Telegram bot qanday yaratiladi, uning turlari, vazifasi va foydasi

Telegram bot yasash

Assalomu aleykum, blogimizning o’quvchilari! Menimcha, oramizda “bot” so’zini eshitmagan inson bo’lmasa kerak. Agar, bu tushunchaga birinchi marta duch kelayotgan bo’lsangiz, muammo yo’q! Chunki, bugungi maqolamda, telegram bot yaratish, uning turlari va bot o’zi nimaligi haqida gaplashamiz.

Oldingi maqolalarimdan, Telegram messenjeri  bugungi kunda mavjud barcha operatsion tizimlar uchun to'liq moslanganligi va har bir kishi uni o’z gadjetiga o’rnata olishi  va  foydalanishi  mumkinligi haqida bilib oldingiz.

Dastlab, dastur tezkor xabarlar, fotosuratlar, videolar va fayllarni yuqori tezlikda uzatish uchun mo'ljallangan edi, lekin amalda, messenjerning rivojlantirish  guruhi  unga turli xil botlarni yaratish va ulardan foydalanish imkoniyatini qo'shdi.

 

Telegramda ishlash bo'yicha to'liq qo'llanmalar

Telegram bot o’zi nima?

Telegram bot nima degani

«Bot» so'zi «robot» so'zining qisqartmasidir. Botlar turli funktsiyalarni bajaradigan va foydalanuvchilarning hayotini soddalashtiradigan maxsus dasturlardan biridir. Telegram platformasi uchun yozilgan botlar , turli xil funktsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan: yangiliklar, ma'lumot olish va hatto qimmatli qog'ozlar savdosi uchun ham.

Botning asosiy vazifasi, foydalanuvchi tomonidan kiritilgan buyruqga avtomatik javob berishdir. Shu bilan birga, to'g'ridan-to'g'ri telegram interfeysi orqali ishlaydigan ushbu dastur, foydalanuvchi harakatlariga taqlid qiladi, shuning uchun ham botdan foydalanish juda qulay va tushunarli hisoblanadi.

Agar siz tadbirkor bo’lsangiz, albatta botlardan foydalanishni maslahat bergan bo’lardim. Chunki, internet orqali biznesni rivojlantiradigan ko'plab kompaniyalar bir necha sabablarga asoslanib  botlardan foydalanadilar.

Bu botlar qanday imkoniyatlarga ega:

  1. Maqsadli auditoriya bilan muntazam aloqada bo’lishga imkon beradi.
  2. Botlar bir xil usulda ishni tezda bajaradilar, bu esa ishchilar sonini kamaytirib kompaniyaning pulini tejaydi.

Telegramdagi botlarning turlari

Telegram bot turlari

Telegramda bitta umumiy turdagi botlardan foydalaniladi, ular odatdagi foydalanuvchilardan faqatgina «bot» prefiksining mavjudligi bilan ajralib turadi. Botlarning o'zi bir necha yo'nalishlarga bo'linadi:

  • Chat botlar. Foydalanuvchi tomonidan belgilangan mavzuda muloqotni ifodalovchi eng oddiy chatdir.
  • O'yin botlari. Turli o'yinlarni o'ynashingiz mumkin bo'lgan botlardir. Ko'pincha, bu Combats.ru zamonidagi, turli o'yinlarining matnli variantlaridir.
  • Asistent botlar. Turli xil onlayn xizmatlar tomonidan asosiy web-versiyaga qo'shimcha sifatida ishlab chiqilgan botlar.

Aslida, aniq bir  bo'linish yo'q, chunki, ba'zi botlarda bir vaqtning o'zida bir nechta mexanika mavjud  bo’lib, u ko'plab maxsus vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradi. Ularning yordami bilan siz tarjima qilishingiz, o'rganishingiz, test qilishingiz, ma'lumot izlashingiz, o'yinlarni o'ynashingiz mumkin.

Ma’lumot uchun! Telegramdagi barcha botlar bepul, ammo 2017da Pavel Durov bunday dasturlarni pullik variantini o'rnatish va ulardan foydalanish imkoniyatini e'lon qildi.

Bot qanday ishlaydi?

Telegram bot qanday ishlaydi

Telegramdagi botlarning mexanikasi dasturchilar uchun ko’proq tushunarli, shunga qaramasdan men sizga tushuntirishga harakat qilaman.

Demak, bot, aslida sizning serveringizda turli xil dasturlash tillarida yozilgan, alohida dastur orqali ishlaydigan “richagdir" dir. Shuning uchun, bunday dasturni boshqarish bot orqali amalga oshirilishini aytib o’tsam  to'g'riroq bo'ladi.

Foydalanuvchi va bot o'rtasidagi ish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:


Bot foydalanuvchisi unga buyruq beradi — > bot sizning serveringizga buyruqni uzatadi — > serveringizdagi dastur botdan olingan so'rovni qayta ishlaydi — > Server botga javob beradi — > bot foydalanuvchi dasturining ekranida javobni ko’rsatadi.


Har safar  tugmachalarni bosganingizda va Telegram bot bilan o'zaro aloqada bo'lganingizda, bu sikl takrorlanadi. 

Telegramda bot qanday yaratiladi?

Telegram bot yaratish

Bot nimaligini va uning turlari haqida bilib oldik, endi esa, keying masalaga o’tamiz. Telegramda bot yaratish nazariyasi qanday ekan? Javobimiz esa quyidagicha:

Siz mustaqil ravishda telegramda bot yozishingiz mumkin. Buning uchun dasturni qanday maqsadda yaratilayotganini aniqlashtirishimiz kerak:

  • Xabarlarga javob berish,
  • Valyutani konvertasiya qilish yoki boshqa funktsiyalarni bajarish

Agar, dasturlash tillarini bilmasangiz- bu muammo emas. Oddiy robotlarni ularsiz ham yozish mumkin. Ishni boshlash uchun @BotFather botiga obuna bo'ling va uni ishga tushiring, so'ngra quyidagi ko'rsatmalarga rioya qilib, ketma-ketlikda bajaring:

  1. Buyruq satriga / newbot deb yozing (yangi bot yaratadi).
  2. @BotFather sizga dasturga nom berishni taklif qilishini kuting.
  3. Botingizni xohlaganingizcha nomlashingiz mumkin, faqat nomni ohirida “bot” so’zini qo’shishni unutmang.
  4. Shu yerning o’zida siz, botning avatarini qo'shishingiz va uni ta'riflashingiz mumkin.
  5. @BotFatherdan noyob belgi (token) olishingiz mumkin.
  6. Uni biron-bir matn fayliga nusxalang va yo'qotmaslik uchun xavfsiz joyda saqlang (belgi (token) ni eslab qolaman deb umid qilmang).

Telegram bot yaratishga oid video:

Ushbu harakatlar botni yaratishga yordam beradi, lekin unga har xil funktsiyani bajarishni o'rgatish uchun siz dasturlash tilida kod yozishingiz yoki maxsus dasturlarning imkoniyatlaridan xabardor bo’lishingiz kerak, masalan, Paquebot dasturidan. Ushbu xizmat juda ko'p muammosiz funktsional robotlarni yaratishga yordam beradi.

Xulosa

Ko’rib turganingizdek, Telegram botlar ijtimoiy tarmoqlardagi standart robot messenjerlaridan ancha o’zib ketishdi. Musiqa, video va kitoblarni yuklab olish, avtomobil va telefon raqamlarini tekshirish, investitsiyalarsiz daromadlar, shuningdek, o'yinlar, yangiliklar va o’nlab shu kabi xizmatlarning o’rnini bosayapti.

Siz ham, hurmatli o’quvchi, zamon va yangi texnologiyalar bilan hamnafas bo’lishga harakat qiling. Bizning blogimizdagi maqolalar esa, sizga, bunda yordam  beradi. Savollaringiz va takliflaringizni izohlarda kutib qolaman! Bizdan uzoqlashmang, keying maqolalarda ko’rishguncha, xayr!

 Hurmat bilan Tuychiyeva Malika

Maqolaga baho bering!
( 35 , average 4.43 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 48
  1. Bobur

    elektron pullarni ayirboshlaydigan bot qanday yaratiladi iltimos bilsangiz shu haqida o`rgating rublni uzcartdga obmen qiladigan sytlar shunday bot yaratib ishlashayapdi men qanday qilinishini tushuna olmayapman shu haqida malumot bersangiz. Sizdan Minnatdor Bo`lar Edim.

    1. Umidjon Obudov (author)

      Salom. Bunday bot yaratish uchun siz dasturlash tillarini bilishingiz, yoki, maxsus dasturlarning imkoniyatlaridan xabardor bo’lishingiz kerak, masalan, Paquebot dasturidan.

      Manabu yerda yaratilgani bor ekan, men ishlatib ko'rmadim, anonimni ishlaymiz deyapdi, menga shubhali ko'rindi: telegram.org. ru/9895-obmen-elektronnyh-valyut.html

      Va yana Kwork saytida 9000 rublga yaratib beramiz deyishyapdi: clck. ru/H76YY

    2. UzMax Boy

      Salom. Pullik yaratib beramiz telegram

    3. Doniyor

      Men bot yaratdim lekin grupada yozadigon qilolmayabman agar shuni bilselar o'rgatvorila

  2. Jasurbek Qo'ldoshev

    😆😆😆😆😆😆😆😆😆

    1. САИДА

      ТЕЛЕГРАММДАГИ КАНАЛЛАР МЕГАСИ ҚАНДАЙ ОЧИЛАДИ ИЛТМОС БИЛСАНГИЗ ПУЛГА ЎРГАНМОҚЧИМАН

      1. Farrux

        Botfatherdan sednameni sorashni maslahat beraman va ushbu namega kanalni nomlashni soraydi unga bir ikta nom berib botfatherga jonatasiz sizga kod jonatadi kodni yozib jonatasiz kanal yani mega kanallarni aktivlashtirishga start beradi

        1. Shaxriyor

          Assalomu alaykum bizga taksi firmaga bot yaratish kerak u qanday bot turi boladi bizga zakaz bot qilish kerak misol uchun bizga 2ta taksi firmani bot yoqdi shunga bizga bot yaratish kerak shu botlar bir koring iloji bo'lsa royalbot biznestaxibot

  3. 12345

    Paquebot dasturini topolmayabman. Yordam beringlar

    1. Umidjon Obudov (author)

      Paquebot ning nomi hozir Chatfuel ga o'zgargan. chatfuel. com deb yozib kiring.

  4. Zohid

    Davlatni top degan bot boru osha rostakammi devotganim pul ishla va kartangizga chiqarib oling degan 5 kun otti haligacha otmagan

    1. Umidjon Obudov (author)

      Salom. Bunday o'yinlarga qiziqmayman, sizga ham maslahat bermayman.

    2. Dilmurod

      Davlatni top oyini yolgonmi

      1. G'olib

        Ha yolgon

  5. Bekzodjon

    bot orqali xuddi chattek odamlaga yozsa bo'ladimi ular start bosmasalar xam .bot ochib odamlani userlariga yozsam xuddi spam bo'lgandek undov belgisi chiqvotti.odamlaga yozmoqchiman iloji bormi mustaqil yoziwwi

  6. Maruf

    Salom telegram grupadagi odamlani qanday sanasa bo‘ladi sanash uchn bot bormi

    1. Umidjon Obudov (author)

      Valeykum salom. Sanash nimaga kerak, akkauntning yuqorisida ko'rsatib turibdiyu.

    2. Islom

      Salom test kalitlarini tekshiradigan bot qanday yasaladi?

  7. Joxa

    Joxa

  8. Umurzoq

    Salom. Telegramda o'yin o'ynaydigan botni qanday yaratsa bo'ladi

  9. Улугбек

    Ука биз ботдан нарса сотмокчимиз, махсулотларимиз купгина ичимликлар, агентларимиз улгирмаган пайтлари бот оркали заказ олсак буладими

    1. Umidjon Obudov (author)

      Ассалому алейкум. Ха албатта булади.

  10. Murodjon

    Masalan kanallarda murojaat uchun botlar yaratiladiku o'sha botga keladigan xabarlarni bir necha kishi ko'radigan qanday qilinadi?

  11. Dilmurod

    Bot da qanday qilib pul ishlasa bo'ladi

  12. Samandar

    не установлена временная зона

    буни қандай тўғриласак бўлади.

    Жавоб учун олдиндан раҳмат

  13. Zoom

    Salom. Men oddiy bot 'chgandim lekin unga qoshilgan odamlardan hech narsa kelmayabdi. Masalan abtuz kanalini olaylik unda test yuboradi javoblarini ... shu botga yuboring deb yozadi. U botga yozgandim adminda xabar keldi ozi yozdi. Menda xabar kelmayabdi shuni togirlasa boladimi iltimos. Oldinnan RAXMAT

  14. Жасур

    Лайк босиш учун каналга аьзо булиш керак килиб куядиган функция кушиш учун нима килиш керак

  15. Sardor

    Salom man bu maqola bo'ycha bot yarratim ammo unga qanday buyruq kiritishni bilmayabman iltimos yordam beringlar. Oldindan raxmt...!

  16. AVERBEK

    Sizdan iltimos telegramda shahsiy uzimga bot yaratmoqchiman iloji busa shuni yozib tashab yubora olmisizmi boshidan telegram accountimga

    @ mmaarrkkssmmaann

    iltimos

    1. Umidjon Obudov (author)

      Aynan nimani yozib tashashim kerak.

  17. Mehriniso Qudratova

    Bu ma'lumotlaringizni kimdan qizg'anyapsiz bizdanmi? Copy qilishni yopibsiz. Nima bo'pti boshqalar shu ma'lumotlardan foydalansa.

    1. Umidjon Obudov (author)

      Avvalam bor valeykum salom. Ma'lumotlardan qizg'onsam internetga chiqormasdim. Saytimni rivojlantirish uchun shunday qilishga majburman. O'quvchi saytda qanchalik ko'p ushlanib tursa, shunchalik saytimning rivojlanishiga foydasi bor. Agar har bir o'quvchi saytdagi ma'lumotlarni kopiya qilib qaytib saytimga kirmasa sayt yuritishdan menga nima naf. Bu ma'lumotlarni yozish uchun qancha mehnat qilinadi, ko'z nuri ketadi, kancha bosh qotiriladi. Men sizdan pul so'ramayapmanu 😲, birovning mehnatini ham bir oz qadrlashga o'rgansak yaxshi bo'larmidi, egoistlik qilmasdan.

    2. Shaxriyor

      Assalomu alaykum bizga taksi firmaga bot yaratish kerak u qanday bot turi boladi bizga zakaz bot qilish kerak misol uchun bizga 2ta taksi firmani bot yoqdi shunga bizga bot yaratish kerak shu botlar bir koring iloji bo'lsa royalbot biznestaxibot

  18. Javohir

    Assalomu alaykum. Menga testlarni tekshiradigan bot kerak edi.

  19. Azamat

    Salom

    1. Umidjon Obudov (author)

      Valeykum salom.

  20. Nodirbek

    Oka telegramda test tekshiradigan bot yaratish to‘g‘risida vidyorolik yo‘qmi

    O‘zingiz shunday bot yasab berolasizmi?

  21. Islom

    Salom test kalitlarini tekshiradigan bot qanday yasaladi?

  22. Ulugbek

    Assalomu aleykum savol javobda ball qoshib turadigan Tablo botni qanday yaratsa boladi? Oldindan rahmat.

  23. Bolajak dasturchi

    Assalomu aleykum telegramda siz hohlagan botlarni tuzib beramiz hizmatlar sifatlik va hamyonbop @TILONCODES

  24. Abror

    @hogwarts_vs_ministry muhokama guruhi uchun bot kere yasab berolaslami suhbatdosh bot

  25. Мария

    Канде килиб телеграм группани у́чирса булади админи йук группани хаммадан :roll: :|

  26. Murodjon Karimov

    Assalomu alaykum. Bitta savolim bor edi. Men bot ochgandim lekin uni boshqara olmayapman. Unga narsalar joyla olmayapman shunga yordam bervorilar.

    OLDINDAN KATTAKON RAXMAT!!!

  27. Diyorjon

    saytga gap yoq Kop fikirlarni oqidim Kormay qolgan bolishim mumkun Bot saytga Qanday Ulaydi Webhookni ishlata olmayabman.Boshqa Harqanday bot ocholaman Yordam Kerak bolsa @Aloqa6799_BOT shuga yozingizlar

  28. Firdavs Khalilov

    Salom oka manda tayor php bot kodi bor bot ham ochganman lekin php ni qayerga joylash kerakligini bilolmayaman shuni javobini etib yuboring php kodni qayerga joylash kerak nima qilsam bot uzi avtomatik tarzda javob beradi? :?:

  29. Raxat

    assalawmu alikum telegramda elektron kitoblar va boshqa narsalarni qanaqa qilib joylashtirsak boladi?

    iltimos tushindirip bering

    1. Umidjon Obudov (author)

      Valeykum salom. Kanal ochasiz va yuklaysiz. Manabu maqolalardan o'qib olishingiz mumkin; uzinterbiz.com/ijtimoiy-t...lash-kerak/.html uzinterbiz.com/ijtimoiy-t...b-qilinadi/.html

  30. Murodjon Karimov

    Assalomu alaykum. Bitta savolim bor edi.

    Man php kodi orqali yangi bot yaratganman edim. Shu botga qanday qilib commend qoysa boladi ya'ni botFather da xam boladiku /newbot deb yozyakkanda teparog'ida chiqib turadiku.

    Oldindan raxmat!

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: