Uzinfobiz.com bilimlar bazasi: bu nima degani, unda ro’yxatdan o’tish va o’qishni qanday boshlash kerak?

Bilimlar bazasi

Salom do’stlar. Sizlar bilan men Umidjon Obudov va bugungi maqolada, internet orqali biznesni yo’lga qo’yish, ya’ni, masofadan turib ishlash, daromad manbaalarini yaratishni o’rgatuvchi, qadamba – qadam o’quv darslarini o’z ichiga olgan “Bilimlar bazasi” nomli onlayn maktabimizni ochganligimizni sizlarga ma’lum qilmoqchiman.

Mana bir necha yildirki, o’zimning shaxsiy blogim orqali, internetda pul ishlash, masofadan turib ishlash, sayt tuzish kabi yo’nalishlarda o’z tajribalarim bilan, mutloqo bepul, sizlar bilan o’rtoqlashib kelayapman. Va sizlardan, nimadan boshlash kerak, nima qilish kerak, nimani o’qish kerak qabilidagi ko’plab savollar, maqolalarimga izohlar kelyapdi.

Barchasiga javob berishga, har biringizga yordam berishga harakat qilayapman. Lekin, turli savollar beruvchilar soni kundan kunga ortib, ko’payib borayapdi va ba’zida bir kunning yarmi savollarga javob berish bilan o’tib qolayapdi.

Shu sababli menda, “Bilimlar bazasi” ni yaratish g’oyasi paydo bo’ldi.

Uzinfobiz.com bilimlar bazasi nima degani?

Keling, bu nima deganini qisqacha tushuntirib o’taman.

Bilimlar bazasi – bu pullik va bepul o’quv materiallari bo’lgan yopiq platforma. Ma’lumotlar bazasida biz o’rganamiz, muloqot qilamiz, tajriba almashamiz, yangi imkoniyatlarni kashf etamiz va hayotimizni yanada go’zal va qiziqarli qilamiz.

U erda muallifning bosqichma-bosqich darsliklari va barcha kerakli materiallar saqlanadi. Eng muhimi, ularning barchasi bosqichma-bosqich qo’llamalardan tuzilgan. Siz shunchaki, darslarni o’rganishingiz, ularni tartibda bajarishingiz va natijaga erishishingiz kerak xolos.

Hozirda quyidagi kurslarni o’tish mumkin:

  1. Biznes va shaxs rivojlanishi yoxud tezkor start” kursi
  2. Shaxsiy sayt (blog) ni qanday tuzish va unda pul ishlash kerak” kursi.
  3. Noldan boshlab hamkorlik dasturlarida pul ishlash” kursi.
  4. Shaxsiy onlayn maktabni qanday ochish va yuritish mumkin” kursi.
  5. Java dasturlash tilini o’rganish” kursi.
  6. Lending Page yaratish” kursi

Malumotlar bazasida o’qish bo’yicha qo’llanma

Bilimlar bazasi yangi sistema asosida ishlaydi, lekin, hech qanday qiyinchilik joyi yo’q. Sizga tushunarli bo’lishi uchun, qadamba-qadam aytib o’taman.

Qanday ro’yxatdan o’tish kerak?

Qanday ro’yxatdan o’tish kerakligi to’g’risidagi video qo’llanmani quyida ko’rishingiz mumkin.

Maktab darslariga o’tish uchun, sizga nimalar kerak bo’ladi:

Qadam 1. Bilimlar bazasining bosh sahifasiga kirishingiz kerak – uzinfobiz.com.

Saytning yuqoridagi menyusida joylashgan “Ro’yxatdan o’tish”, yoki, quyidagi qizil tugmachaga bosasiz:

Ro'yxatdan o'tish

Qadam 2. Shaxsiy xona ochish uchun ma’lumotlaringizni kiriting:

DIQQAT! Kiritgan ma’lumotlaringizni yo’qolib qolmaydigan joyga saqlab qo’ying.

Malumotlarni kiritish

Ma’lumotlaringizni kiritib bo’lganingizdan keyin “Регистрация” tugmasini bosing. Shundan keyin sizning pochtangizga tasdiqlash xati yuboriladi:

Xabar yuborildi

Qadam 3. Pochtangizga kiring va obunani tasdiqlang. Agar xat darhol kelmagan bo’lsa, “Spam” papkasini tekshirib ko’ring. Shunda ham xat kelmagan bo’lsa, menga yozing:

Spamni tekshirish

Qadam 4. Bilimlar bazasi bosh sahifasiga kirib, menyudagi “Kirish”, yoki, quyidagi yashil tugmaga bosib, login va parolingizni kiritib, maktabga kiring va o’qishni boshlang:

Xonaga kirish
Login parolni kiritish

Maktabda ro’yxatdan o’tish bo’yicha video qo’llanma:

Darslar qanday o’tiladi?

Bosh sahifada login va parolingizni kiritib maktab ichiga kirganingizdan keyin barcha darslarni ko’rasiz. Har bir kurs qanday o’tilishi to’grisida, kursning birinchi darsida to’liq ma’lumot berilgan:

Birinchi darsga kirish

Yangi dars, uyga vazifa va kerakli shartlarni bajargandan keyin ochiladi.

Keyingi dars ochilishi uchun, birinchi darsning “Домашнее задание” bo’limiga kirib, uyga vazifa va shartlarni bajarishingiz kerak:

Uyga vazifani bajarish

DIQQAT! Keyingi dars ochilishi uchun, topshiriqning barcha punktlari bajarilishi shart.

Uyga vazifa shartlari

Barchasi oddiy!

Agar sizda qandaydir muammo tug’ilsa, yoki bir nima ishlamay qolsa, albatta quyida izohlarda qoldiring.

Hurmat bilan Umidjon Obudov

Текст на русском

База знаний Uzinfobiz.com: что это значит, как зарегистрироваться и начать учиться?

Привет, ребята. В сегодняшней статье я хотел бы сообщить вам, что мы с Умиджоном Обудовым открыли нашу онлайн-школу под названием «База знаний», которая включает в себя пошаговые обучающие курсы по открытию бизнеса через Интернет, то есть удаленной работе, созданию источников дохода.

Вот уже несколько лет я делюсь с вами своим опытом в сферах заработка в интернете, удаленной работы, создания сайта, абсолютно бесплатно, через свой личный блог. И от вас поступает много вопросов и комментариев к моим статьям, типа с чего начать, что делать, что читать.

Я стараюсь ответить всем и помочь каждому из вас. Однако количество людей, задающих разные вопросы, увеличивается день ото дня, и иногда на ответы уходит половина дня.
Поэтому у меня возникла идея создать «Базу знаний».

Что такое база знаний Uzinfobiz.com?
Позвольте мне кратко объяснить, что это значит.
База знаний представляет собой закрытую платформу с платными и бесплатными обучающими материалами. В базе мы учимся, общаемся, делимся опытом, открываем для себя новые возможности и делаем свою жизнь краше и интереснее.

Там хранятся авторские пошаговые инструкции и все необходимые материалы. Самое главное, что все они состоят из пошаговых руководств. Вам просто нужно усвоить уроки, делать их по порядку и получать результаты.

На данный момент доступны следующие курсы:
Курс «Бизнес и личное развитие или быстрый старт».
Курс “Как создать личный сайт (блог) и зарабатывать на нем”.
Курс “Заработок с нуля на партнерских программах”.
Как начать и провести курс частной онлайн-школы.
Курс “Изучение языка программирования Java”.
Курс “Создание Landing Page”.
Руководство по изучению базы данных

База знаний работает на новой системе, но проблем нет. Расскажу пошагово, чтобы вам было понятно.
Как зарегистрироваться?
Ниже вы можете посмотреть видеоинструкцию о том, как зарегистрироваться.
Для посещения школьных занятий вам понадобятся:
Шаг 1. Вам необходимо войти на главную страницу базы знаний – [mask_link]uzinfobiz.com.[/mask_link] «Регистрация» находится в верхнем меню сайта, либо нажать на следующую красную кнопку:

Шаг 2. Введите свои данные, чтобы открыть приватную комнату:
ВНИМАНИЕ! Сохраните введенную информацию в надежном месте.
После ввода данных нажмите кнопку «Регистрация». После этого на вашу почту придет письмо с подтверждением:

Шаг 3. Зайдите в свою почту и подтвердите подписку. Если письмо не пришло сразу, проверьте папку «Спам». Если вы до сих пор не получили письмо, напишите мне:

Шаг 4. Заходим на главную страницу базы знаний, в меню нажимаем «Войти», либо на зеленую кнопку внизу, вводим логин и пароль, входим в школу и начинаем обучение:
Видеогид по регистрации в школу:

Как проходят занятия?
После входа в школу, введя логин и пароль на главной странице, вы увидите все уроки. Первый урок курса дает полную информацию о том, как будет проводиться каждый курс:
Новый урок открывается после выполнения домашнего задания и предварительных условий.
Для того, чтобы открылся следующий урок, вам необходимо зайти в раздел “Домашнее задание” первого урока и выполнить домашнее задание и требования:
ВНИМАНИЕ! Для того, чтобы открылся следующий урок, необходимо выполнить все пункты задания.

Все просто!
Если у вас возникли проблемы или что-то не работает, пожалуйста, оставьте комментарий ниже.

Оцените материал
( 4 assessment, average 4.5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 12
  1. zilola

    Assalomu alaykum. Man rossa qiziqaman shunaqa narsalaga. Tekinmi bu ili pulli? shuni tushuntirib bersangiz, keyin, sizga telegram haqidayam savol berudim, uniyam javobini yozib yuborsangiz.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Ro’yxatdan o’tish bepul, qo’rqmasdan ro’yxatdan o’tib, maktab ichiga kirib ko’rishingiz mumkin. Maktabda pullik kurslar ham bor, bepulliklari ham bor. Telegram haqidagi savolizgayam javob qildim.

  2. Muni

    Men royxatdan otolmayabman 2 qadamni bajardim 3 qadamga otolmadim chunki emailmga hech qanday tasdiqlash kelmadi spamda ham yoq

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Pochtangizga javob yozdim.

  3. +998333

    ;-)

  4. SH

    Yaxshi alo zo’r

  5. Ulug'bek Shamsiddinov

    salom

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom.

  6. Jahongir

    Men sheriklik dasturi boʻyicha savollar bermoqchiman.Qayde pul ishlayman shu yeriga tushunmay qoldim. Taklif qilgan odamim kurslardan birontasi sotib olishi shartmi yo roʻyhatdan oʻtsa kifoyami rahmat oldindan javob uchun

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Kurslardan birontasini sotib olishi kerak…

  7. guljaxon

    kurslardan sotib olmasa hech narsa o’rgatmaysizmi? bepul dedingizku kursingizni!

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Kurslar hozircha bepul, bemalol maktabimizda ro’yxatdan o’tib berilgan ma’lumotlarni o’rgana boshlashingiz mumkin.

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: