Instagram orqali qanday pul ishlash mumkin, eng asosiy va yaxshi daromadli 5 yo’li

Instagramda pul ishlash

Salom, uzinterbiz.com blogining qadrli o’quvchilari. Bugun yana sizlarga ijtimoiy tarmoqlar haqidagi ma’lumotlarni berishda davom etaman. Instagram hozirda kundan kunga rivojlanib trendga aylanyapdi. Shundan kelib chiqib, ko’pchilik blogerlar asosiy pul manbayini ham Instagramda kashf qilmyapdi.

Instagramda kompyuter va telefon orqali kanal ochish bo'yicha maqolani BU YERDA o'qishingiz mumkin.

Bugun qiziqarli va g’ayrioddiy usullar bilan, qanday qilib  Instagramda pul ishlash haqida gaplashamiz. Keling do’stlar Instagramda daromad olishni boshlashdan avval bu platforma haqida tushuncha hosil qilib olaylik.

 

Ijtimoiy tarmoqlar haqidagi qo'llanma va maqolalar

Instagram qanday tarmoq

Instgram – bu, fotosuratlar va videolarni suratga olish, ularga filtrlarni qo’llash mumkin bo'lgan platforma. Bu tarmoq yordamida xizmatingiz yoki mahsulotingizni boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish imkoniga ega bo'lasiz.

Instagram nima

Instagram juda shiddat bilan o’sib boryapdi. Yuqoridagi ma’lumotlarni o’qib chiqib, Instagram pul ishlash uchun qulay platforma ekanligini anglash mumkin. Umuman olganda, bu tarmoqda o’zini-o’zi targ’ib qilish juda oson. Buning uchun sizda katta qiziqish va o’zingizga ishonch bo’lsa, bu ishni boshlashingizga shuning o’zi yetarli.

Instagramda qanday daromad olish mumkin

Mana do’stlar, sizlar uchun eng kerakli va qiziqarli sarlavhaga ham yetib keldik. Rostdan ham, Instagram orqali pul topish juda oson. Albatta buning turli yo'llari va usullari mavjud.

O’zini targ’ib qilish (Bloger, Viner)

Bu yo’lda sizdan o’zingizga xos kreativ yo’nalish, ko’pchilikni e’tiborini o’ziga qarata olishlik talab qilinadi. Siz blogerlar qiladigan ish haqida ma’lumotga ega bolsangiz kerak. Hozir esa Vinerlik haqidagi savollaringizga javob beraman.

Instagramda daromad olish

Viner kim?  Viner – bu, o’zining tarmog’iga hazil-mutoyiba, tabiiy, qiziq va ko’pchilikka manzur bo’ladigan videolar joylab, o’zining turli xil qobiliyatlarini namoyish etadigan shaxs. Bu yo’nalish juda qiziqarli, sizlarga ham tavsiya qilaman.

Men ham viner bo’lishim mumkinmi? degan savol sizni ortiq qiynamasligi kerak, chunki sizda bu qobiliyat borligi aniq. Shunchaki, qiziqarli videolarni tasvirga oling, muhimi qisqa va lo’nda bo’lsin. Shunday qilib qilayotgan mehnatingiz samarasini tez orada sezasiz.

Bu yo’nalishdan ham albatta daromad olish mumkin. Hamkorlik dasturlari, reklamalar, turli xil takliflar, xizmatlar orqali shaxsiy daromadlaringizni oshirishingiz mumkin. Muhimi taniqli insonga aylaning.

Boshqalarning profilini targ’ib qillish (Menejer)

Bu yo’nalishda ishlashga bilim kerak emas. Faqatgina sizda, aktivlik va talabchanlik bo’lishi yetarli. Bu yo’nalishda siz har xil iste’dod egalarini profilini boshqarsangiz bo’lgani.

Bu nima uchun kerak, chunki, turli iste’dod egalari ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt ishlanib, obunachi yig’ib, postlar yozishga vaqtlarini qizg’onishadi. Bu o’z navbatida sizga pul ishlash imkonini beradi.

Xo'sh, bunday odamni qayerdan topish mumkin. Misol uchun, u odam qo’shiqchi bo’lishi, dizayner bo’lishi yoki o’qituvchi bo’lishi mumkin va siz u odam bilan kelishib, profil ochasiz. So’ngra u odamni nomidan targ’ib qilasiz va uning xizmatlaridan foydalanmoqchi bo’lgan obunachilarni topasiz va tushgan daromaddan ma’lum bir miqdorda foiz olasiz.

Bu ko’pincha “Sahna ortida” ishlashni yoqtiradiganlar, birovlarni qiladigan mehnatini chiroyli namoyon qila oladigan odamlar uchun juda qulay va yetarli daromad manbayi hisoblanadi.

Instagramda menejerlik qilish

Instagramda o’z karyerangizni tashkil qiling

Kim barcha uchun qiziqarli postlar yozish, videolar joylash mahoratiga ega bo’lishi mumkin?  Hamma ham emas albatta, lekin siz bunga erishishingiz mumkin.

Bu yo’nalishda o’z hayot tarzingizni ijtimoiy tarmoqqa qo’yib borasiz. Misol uchun, siz sport zaliga muntazam ravishda chiqib turasiz. Siz mashq qilayotgan jarayonlaringizni video tasvirga olib o’z sahifangizga joylab, odamlarni qiziqtirib borasiz. Obunachilaringiz ko’paygani sari siz qanday qilib oz muddatda baquvvat mushaklarga erishish sirlarini o’rgata boshlaysiz.

Tabiiyki, bundan so’ng odamlar sizga qiziqib, maslahatlar so’rashni boshlashadi. Qarabsizki, yetarli obunachilari bor profil egasisiz. Shu o’rinda savol tug’iladi: man bundan qanday foyda olaman? Albatta sizning obunashilaringiz ko’paygani sari sizga har xil reklamalar bo’yicha pullik murojaatlar kelib tushadi. Boshlang’ich daromadni siz reklamadan topishingiz mumkin. Xullas, mashhur kanalning pul ishlash yo'llari juda ko'p. Birinchi navbatda kanalingizni mashhur qilishingiz kerak bo'ladi.

Pullik maslahatlar

Bu yo’nalishda sizdan hayotiy tajriba, yetarlicha bilim talab qilinadi. Masalan siz psixolog, shifokor, va h.k. bo’lishingiz mumkin. Siz birinchi navbatda profilizda obunachilarni yig’ish uchun oddiy kundalik hayotda asqotadigan tekin maslahatlar berib boring. Vaqt o’tib podpischiklar soni ko’payganidan so’ng, pullik maslahatlar berishni boshlaysiz.

Bu siz o’ylaganchalik qiyin emas. Muhimi yo’nalishingiz haqida yetarli, sifatli tajribangiz, ma’lumotlaringiz bo’lsa bas, sizga odamlarning o’zi murojaat qila boshlaydillar. O’zingizni yo’nalishingiz haqida ko’plab ma’lumotlar o’rganishga harakat qilib, o’z ustingizda ishlashingiz kerak bo'ladi. Qarabsizki siz eng yaxshi mutaxassisga aylanasiz. Pullik murojaatlardan tashqari reklama xizmatlarini ham taklif qilishlari mumkin.

Tovar va mahsulotlarni sotish

Instagramda mahsulot sotish

Instagram – bu haridor topish uchun juda oson platforma hisobalanadi. Sifatli tovaringizni mashhur profillar orqali reklama qiling. Muhimi, podpischiklar hisoblanadi. Chunki, qancha ko’p likelar, obunachilar yig’sangiz, odamlarda shunchalik yaxshi ishonch hosil bo’ladi.

Mahsulotingizni chiroyli qadoqlang. Haridor uchun muhimi sifat hisoblanadi. Mahsulotning ustki ko’rinishi haridorga yoqsa, bu ish 70% ga hal bo’ldi deyavering. Shunday qilib turli mahsulotlarni reklama qilasiz va sotasiz.

Bu — bozorlarda, ko’chalarda qiynalib haridor izlab yurgandan ko’ra, oson va samarali usuldir. Siz haridorlarga chiroyli muomalada bo’lsangiz, ishingiz osonlashadi.

Xulosa

Siz allaqachon bu yo’nalishlardan birini tanlab, pul ishlashni maqsadini oldingizga qo’ygan bo’lsangiz, juda yaxshi. Agar hali ham boshlamagan bo'lsangiz, vaqtingizni bekorga sarflamasdan, o'z kanalingizni ochib, bu yo’nalishlardan birini tanlab, harakatga kirishishingizni maslahat beraman. Chunki bu vaziyatlar boshqa takrorlanmasligi mumkin.

Siz qaysi yo’nalishni tanlaganingizini  kommertariyada qoldiring. Tushunmagan joyingiz bo’lsa, bizga murojaat qiling. Blog yangiliklariga obuna bo’ling.

Maqolaga baho bering!
( No ratings yet )
Umidjon Obudov/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли хил даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: