladim.

  1. Telegram – kanal
  2. Email – xabar
  3. Push – xabar
  4. RSS – lenta

Bulardan qanday to’g’ri foydalanish kerakligi to’g’risida quyida har qaysi uchun alohida qo’llanma tayyorladim.

Telegram kanalga qanday obuna bo’lish kerak

Telegram kanal – bu, yangilikdan xabardor bo’lib turishning barcha yo’llarini birlashtiradi. Biz uchun bu asosiy kanal, shuning uchun barchani ushbu kanal orqali obuna bo’lishlaringizni tavsiya qilaman. Buning uchun siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak bo’ladi:

Qadam №1. Dasturni asosiy saytidan o’z qurilmangizga o’rnatib oling ( barcha kompyuter va qurilmalar uchun versiyalar mavjud ) – Telegram.org

Telegram kanallari haqida

Dasturni o’zbeklashtirish imkoniyatlari ham mavjud. To’liq qo’llanma keyinroq bo’ladi…

Dasturning webversiyasi ham mavjud – web.telegram.org

Qadam №2. Havolaga bosib, kanalga qo’shiling – t-do/Uzinterbiz

  Yangi sahifa ochiladi va siz u yerdan «Открыть приложение «URL:Telegram Link»» tugmasiga bosasiz.

Telegram dasturiga o'tish

Qadam №3. Dastur ochiladi va siz u yerdan «Подписаться» tugmasini bosishingiz kerak bo’ladi (Obuna bo’lish). Agar inglizcha bo’ladigan bo’lsa «Join» tugmasini bosasiz.

Telegramga obuna bolish haqida

Ushbu usulning afzalliklari:

  • Albatta, barcha yangiliklar bu erda nashr etiladi.
  • Kompyuteringizda va telefoningizda ogohlantirishlarni o’rnatishingiz mumkin.
  • Kanalga ulanishdan avvalgi xronologiya va tarix saqlanib qoladi.
  • Istalgan vaqtda kerakli narsani topishingiz mumkin.
  • Telegram uchun maxsus robotlar bilan imkoniyatlarni kengaytirish mumkin.

Kamchiliklari:

  • Bu dasturni endi ishlatayotgan bo’lsangiz yaxshilab o’rganishingiz kerak bo’ladi.

Email pochta orqali xabarga qanday obuna bo’lish mumkin

Email xabarga obuna bo’lish uchun nimalar qilish kerak:

Qadam №1. Blogdagi obuna bo’lish formasini topishingiz kerak. Ular ikkita, bittasi saytning o’ng tomon bo’limida, ikkinchisi har bir maqola ostida joylashgan. Bulardan tashqari alohida sahifada ham joylashgan.

Qadam №2.  Barcha malumotlaringizni kiritib «Obuna bo’lish» tugmasini bosasiz.

Qadam №3. Formada ko’rsatgan pochtangizga kirasiz va obuna bo’lganligingizni tasdiqlaysiz.

Obunani tasdiqlash haqida

Agar xat kechiksa, SPAM papkani tekshirib ko’ring yoki 1 – 2 daqiqa kuting! Juda bo’lmasa boshqatdan azo bo’lishga urinib ko’ring.

Ushbu usulning afzalliklari:

  • Xat elektron pochtangizga boradi.
  • Eng asosiy kerakli maqolalar jo’natiladi.

Kamchiliklari:

  • Har doim ham xat yetib boravermaydi. Xat aniq yetib borishi uchun admin@uzinterbiz.com pochta manzilini oq pochtalar qatoriga qo’shib qo’ying!

Push xabarni qanday olishingiz mumkin

Bu usulni hozirgi kunda barcha mashhur saytlar qo’llashadi. Bu email xabarning qisqartirilgan varianti desa ham bo’laveradi. Kompyuterning ish stoliga mana bunday xabar borib turadi:

Push xabar haqida

Bu xabarlarni olish uchun esa quyidagi rasmda ko’rsatilgan joydagi «Ruxsat» yozuvi yozilgan tugmaga bosishingiz kerak bo’ladi:

Ruxsat berish haqida

Agar sizga bunday oyna ochilgan bo’lsa va siz «Ruxsat emas» tugmasini bosgan bo’lsangiz, unda yashil qulf ustiga bosing va «Разрешить» tugmasiga bosing:

Qayta ruxsat qilish haqida

Ana endi sizga yangi xabarlar borib turadi.

Ushbu usulning afzalliklari:

  • Juda qulay va qisqa xabar ish stolingizga kelib turadi.
  • Yangi maqola chiqqan zahoti barcha obunachilarga avtomatik ravishda xabar yuboriladi.

Kamchiligi:

  • Agar xabarni yopib qo’ysangiz qayta tiklash imkoni yo’q.

Blogdagi RSS-ga azo bo’lish

Blogga obuna bo’lishning oxirga yo’li ham juda yaxshi lekin buni ko’pchilik bilishmaydi – RSS lentaga obuna bo’lish. RSS bu saytdagi barcha o’zgarishlarning anons lentasi. Bu barcha saytlarda mavjud.

Siz ham menga o’xshab Internetda ko’plab bloglarga, saytlarga, jurnallarga azo bo’lgan bo’lishingiz mumkin. Menda juda katta ro’yxat mavjud, bu ro’yxatdagi saytlarning yangiliklarini o’tkazib yubormaslik uchun men brauzer uchun bepul plagindan foydalanaman.  Google Xrom uchun bu –  RSS Feed Reader

Boshqa brauzerlar uchun shunga o’xshash kengaytirishlarni izlang.

Bu plaginlardan qanday foydalanish kerak:

Qadam №1. O’rnatasiz.

Qadam №2. Brauzer yuqorisi o’ng tamondagi to’q sariq tugmaga bosasiz, keyin + ga bosasiz:

RSS lenta plagini haqida

Qadam №3. http://uzinterbiz.com/feed yangiliklar lentasi manzilini kiritasiz va «Add feed» tugmasini bosasiz.:

Obuna bo'lish haqida

Endi, yangi maqola chop etilishi bilan brauzer yuqorisidagi to’q sariq tugmada xabar paydo bo’ladi. Tugmaga bosasiz va saytni tanlaysiz, sizni darhol yangiliklar sahifasiga yo’naltiradi.

Ushbu usulning afzalliklari:

  • Hech qanday yangilikni o’tkazib yubormaysiz.
  • Ko’plab saytlarni qo’shishingiz va yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

Barcha malumot resurslarimizning ro’yxati

  1. Bizning asosiy blogimiz – bu blogda men va boshqa hamfikr mualliflar guruhi Internetdagi tajribamiz bilan bo’lishamiz. Foydali maqolalar va mavzular bo’yicha ko’rsatmalar berib boramiz. Masofadan turib ishlash, frelanserlik, Internetda pul topish, o’zingizning biznesingizni va qo’shimcha daromad manbalarini yaratish yo’llari haqida malumotlar berib boramiz. Hayotimizdagi turli voqea – hodisalar bilan o’rtoqlashamiz.
  2. Repetitorlar onlayin maktabi – bizning yopiq jamoamiz bo’lib, unda biz qadam-baqadam o’qitish kurslarini yaratamiz va Internet orqali pul topish uchun foydali materiallar yaratamiz.
  3. Telegramdagi kanal – blogdagi barcha yangiliklar, onlayn maktabimiz va boshqa barcha malumot resurslar ushbu kanalda to’planadi.
  4. Shaxsiy Youtub kanal <<Umidjon Obudov >>- faqat sayohat va shaxsiy hayot haqida video blog.
  5. Videodarsliklar Youtube kanalimizda <<Onlayn maktab>> – bu erda blog va maktabimiz materiallarini to’ldiradigan videoyozuvlar nashr etiladi.
  6. VKontaktedagi – shaxsiy sahifam (vk.com/umidi) – o’quvchilar, do’stlar, sheriklar, hamkorlar, xodimlar va boshqalar bilan aloqalar VK orqali amalga oshiriladi.
  7. Instagram sahifasi (instagram.com/obudov) – hayotda sodir bo’layotgan narsalarning fotosuratlari.

Qo’shimcha resurslar:

  1. Shaxsiy Facebook sahifam (facebook.com/umidjon.obudov) – VK va Instagram’dan kontentlarni takrorlaydi.
  2. Odnoklassnikidagi shaxsiy sahifam (ok.ru/umid.obudov).
  3. Twitter (twitter.com/Umid) – allaqachon eskirgan ijtimoiy. tarmoq. Shunda ham blogdagi yangiliklar haqida xabar berib turaman.

Hozircha hammasi ham malumot bilan to’ldirilmayapdi lekin, kelajakda bu xatoni to’g’irlaymiz.

Siz uchun eng qulay kanallarga obuna bo’ling va yangiliklarni kuzatib boring. Barcha email xabarga obuna bo’lganlar uchun kichik sovg’a tayyorlab qo’ydim – onlayn maktabimizdagi barcha o’quv kurslariga chegirma!

Хурмат билан Умиджон Обудов


Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 3
  1. DONIYOR

    sizlar bilan ishlash niyatim bor edi qande boglansam bo’ladi?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Biz bilan qanday bog’lanish shu maqolada yozilganku, xohlagan yo’l bilan bog’lanishingiz mumkin. Telegram: +7 925 419 00 28

  2. +7911884

    Islom sheraliyev

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: