Vkontakte – da qanday pul ishlash mumkin? Bu yerda pul ishlash oddiyligini ko’rib qoyil qolasiz

Vkontakteda pul ishlash

Barchaga salomlar!

VKontakte-da pul ishlashni ko'pchilik hali bilishmaydi. Aslida, ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ulkan armiyasidan, ulardan ozgina qismi undan daromad oladi. Ba'zi odamlar VK-da faqat uni yaratuvchilar va ularga yaqin odamlar pul ishlashlari mumkin deb o'ylashadi.

Aslida, har bir kishi pul ishlash imkoniyatiga ega. Nafaqat bu yerda, balki butun internetda pul ishlashning ko'plab usullari mavjud. Men internetda qanday qilib pul ishlash haqida ko’plab maqolalar yozdim, o’qib tanishishingiz mumkin.

Lekin keling hozir, Vkontakte ijtimoiy tarmog’ida qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida gaplashamiz. Bu yerda sizga hech qanday alohida bilim yoki tajriba kerak emas! Oddiy kundalik harakatlaringiz sizga qo’shimcha daromad keltiradi. Tasavvur qiling-a, endi sizda qo'shimcha daromad manbai bo'lishi mumkin. Bunday qulay imkoniyatdan foydalanmaslik gunoh, shunday emasmi?

Do'stlar va tanishlar bilan ma'nosiz suhbatlashish uchun soat, kun va haftani sarflashning o'rniga, bu vaqtdan unumli foydalanishingiz mumkin. Daromad olishni boshlash uchun siz, bor yo’g’i VKontakte-da ro'yxatdan o'tishingiz kerak. O’ylaymanki, siz buni allaqachon qilgansiz va pul topishga intilyapsiz.

 Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash bo’yicha qo’llanmalar

VK — da oddiy foydalanuvchi qanday qilib pul topishi mumkin?

Vkontakteda pul qanday ishlash mumkin

Aslida, bunday usullar juda kam. Ularni uchta asosiy yo’nalishga bo'lish mumkin:

  1. VKontakte sahifangizda pul ishlash.
  2. Akkauntingizni sotish.
  3. Guruhingizda daromad qilish.

Birinchi va ikkinchi usul darhol daromad keltiradi, ya'ni birinchi pulingizni bugun olishingiz mumkin. Uchinchi variant, o'z guruhingizni oldindan yaratish va reklama qilib rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Faqat shundan keyingina pul ishlashingiz mumkin.

Agar sizga zudlik bilan pul kerak bo'lsa va siz sahifangizga achinmasangiz, uni sotishingiz mumkin. Ammo, bu bir martalik daromad bo'ladi. Va, yangi egasi sizning akkauntingizni xohlagancha boshqarishi mumkin. Aytgancha, ushbu ijtimoiy tarmoq qoidalarga muvofiq, bunday savdo, rasmiy ravishda taqiqlangan.

Biroq, ushbu mavzu bilan qiziquvchilar Google orqali «akkaunt sotish» so’zini yozib, xaridorlarni topishlari mumkin. Akkaunt narxi, do'stlar soniga, ro'yxatdan o'tgan yiliga va boshqa ko'plab omillarga bog'liq. Aytgancha, VK-da sizning sahifangiz narxini baholaydigan dastur ham mavjud ((.

VKontakte-dagi o'z sahifangizda qanday pul ishlashingiz mumkin?

shaxsiy sahifada pul ishlash

Siz aniq, nima qilishingiz kerak? Barchasi oddiy va sodda. Siz, aniq harakatlarga qiziqqan boshqa odamlarning turli xil topshiriq va buyruqlarini bajarasiz. Masalan:

  • Layk bosish va izoh yozish
  • Kerakli ma'lumotlarni repost (qayta chop) qilish
  • Guruhga qo'shilish va do'stlaringizga xabar yo’llash
  • Do'stlarga qo'shilish yoki, aksincha yangi do'stlar qo'shish.

Ko'rib turganingizdek, hammasi juda oddiy. Ammo bitta muhim kamchilik bor, ya'ni, turli do’stlar va guruhlarga qo’shilishga to’g’ri keladi, oqibatda sizning shaxsiy sahifangiz “axlatxonaga” aylanishi aniq. Shuning uchun, vkontakteda pul ishlashni boshlaydigan bo’lsangiz, aynan shu maqsadlar uchun, alohida, ikkinchi akkauntni yaratishni tavsiya qilaman.

Partnyorkalar katalogi

Aks holda, siz tomondan shubhali harakatlarni sezib qolishsa, ijtimoiy tarmoq ma'muriyati, sizning akkauntingizni butunlay “ban” qilishlari mumkin. Haqiqiy akkauntingizni bloklashlarini xohlamaysiz albatta, to’g’rimi?

To'lov haqida gapiradigan bo'lsam, oldindan aytib qo’yay, siz millioner bo'lmaysiz va katta pul ham ishlay olmaysiz. Bu yo’l bilan katta pul ishlashning iloji yo'q, lekin, hech bo'lmaganda, bir oyda 1000 — 2000 ming rubl ishlay olishingiz haqiqat. Bunday oddiy harakatlar uchun, hech kim sizga ko'p pul to’lamaydi.

O’z sahifangizda qanday pul ishlashingiz kerak, ishni nimadan boshlash kerak va sizga pul to’laydiganlarni qayerdan izlab topish kerak? Buning uchun, to’g’ri kelgan joyda, barchaga yozish shart emas. Bunday ishlarni qilish uchun, alohida servizlar, saytlar mavjud. Siz bu saytlarda ro’yxatdan o’tasiz va o’zingizga yoqqan, turli topshiriqlarni bajarasiz.

Misol sifatida, shunday eng yaxshi saytlarning bir nechtasi:

  • Seosprint – juda foydali loyiha!
  • Qcomment.ru
  • Forumok.com
  • Prospero.ru

VKontakte-dagi guruxingizda qanday qilib pul ishlashingiz mumkin? Eng foydali usul!

vkontakte guruhida qanday pul ishlanadi

Agar sizda o'z guruhingiz bo'lsa, unda pul ishlashni boshlashingiz mumkin. Ushbu usulda, avvalgisiga qaraganda ko'proq pul topish mumkin. Ammo bu erda siz, ba'zi xususiyatlarni bilishingiz kerak.

Guruxdan daromad olish uchun, bir qator aniq, ketma-ket harakatlarni bajarishingiz kerak. Shundan so'ng, siz pul ishlashni boshlashingiz mumkin:

  1. Guruxingiz nima haqida bo’lishini o’ylab topishingiz kerak
  2. Guruxingiz uchun, to’g’ri nom tanlashingiz kerak (nom juda muhim ro’l o’ynaydi).
  3. Gurux ochish – eng oddiy bosqich, 5 daqiqa ichida ochish mumkin. Lekin, bu yerda ham bazi narsalarga e’tibor berishingiz kerak. “Vkontakteda guruxni qanday ochish kerak” nomli maqolani o’qib ochib olishingiz mumkin.
  4. Qiziqarli va eng asosiysi, foydali malumotlar bilan to’ldiring
  5. Iloji boricha ko'proq, jonli (aktiv) va faol odamlarni jalb qiling
  6. Doimiy ravishda yangi ma’lumotlar qo'shing va guruhingizni targ'ib qiling.

Shu ishlarning barchasini bajarib bo’lganingizdan keyin, yaxshi, ko'p yoki kamroq bo’lgan barqaror (doimiy) daromadga erishishingiz mumkin.

Siz Vk-dagi guruhda bir necha usul bilan pul ishlashingiz mumkin:

  • Reklama e'lonlarini joylashtirish
  • Hamkorlik dasturlarida pul ishlash.

Reklama bu, guruh daromadining asosiy manbalaridan biri. Ya'ni, kimdir sizning jamoangizdagi devorga, o’zining saytiga, qandaydir mahsulotiga, yoki, xizmatiga havola (ssilka) qoyilgan e’lonni qo’yishni xohlab qolishi mumkin. Buning uchun, shu odam sizga pul to’laydi va siz uning e’lonini guruhingizda nashr qilasiz.

Bunday postlarning har birining narxi 1000 rublgacha bo'lishi mumkin. Barchasi, guruhingizdagi a'zolar soniga bog'liq. Garchi bu, narxga ta'sir etuvchi omillardan biri. Guruhingizdagi odamlar faol bo'lishi kerak.

Reklama ma'lum bir belgilangan vaqtga va joyga joylashtirilishi mumkin. To'g'ridan-to'g'ri reklama qo’yishni taklif qiluvchilar bo’lishi mumkin, ammo, eng oson yo'li — bu jarayonni, avtomatlashtirilgan birjalar orqali qilgan maqul.

Mana, ikkita yaxshi birjalar namunasi:

  • Sociate.ru
  • Plibber.ru

vkontakteda hamkorlik dasturlari orqali pul ishlash

Hamkorlik dasturlarida pul ishlash uchun sizning guruhingiz tirik (faol) bo'lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, uning barcha ishtirokchilari haqiqiy odamlar bo’lishi kerak. Ular guruhingiz mavzusiga qiziqishadi va har kuni guruhga kirishadi. Albatta, bunday obunachilar qancha ko'p bo'lsa, daromad ham shuncha yuqori bo'ladi.

VK-da, hamkorlik dasturlarida daromad olishning mohiyati oddiy. Devorga kerakli mahsulot, yoki xizmatning sheriklik havolasi bilan, chiroyli xabarni joylashtirasiz. Mahsulotga qiziqqan odam, havola (ssilka) orqali o’tb, mahsulotni sotib oladi va sizga ajratilgan pul sizning hisobingizga tushadi.

Guruhdagi reklama posti uchun siz, 1 marta belgilangan miqdordagi summani olasiz. Hamkorlik dasturlarida esa, mahsulot yoki xizmatni sotib olgan har bir kishi sizga daromad keltiradi. Ya'ni, siz har kun daromad olishingiz mumkin. Yangi obunachilar esa, daromadning oshishiga hissa qo’shishadi.

Bunday hamkorlik dasturlarini topish qiyin emas, qidiruv tizimlaridan foydalana olsangiz bo’ldi (((. Hatto qidirib qiynalishingizga ham hojat yo’q, agar guruhingiz mavzusiga to’g’ri kelsa, o’zim sinab ko’rgan hamkorlik dasturlarini bir joyga yigib qo’ydim, bemalol foydalanishingiz mumkin.

Bundan tashqari, “Bilimlar bazasi” onlayn maktabimizda tashkil qilingan “Hamkorlik dasturlarida pul ishlash” onlayn marafonida qatnashib, pul ishlashning bu turini yanada mukammal o’rganishingiz mumkin.

VKontakte-da bir oyda qancha pul ishlash mumkin?

vkontakteda bir oylik daromad

Eng qizig’i, guruhda, bir oyda ishlanadigan pulning miqdori cheklanmagan. Bu, 10, 20, 30 ming rubl va undan ko’p bo’lishi ham mumkin. Misol uchun, tashrif buyuruvchilari ko’p bo’lgan faol guruhda, faqat bitta reklama posti 500 rubl bo’lishi mumkin. Albatta, siz yaxshi rivojlangan guruhingizni juda yaxshi pulga sotishingiz ham mumkin, lekin unda, siz bir marta daromad qilasiz. Yaxshisi uni rivojlantiring, vaqt o'tishi bilan passiv (doimiy) daromadga aylantirishingiiz mumkin.

VKontakte-da pul ishlashning yana boshqa yo’llari bormi? 

vkontakteda pul ishlash yo'llari

Ha bor. Faqat ular, endi boshlayotganlarga unchalik to’g’ri kelmaydi, lekin shunday bo’lsa ham qisqacha aytib o’taman. Xullas, bu yerda hech qanday “Layk” bosish, yoki guruh ochish kerak emas. Bular quyidagi yo’llar:

  • Vk-dagi guruhlar uchun, chiroyli menyu yaratish. Fotoshopda ishlashni bilish, hech bo’lmaganda, HTML-ning asosini bilish kerak bo’ladi. Bitta menyuning narxi 100 rubldan boshlanadi.
  • Vk-dagi boshqa birovlarning guruhini rivojlantirish. Bu yerda, ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib qilish asoslarini bilish kerak.
  • Guruhlarni ma’lumot bilan to’ldirish va yuritish. Qiziqarli va foydali postlar tayyorlaysiz va ularni guruhlarga joylashtirasiz.

Yuqoridagi ishlarni qila oladigan odam bo’lsa, men o’zim birinchi mijoz (((. Shunday mutaxasis qi diryapman, ishlashni xohlasangiz, izohlarda yozing, yoki, aloqa bo’limidan bizga xabar bering!

 

Mana bo’ldi, endi siz ham bilasiz, VK-da qanday pul ishlashni. Ishonavering, bugungi kunda juda ko’p insonlar va katta kompaniyalar bu tarmoqdan yaxshigina daromad qilishayapdi. Siz ham chetda qolmang. Oddiy harakatlardan boshlash mumkin, faqat boshlash kerak xolos, boshlang va yaxshi daromadlarga erishing. Barchaga omad tilab xayrlashaman, xayr!

Hurmat bilan Umidjon

Maqolaga baho bering!
( 2 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 1
  1. Javohir

    Assalomu alaykum yozgan maqolaringizga gap bõlishi mumkin emas juda ajoyib

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: