Har qanday xizmatingizni 500 rublga sotishni istaysizmi? Kwork haqida to’liq qo’llanma va bu sayt, internetda ishlaydigan freelancerlarga qanday imkoniyatlar beradi

Kworkda ishlash uchun nima qilish kerak

Assalomu aleykum aziz o’quvchilar! Sizlar bilan men, Tuychiyeva Malika.

Internetda ishlash texnologiyalari hozirgi paytda alohida ahamiyat kasb etmoqda va tarmoq ichida  ishlash uchun turli saytlar soni ham kundan-kunga ortib bormoqda.

Ijrochi va mijoz uchun eng sodda va eng xavfsiz saytlardan  biri Kwork.ru deb nomlanadi. Bugungi maqolamda  siz bilan ushbu sayt haqida gaplashamiz.

Eng mashhur internet kasblar ro'yxati va ularda ishlash uchun qo'llanmalar

Kwork, boshqa freelance birjalardan nimasi bilan farq qiladi?

Internetda, odamlar ko'pincha "Bir kun ichida 60 000 rubl  ishlang! " kabi yorqin reklamalarga uchib, aldanib qolishadi.

Aytmoqchimanki, siz noto’g’ri yo’ldan ketishingiz mumkin. Virtual maydonlarda  pul ishlash uchun haqiqiy ishni taklif qiluvchi ko'plab birjalar mavjud. Faqat, ishlash shartlari qiyin. 1 500 rublga VIP status  sotib olish, imtihonlar, yuqori raqobat kabi qiyinchiliklar, yangi boshlayotganlarni sahifani yopib,  yana o’zlari yoqtirmaydigan oflayn ishni bajarishga majbur qiladi.

Kwork bizga nimani taklif qila oladi? Kwork bu, qat'iy to'lovni taklif qiluvchi freelance yarmarkasidir.  Qanday ishni bajarishingizdan qat’iy nazar,  narx bitta — 500 rubl.

Kwork sayti, 2 yil davomida 10 000 dan ortiq ijrochilarni yig'di. Har kuni 200 — 300 buyurtma beriladi. Mashhurligi esa, kundan-kunga o’shib bormoqda.

Ishni nimadan boshlash kerak?

Ishni nimadan boshlashni bilmayotganlar va o’rganmoqchi bo’lganlar bilan birgalikda biz, akkaunt yaratamiz, xizmatni sotamiz, sayt qoidalari bilan tanishamiz.

Ro’yhatdan o’tish

            Saytda ro'yxatdan o'tish juda oson va oddiy. Buning uchun esa, Kwork saytining bosh sahifasiga manabu yerdan kiramiz va yuqoridagi “Регистрация” («ro'yxatga olish») tugmasini bosamiz:

Kworkda ro'yxatdan o'tishni boshlash

Yangi oyna paydo bo'ladi. Biz o'z xizmatlarimizni sotmoqchimiz, shuning uchun “Продавец” («sotuvchi») ni tanlaymiz. E-mail-ni ko'rsatamiz, keyin login va parol maydoni paydo bo'ladi:

kworkda ro'yxatdan o'tish

Agar siz elektron pochta orqali ro'yxatdan o'tishga erinayotgan bo'lsangiz, ijtimoiy tarmoq orqali kirishingiz mumkin. Tanlash uchun Vkontakte yoki Facebook taklif qilinadi.

Diqqat! E-mailni darhol tasdiqlash shart emas. Lekin bu holda, hech qanday kwork yarata olmaysiz. Shuning uchun  pochtaga kirib, sayt yuborgan havolaga o'ting.

Barchasini bajardingizmi? Yaxshi! Endi, faqat profilni to'ldirish qoldi. Rasmingizni yuklang, sevimli mashg'ulotlaringiz, ta'lim darajangiz haqida yozing. Ma’lumot qanchalik ko’p bo’lsa , shuncha yaxshi.

Shaxsiy kabinetga kirish “ro'yxatga olish” tugmasi yonida bo’ladi. Kirish uchun login va parolni kiritishingiz yoki ijtimoiy tarmoq tugmasini bosishingiz kerak.

Kworkni qanday tuzish kerak?

Nihoyat, biz ro'yxatdan o'tish va boshqa rasmiyatchiliklardan o’tib — “sotish” bo’limiga keldik . Siz xizmatingizni, birjadagi tezda xizmat ko'rsatish vositalaridan foydalanib joylashtirishingiz  mumkin, ammo siz mijozning e'tiborini qanday ushlab qolishni ta’minlovchi  yo’llar  haqida o'ylashingiz kerak.

Kworkni tuzishni boshlashdan oldin bir nechita maslahatlarni berib o’taman, bular eng asoslari:

  1. Raqobatchilarning kworklarini ko’ring. Eng yuqori ko'rsatkichlarga ega Kworklarga e'tibor bering. Ularda nima yozilgan, qanday fayllar qanday tartibda joylashtirilgan, qo'shimcha variantlar mavjudmi. Bularning barchasini o'z kworkingizni yaratishda foydalaning.
  2. Kworkingizni nomida, probelsiz 40-50ta belgi ishlatganingiz ma’qul. Ortiqchasini o’chirib tashlang.
  3. Taklif qilayotgan xizmatingizning tavsifi 500 ta belgigacha bo'lishi kerak.  Har qanday marketing usullaridan foydalanishingiz mumkin-psixologik triggerlar, «o’xshatish»usuli. Mijoz kworkingizni  o’qib, nimani sotayotganingizni va bu unga nima uchun kerakligini darhol tushunishi kerak.
  4. Malumotdan to’ldiring. Matndan tashqari, video va suratlarni joylashtiring. Xullas mijozni, sizning mutaxasis ekanligingizga ishontirishingiz kerak.

O’z xizmatingizni qanday tariflashni tushunib oldingiz deb o’ylayman. Endi, kwork tuzishning texnik tarafini birgalikda ko'rib, o'zimizning birinchi «Kwork» imizni tuzib olamiz, qani boshladik:

Saytning yuqori qismida joylashgan “+kwork” tugmasiga bosing:

№1. Ko’rsatma

kwork tuzishni boshlash

№2. Bizga quyidaga oyna ochiladi. Bu yerda siz, xizmatingizning nomi, turi va oblojka uchun surat yuklaysiz. Barcha bo’limlarni to’liq to’ldiring:

Kworkga nom berish

№3. Yuqoridagi oynani to’ldirib bo’lganingizdan keyin, “Продолжить” tugmasini bosing, bu yerda siz o’z xizmatingiz haqida va mijojdan talab qilinadigan malumotlarni yozasiz:

Kworkga xizmat haqida malumot kiritish

№4. Bizga quyidagi oyna ochiladi. Bu yerda siz, xizmatingizning darajasini ko’rsatasiz. Yani, bir xizmatni uch darajada ko’rsatishingiz mumkin, masalan, oddiy, murakkab. Har qaysisi daraja mijozga qanchalik foyda keltirishini qisqa tariflan. Buyurtmani bajarish muddati va narxini belgilang va “Готово” tugmasini bosing:


Servisda barcha xizmat 500 rubl, lekin sizga 400 rubl to’lashadi, qolgan 20% ni servis o’z xizmati uchun olib qoladi.


Qanday tariflarda xizmat ko'rsatish

“Готово” tugmasini bosganingizdan keyin, kworkingizni moderatorlar ko'rib chiqadi va sayt talablariga javob bersa, uni tasdiqlashadi. Tasdiqlash uch kungacha cho’zilishi mumkin.


Kwork tuzishda hech qachon boshqa freelancerning kworkini ko’chirmang, sayt ma’muriyati baribir bilib qoladi.


Yaxshi buyurtma olish sirlari?

Kworkni tuzib bo’lgandan so’ng, keyingi qadam bu buyurtma olish. Qanday qilib, sarmoyasiz bunga erishish mumkinligini quyida ko’rib chiqamiz:

  • Buyurtmachini e’tiborini tortish uchun muhim so'zlar / iboralarni quyuq ranglar bilan ajratib qo’ying.
  • Sizni maxoratingizni ko’rsata oladigan video, audio fayllar va rasmlar ko’proq bo’lishi kerak.

Ishni qanday amalga oshirishingizni videoga yozib, Youtubega joylab keyin uni kworkingizda ko’rsatishingiz mumkin. Yuklagan faylingizning hajmi 4 Mbdan oshmasligi kerak. 4 Mb dan ortiqchasini tashqi servislarga, masalan, Google disk yoki Yandex Disk, Drobbox kabilarga yuklab, keyin bu yerda ko’rsatishingiz mumkin.


Ko’p narsa sizning tasavvuringizga va o’zingizni ko’rsata olish qobiliyatingizga bog’liq. Xizmatlaringizni sota oladigan fayllarni bemalol yuklashingiz mumkin. 

Kworkda talab eng yuqori bo’lgan kasblar

O’z imkoniyatlaringizni va saytdagi  imkoniyatlarni baholashingiz uchun men mashhur mutaxassisliklar ro'yxatini tayyorladim. Ushbu mutaxassislar 600 dan ortiq buyurtmalarga ega.

Xo’sh, ular qaysi mutaxasistliklar egalari:

  • Web- dizaynerlar;
  • Rassomlar;
  • Marketologlar (kontekst reklama, SMM);
  • Kopirayterlar
  • SEOchilar;
  • Moderatorlar, kontent menedjerlar.

O’z mutaxasisligingizni topmadingizmi? Xafa bo’lmang! Qo’lingizdan keladigan ishga kwork tuzing va albatta siz o’z mijozingizni topasiz.

Kopirayterlar orasida raqobat juda katta. Tajriba va  portfolio uchun  birinchi navbatda maqolalar birjasida  ishlab ko’rishni maslahat beraman.

Kworkning afzalliklari va kamchiliklari

O’z tajribamdan kelib chiqib, men freelancerning ishi oson emasligiga amin bo’ldim. Har bir saytda biror kamchilik bo’ladi, lekin bu kamchiliklar bazida unchalik ahamiyatsiz bo’ladi va unga ko’z yumish mumkin.

Kworkda yangi ish boshlayotganlarga nima yoqmasligi mumkin:

  • Buyurtmalar kamligi;
  • Katta miqdorgagi komissiya. 1000 rubl ishlasangiz 200 rublini sayt oladi;
  • Moderatsiya jarayoni sekinligi. Kworkni tasdiqlash ko’p vaqt oladi.

Endi esa saytning yaxshi tomonlarini sanab o’taman:

  • Hamma narsa bepul;
  • Har xil mavzuda kworklar yozsa bo’ladi;
  • Agar ish topshirilgandan keyin, buyurtmachi 3 kungacha javob bermasa, u ishni avtomatik ravishda qabul qilgan hisoblanadi;
  • Saytning “mijozlarga texnik xizmat ko’rsatish bo’limi” tez va hushmuomalalik bilan javob qaytaradi;
  • Aldash yo’q.

Bir oyda qancha pul ishlash mumkin?

Yangiliklar  tufayli kworklar narxi har xil bo’layapti. Sayt ishlab chiquvchilari bir loyiha uchun 9 000 dan 50 000 rublgacha talab qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun! Birinchi oy davomida yangi ish boshlaganlar 3 000 rubldan ortiq pul topishadi, agar omadingiz kelsa, albatta. Ayrim holatlarda, bu ko’rsatkich 400 rubl yoki umuman 0 bo’lishi ham mumkin.

Harakatchan frelancerlar 6 oy ishlab o’z daromadlarini 60 000 rublga chiqarishlari mumkin.

Mashhur dasturchilar, webmasterlar va dizaynerlar oyiga 50 000 rubl olishadi. Ularning hisobida 2 000 dan ortiq bajarilgan buyurtmalar bor.

Ishlagan pulingizni qanday yechib olish mumkin?

Kworkdan pul yechib olish boshqa birjalar bilan taqqoslaganda juda qulay. Dushanba, chorshanba, juma kunlari muntazam to'lovlar amalga oshiriladi.

Sotuvchiga pulni:

  • Webmoney – 3%;
  • Kiwi – 2.75%;
  • MasterCard yoki Visa kartalariga– 4.5% foiz xizmat haqqi hisobiga o’tkazib bershadi.

Quyidagi tugmalarni bosish yo’li bilan pulingizni yechib olasiz:

Kworkdan pulni yechib olishni boshlash

Kworkdan pul yechib olish

Agar siz pul yechib olmoqchi bo’lsangiz, kamida 3 150 rubl to'plagan bo’lishingiz kerak.Boshqa yerlarda eng kam pul miqdori 50 rubl.

Kworkga o’xshagan yana qanday saytlar bor?

Kworkni mashxurligiga havas qilib internetda ko’plab freelance birjalari ochildi. Bunday birjalarning to’liq ro’yxatini “Internet orqali masofadan turib ishlash uchun eng yaxshi freelans birjalar va ish qidirish uchun saytlar ro’yxati” nomli maqoladan ko’rib olishingiz mumkin:

  • 5Bucks — Bu saytning interfeysi xuddi Kworknikiga o’xshaydi. Komissiya 10%. Va xizmatlar narxi 1 dollardan boshlanadi.
  • Умеювсё — Barcha funksiyalar va narxlar Kworknikidek, faqatgina sayt dizayni boshqacha. «Помощь» (“Yordam”) tugmasini topa olmadim. Yangi ish boshlayotganlar qiynalishlari mumkin.
  • uJobs — Bu yerda siz o'z qo'llaringiz bilan tayyorlangan mahsulotlarni sotishingiz mumkin. Narx belgilangan. Lekin uning chegarasi sotuvchi tomonidan belgilanadi. Komissiya 10%.

Menga barcha loyihalar yoqdi. Agar siz Kworkda mustahkam  joylashmagan bo'lsangiz va buyurtmalar kam bo'lsa, o'zingizni boshqa birjalarda  sinab ko'rishingiz mumkin. Amalda qaysi sayt bilan ishlash qulayligini  tushunib olasiz.

Xulosa

Kwork-zamonaviy freelance tizimi, u sizga xizmatlarni topishga imkon beradi, ijrochilar kimligidan qat'iy nazar, kopirayter, fotosuratchi yoki advokat,  pul ishlay oladilar. Sayt qulayligi, xavfsizligi va katta imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni jalb qiladi. Shuning uchun ham sayt mualliflari, kelajak uchun katta rejalar tuzmoqdalar.

Agar siz mutaxassislarni izlayotgan bo'lsangiz yoki ishga muhtoj bo'lsangiz, Kwork siz uchun yaxshi yordamchi bo'ladi.

Umid qilamanki, Kwork-da yangi ish  boshlayotganlar uchun ma’lumotlarim va ko'rsatmalarim xizmatning barcha xususiyatlarini ochib berdi va foydali bo'ldi. Fikrlaringizni izohlarda  qoldiring, blogimizdan uzoqlashmang! Hammaga omad!

Maqolaga baho bering!
( 1 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: