Hech qanday ishda tajribasi yo'q talaba (student) lar uchun ishlar ro'yxati. To’liq kunduzi (ochni) o’qiydigan talaba qanday pul ishlashi mumkin

Talabalar uchun ish

Salom hurmatli talabalar!

Studentga nima uchun ish kerak va kim bo’lib ishlashi mumkin? Kimdir yotoqxona uchun pul to’lashi kerak, kimgadir yotoqxona umuman berilmagan va u ijaraga kvartira olib yashashga majbur, ijara puli to’lashi kerak. Yana yo’l kira uchun pul kerak, yeb-ichish, ba’zida, uyga ham borib kelishni xohlashadi va hokazo. Xullas, studentning kundalik xarajatiga ham ancha pul kerak. Bunday vaqtda, qo’shimcha daromad hech kimga xalaqit qilmasa kerak.

Sirtqi bo’limda o’qiydiganlar qayerdadir ishlashadi albatta. Bugungi kunda o’qish va ishni birga olib borish juda oson. Kunduzgi bo’limda o’qiydiganlar uchun esa, biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bunday studentlar, har kun dars tugaganidan keyin, kechqurun yoki, dam olish kunlari ishlashlari mumkin. Agar sizda ham, qo’shimcha daromad olish istagi bo’lsa, xavotirlanmang, bunday ishlar juda ko’p.

Maqolamiz, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Namangan, Andijon, Xorazm, Nukus va yurtimizdagi boshqa shaharlardagi talabalar uchun yozilgan

Rasmiy ravishda ishga joylashish va qo’shimcha daromad olish, bu alohida narsalar albatta. Talabalar uchun ishni har bir shaharda topsa bo’ladi. Lekin siz, kunduzgi bo’limda o’qiydigan bo’lsangiz, rasmiy ravishda ishga joylashishning iloji yo’q. Shuning uchun siz, engil qilib aytadigan bo’lsak, “norasmiy” tarzda ishlashingiz mumkin. Chunki, kunduzgi bo’limda o’qiydigan studentni hech kim rasmiy ravishda ishga olmaydi.

Biroq, kunduzgi talabalar uchun ham qo'shimcha ishlarni topish mumkin. Manashunday ishlarning eng haqiqiy va oddiy variantlarini ko'rib chiqsak. Keling hozir, talaba qanday qilib ish topish kerakligini, u qaerda va kim bo’lib ishlashi mumkinligini aniqlaи olamiz. Bo'sh ish o'rinlarini topish uchun siz qidiruv tizimiga kerakli so'rovni kiritishingiz kifoya!

Internetda ishlash uchun qo’llanmalar

Ofitsiant bo’lib ishlash

Ofitsiant bo'lib ishlash

Bir qarashda, eng yaxshi va eng qiziqarli variant. Mijozlarga xizmat ko’rsatish qiyin ish emas, qiziqarli insonlar bilan suhbatlashasiz, bundan tashqari choy puli berishlari mumkin (((.

Faqat bu yerda, oldindan bilishingiz kerak bo’lgan bir ikkita kamchiliklar ham bor:

  • Bu variant ko’proq sirtqi bo’limda o’qiydiganlar uchun (chunki, kunduzi ishlashga to’g’ri keladi). Ha siz darsdan keyin ishlash uchun, kechki klublarga ishga joylashishingiz mumkin, lekin, damni qachon olasiz? Bunday ishlarga, ma’lum bir vaqtga, kelishilgan holda ishga joylashishingiz mumkin. Va siz, kelishilgan vaqtda ishga kelasiz, kelishilgan vaqtda ishdan ketasiz.
  • Yaxshi klub yoki, yaxshi restoranlarda ishlash uchun, sizdan tajriba talab qilinadi. Agar sizda bunday tajriba bo’lmasa, oddiyroq restoran izlashga to’g’ri keladi.

Afzalligi, ish joyi va erkin jadvalda ishlash imkoni borligini aytish mumkin (bu erda siz kelishgan holda ishlaysiz). Kafeda ko'p odamlar kelganida, o'tirishga vaqt qolmaydi. Bunday sharoitda, bir necha soatdan keyin oyoqlaringiz juda charchay boshlaydi. Bazi kafe va restoranlarda, choy puli haqida unutsangiz ham bo’laveradi ((( bersalar ham juda kam, odam olishga uyaladi (((.

Har xil mijozlar bo’lishi mumkin, mast-elast deganday, yeb ichgan pulini to’lamasdan ketib qolishlar bo’lishi mumkin, ustingizdan shikoyat tushishi mumkin, bunday hollarda, mijozning butun hisob kitoblarini sizning bo’yningizga ilishlari ham mumkin va hokazo.

Xullas, nima bo’lganda ham, kuniga o’rtacha 30 000 so’m ishlash mumkin. Oyiga qancha bo’lishini va sizning ehtiyojlaringizga qancha pul kerakligini o’zingiz hisoblayverasiz.

Farroshlik qilish

Farrosh bo'lib ishlash

Darhol taxmin qilib aytaman, siz bu ish haqida o'ylamoqchi ham emassiz (((. Haqiqat shundaki, ko'pchiligimiz bunday ishlarni kamsitadigan deb bilamiz. Ba'zilar hatto uyalishadi ham. Ammo, agar siz farroshlikni avvalgi, ofitsiantlik ishi bilan taqqoslasangiz, bu ishda juda ko'p afzalliklar mavjud.

Hatto aytish mumkinki, bu kechqurun va darsdan keyin ishlanadigan ish, talabalar uchun eng yaxshi variant deyish mumkin. Talaba, bunday ishda qanday pul topishi mumkin? Bu erda asosiy narsa, yaxshi joy topish va yangi vazifalarga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishdir. Bu, ofis, domlar podezdi (tarjima uchun oldindan uzr so’rayman (((.) va davlat muassasasi bo'lishi mumkin.

Keling bu ishning afzalliklarini ko’rib chiqamiz:

  • Tajriba umuman kerak emas, agar sizdan so’rab qolishdan taqdirda ham. Sizdan, ishonilgan joyni sifatli tozalash talab etiladi. Ish vaqti esa, talabalar uchun eng qulay payt – darsdan keyin va kechqurun.
  • Agar qaysidir ofisdan ish topsangiz, yozda salqin, qishda issiq.
  • Farroshlikni endi boshlayotgan ishchining oyligi, ofisiantlikni endi boshlayotgan ishchining oyligi ancha baland. Nervingizni ham asraysiz, o’zingiz tozalaysiz, boshingizni ham hech kim og’ritmaydi.
  • Siz bunday ish joyilarning bir nechtasiga ishga joylashishingiz mumkin. Bu esa, daromadingizning ko’payishiga olib keladi albatta.

Albatta kamchilik taraflari ham bor, barchasi oily darajada emas. Ishga joylashishdan oldin, barchasini gaplashib olgan maqul.

Mana o’sha kamchiliklar:

  • Ishni endi boshlagan paytingiz, belingiz va oyoq-qo’llaringiz og’rishi mumkin. Bu albatta ish boshlanishida, keyin moslashib ketasiz.
  • Yaxshi ofislarga sizni shunchaki ishga olishmaydi. U yerga ko’chadagi studentni ishga olishmaydi, agar siz, kimningdir qarindoshi yoki, tanishi bo’lmasangiz. Lekin, qanday ofisligiga qarab (((.
  • Ish qurollarini o’zingiz sotib olishingizga to’g’ri kelishi mumkin. Bu esa, ortiqcha xarajat bo’ladi siz uchun.

Shunday qilib, birinchi oyda 700-800 ming so’m atrofida ish haqqi olishingiz mumkin.

  Kuryer yoki afisha osuvchi ( e’lon yopishtiruvchi)

Уэдщт yopishtiruvchi bo'lib ishlash

Takliflar juda ko'p. Internet bo'sh ish o'rinlari bilan to'lib toshgan. Sizning shahringizda ham bunday ishlar albatta topiladi. Bugungi kunda, kuryer ofisda ham, internet-do'konlarga ham, xaridorga mahsulotni etkazib berish uchun kerak. Ikkinchi, qo’shimcha ish masalasiga kelsak, reklama ham ko’pchilik uchun kerak. Podezdlarda yoki, avtobus bekatlarida, yuzlab e’lon varaqalarini ko'rishimiz mumkin. Bir qarashda barchasi shunday sodda va chiroylimi?

Bu ishning xususiyatlari qanday:

  • Iloji bo’lsa, shaxsiy avtomobilingiz bo’lgani yaxshi, albatta mashinaga yoqilg’i kerak. Yoki, jamoat transportida yurishingiz kerak, bunda ham yo’l kira to’lashingiz kerak. Bular siz uchun ortiqcha xarajat, shunday holatlar bo’lishi mumkin: bir manzilni yarim kun qidirasiz (((.
  • Bir necha yuzta e’lon varaqasini yopishtirib chiqishning o’zi bo’ladimi? Shaharda yaxshigina izg’ib yurishingizga to’g’ri keladi.
  • Oylab, har kun u yoqdan bu yoqqa yuraverib holdan toyasiz va hech qanday o’qishga ishtiyoqingiz ham vaqtingiz ham qolmaydi.

Oylik maosh esa, kuryer taxminan, 500-600 ming, e’lon yopishtiruvchi, taxminan 200-300 ming bo’lishi mumkin.

 Yuk ko’taruvchi — kuchli bolalar uchun kasb

Yuk tashuvchi bo'lib ishlash

Ko'p hollarda, to'liq ish kuni bo’yicha ishlash kerak. Yuk ko’taruvchi bo’lib, kechqurun ham ishlash mumkin. Ko'pgina do'konlar, korxonalar va firmalarda kunduzgi va kechgi smenalarda ishlar tashkil qilingan. Siz tushlikdan keyin (agar smenali ish bo'lsa) ham, undan oldin ham ishlashingiz mumkin. Bunday ish asosan yigitlarga to'g'ri kelishi aniq. Men hech qachon yuk ko'taruvchi qizni, ayolni ko'rmaganman (((.

Bu ishning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz:

  • Qattiq jismoniy mehnat juda charchatadi. Orqa va oyoq-qo'llar og’rib ketadi. Yosh paytingiz hech narsa bilinmasligi mumkin, ammo, yoshingiz o’tgan sari sog’ligingizda muammolar boshlanishi mumkin.
  • Dam olish va bo’sh vaqtlar albatta bor, lekin bu bilan siz dam olgan hisoblanmaysiz (((.
  • “Bir vagon” yukni bo’shatganingizdan keyin, aniq, o’qishni xohlamay qolasiz (((. Ehtiyot bo’ling, sessiyalarni o’tkazib yubormang.

Bu ishlarning barchasi uchun, oy oxirida taxminan 500-800 ming so’m pul qo’lingizga olasiz.

Freelancer, boshqacha qilib aytganda, internetda ishlash (internetda pul ishlashingiz mumkin, shaxsiy tajribamdan aytyapman)

Frelanser, masofadan turib ishlash

Kim nima desa desin, lekin, internetda pul ishlash mumkin. Siz ishonmaysiz, bazi odamlar, internetda ishlash uchun firma ochishyapdi. Va bu, daromad miqdori ancha katta ekanligini anglatadi. Axir, yakka tartibdagi tadbirkor soliq to'laydi va hisobot beradi. Men bu erda Internetda pul ishlash usullari va variantlari haqida yozmayman, chunki ushbu mavzuga alohida maqola yozilgan. Sarmoyasiz, internetda qanday qilib haqiqiy pul topish mumkin? Va yana shuni aytishim mumkin, siz freelanser bo'lib ishlab ham yaxshi pul topishingiz mumkin.

Do’konda sotuvchi bo’lib ishlashni, men ataylab, yuqorida yozmadim. Chunki, bu ishda kuni bilan ishlash kerak, kunduzi o’qiydigan talabaga bu ish to’g’ri kelmaydi. Lekin, yozgi tatil paytida bemalol ishlash mumkin. Bunday ish, student o’g’il yoki qiz bola uchun ayni muddao. Bozorda ko’plab ishlarni topish mumkin.

Yaxshilab o’ylab ko’ring, sizga shu ish kerakmi? Ehtimol, siz butun kuchingizni, e'tiboringizni va vaqtingizni o'quv jarayoniga qaratishingiz kerakdir? Do'stlaringiz bilan yana bir bor tungi klubga yoki barga bormang va kamtarroq yashang. Shunda xarajatingiz ham kamroq bo’larmidi.

Xo'sh, agar siz qo'shimcha daromad topishga qaror qilgan bo’lsangiz – unda olg’a! Yuqoridagi bo'sh ish o'rinlaridan birini tanlang va pul ishlashni boshlang. Axir, mehnat bu, balog'atga etishning yana bir qadamidir, u o'zini va ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidir. Bu taksiga chiqish yoki piyoda borish, do'stlar bilan yeb ichish yoki yotoqxonada o'tirish tashkil qilish imkoniyati. Qaror berish o’zingizdan!

Barchangizga, o’qish va ishlaringizda omad tilayman, xayr salomat bo’ling!

Hurmat bilan Umidjon

Maqolaga baho bering!
( 2 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov / автор статьи
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: