Maqolangizni blogimda qanday nashr qilishingiz mumkin? Tartibi va shartlari

Salom do'stlar va blogimga tashrif buyuruvchilar!

Ushbu sahifada maqolalaringizni uzinterbiz.com saytida joylashtirish shartlari va qoidalarini o'qishingiz mumkin.

Ayni paytda men qiziqarli va foydali kontent yaratishga yordam beradigan bir nechta mualliflar bilan hamkorlik qilyapman.

Siz ham bizning jamoamizga qo'shilishni istasangiz Amaliy yordam bo'limidan menga xabar bering.


Iltimos, menga yozishdan oldin, quyida yozilgan barcha shartlarni o'qing!


Nima uchun bu siz uchun foydali?

Chunki, sizning ushbu blogda yozgan har bir maqolangiz malum vaqtdan keyin qidiruv tizimlarida eng yuqori, kamida TOP — 3, TOP — 10  o'rinlarni egallaydi, agar egallamasa, toki yuqori o'rinlarga chiqmagunicha maqolaga qayta ishlov beriladi, takomillashtiriladi. Har bir maqola bilan shaxsan o'zim shug'ullanaman, jamoam esa menga yordam berishadi.

Shunday qilib maqolangiz yuqori o'rinlarga chiqsa, demak siz maqola orqali berayotgan malumotlaringizni ko'pchilikga уetkaza olasiz. O'zingiz tushunganingizdek, blogimning auditoriyasi va qidiruv tizimlaridan kelgan minglab o'quvchilar maqolangizni o'qishadi.

  Keling, har birimiz uchun o'zaro manfaatli shartlarni topaylik!

  • Agar siz frelanser bo'lsangiz, masofadan turib ishlayotgan bo'lsangiz yoki blogimning mavzusiga oid malum bir sohada malakangiz bo'lsa va o'z tajribalaringiz bilan o'rtoqlashishga tayyor bo'lsangiz, blogimda maqola yozish orqali o'zingizga ko'plab maqsadli mijozlar orttirishingiz mumkin.
  • Agar siz kopirayter bo'lsangiz, yoki maqola yozishni o'rganishni xohlasangiz va shu bilan birga daromad olishni istasangiz, unda biz siz bilan vaqtinchalik yoki uzoq vaqtga hamkorlikda ishlashga kelishib olishimiz mumkin. Men sizga maqola qanday yozilishini o'rgataman va har bir maqolangiz uchun sizga haq to'layman. Balkim, agar siz tushunadigan odam bo'lsangiz, maqolangizdan keladigan foydaning malum bir foiziga kelishishimiz mumkin va maqolangiz sizga uzoq yillar daromad keltiradi.
  • Agar siz sayohatda yursangiz, sayohat qilishni yaxshi ko'rsangiz va o'zingiz guvoh bo'lgan yoki o'zingiz bilan sodir bo'lgan qiziqarli, foydali voqealar, yangiliklar bilan o'rtoqlashishni istasangiz va bizga taklif kiritsangiz, biz siz bilan hamkorlik qilish yo'llarini ko'rib chiqishga tayyormiz va bizga bergan materialingiz uchun haq to'laymiz.
  • Agar siz bloger bo'lsangiz, va blogimning o'quvchilari uchun qandaydir foydali malumotlar berish orqali o'zingizni tanitishni istasangiz, blogimga xush kelibsiz. Tanishamiz, men o'zim har qachon boshqa bloglarda mehmon maqolalarimni qoldiraman va bilaman bu qanday foydali ekanligini.
  • Agar siz reklama beruvchi bo'lsangiz, yoki shunchaki bir nimani piar qilmoqchi bo'lsangiz, unda kechirasiz, shunchki reklama qabul qilmayman. O'quvchilarim uchun, faqat foydali va bebaho malumotlar qabul qilaman.

Maqola joylash shartlari va talablari

Qandaydir maxsus shablon shartlar bizda yo'q, har bir maqola yozuvchiga va har bir maqolaga alohida yondashiladi.

Arizangizda to'liq malumot bering: kimsiz, nimasiz, qanday maqola yozmoqchisiz va nima uchun, biz uni ko'rib chiqamiz va sizga 1-3 kun ichida javob qaytaramiz. Agar sizga javob kelmasa, arizangizni qayta yuboring, har xil holat bo'lishi mumkin, xat etib bormasligi mumkin yoki tasodifan o'tkazib yuborilishi mumkin.

 

<< ARIZA YUBORISH >>

 

Qisqasi, yozing, gaplashamiz va kelishamiz!

Хурмат билан, Умиджон Обудов


 

 

 

Baholang!
( 3 , average 3.67 from 5 )
Iltimos, dostlaringizga ham ulashing!