Visa xalqaro plastik kartasini qanday ochish kerak, bu kartadan foydalanishning siz bilmagan sirlari

Viza plastik karta qanday ochiladi

Assalomu aleykum uzinterbiz.com blogining mehmonlari va obunachilari! Bugun siz bilan birga, Visa xalqaro kartasi, visa karta ochish haqida gaplashamiz. Ushbu karta chet elga ko’p sayohat qiluvchilar va internet orqali mahsulot sotib oluvchilarga yaxshi tanish.

Hozirgi kunda internet-do’konlar kundan-kunga ko’payib bormoqda. Ularda ko’rsatilgan mahsulotlarni sotib olishni istaysiz-u, ammo xalqaro kartangiz yo’qmi? U holda bu maqola siz uchun. Bugun visa karta ochish, uni ishlatish tartibi va boshqalar bilan tanishtiraman. O’zbekistonning “HUMO” plastik kartasi haqida bu yerda o’qishingiz mumkin.

Mavzuyimizga chuqurlashishdan oldin, Visa kartasi nima uchun kerakligini aytib o’tsam.

Visa karta – bu butun dunyo bo’ylab qabul qilinadigan to’lov instrumenti, jumladan, bankomatlar, haqiqiy va virtual do’konlar, shuningdek, pochta va telefon orqali tovarlar va xizmatlarni taklif qiluvchi do’konlarda qabul qilinadigan, VISA logotipiga ega, universal to’lov vositasi.

Karta, barcha afzalliklardan foydalanish imkoniyatini beradi. U dunyodagi eng qulay va arzon karta mahsulotlaridan biridir. VISA kartasi elektron terminallar yoki imprinterlar o’rnatilgan savdo-xizmat ko’rsatish korxonalarida to’lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Karta yordamida siz internet orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishingiz mumkin. Demak, visa karta ochish uchun nimalarni bilishimiz kerak…

Ma’lumot uchun! VISA karta egalariga xizmat ko’rsatishning eng yirik jahon tarmog’i 18 milliondan ortiq savdo va xizmat ko’rsatish korxonalarini o’z ichiga oladi, bularga: do’konlar, restoranlar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar, 21000 bank va butun dunyo bo’ylab 1 milliondan ortiq bankomatlar kiradi. 

O’zbekiston banklarida taklif qilinadigan Visa xalqaro plastik kartalarining turlari

viza karta turlari

Agar, bankga borib xalqaro plastik karta ochmoqchi bo’lsangiz, bank hodimi sizga, Visa kartasining turini tanlashni taklif qiladi. Kartalarning turiga qarab, ulardan foydalanish tartibi va funksiyasi ham o’zgaradi.

O’zbekistonda Visa xalqaro kartasining uchta turi bor, bular:

  • Viza Elektron
  • Viza Classic
  • Viza Gold

Viza Electron– har qanday operatsiya karta ma’lumotlarni elektron tekshirish, uning amal qilish muddati va karta hisob mablag’I yetarliligi tasdiqlangandan  keyin amalga oshiriladi. Shuning uchun ham Visa Electron eng xavfsiz va eng mashhur karta hisoblanadi.

Viza Classic -Visa logotipi mavjud bo’lgan deyarli barcha nuqtalarda to’lov uchun qabul qilinadi. Uning yordami bilan siz internet yoki telefon orqali xaridlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Undan elektron va mexanik to’lov terminallari va bankomatlarda ham foydalanish mumkin. Karta yordamida mehmonxona xonalari, aviachiptalar va boshqa tovarlarni band (bron) qilish mumkin.

Viza Gold– ushbu karta egalariga, Visa Electron va Visa Classic egalariga qaraganda yuqori darajada xizmat ko’rsatiladi. Ko’pgina do’konlar va restoranlar Visa Gold egalari uchun muayyan imtiyozlarni ham taklif qilishadi.

Diqqat! Xalqaro plastik kartani ochish yoki tiklash, faqat O’zbekistonda, bankga, yo’qotish yoki blok qilinganlik to’g’risida ariza topshirilgandan so’ng  amalga oshiriladi. Ariza faqat karta egasi tomonidan yoziladi va belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi. Qarindoshlari yoki yaqinlaridan  ariza qabul qilinmaydi. Ushbu choralar mablag’ni himoya qilish uchun ko’riladi.

O’zbekistonda Viza xalqaro plastik kartasini ochish shartlari

Viza karta ochish shartlari

   Hozirgi vaqtda xalqaro to’lov kartalari (konversion kartalar) bilan faqat chet elda foydalanish mumkin. Hech qanday cheklovlarsiz bankomatlardan naqd pulni yechib olish, do’konlarda, mehmonxonalarda karta orqali to’lovni amalga oshirish mumkin. To’lov kartalaridan istalgan mamlakatda foydalanish mumkin. Mamlakatlar bo’yicha cheklovlar va naqd xorijiy valyutani yechish uchun cheklashlar mavjud emas.

  •             Bundan tashqari, kartalardan O’zbekistondagi bankdan, tasdiqlovchi hujjatlar (invoys) asosida, to’g’ridan-to’g’ri davolash va o’qitish uchun pul o’tkazish mumkin.
  •        Respublika hududida xalqaro to’lov kartasidan (konversion karta) mablag’lar faqat joriy valyuta kursi bo’yicha milliy valyutada yoki chet el valyutasida yechib olinishi mumkin.
  •             O’zbekistonda faqat debet kartasini ochish mumkin, ya’ni undan foydalanish uchun avval bank hisob raqamiga mablag’ ajratish kerak.

Fuqarolar tijorat banklarining (Orient Finance Bank, Aloqa Bank, Turon Bank, Agrobank, Asaka bank, Hamkorbank, Kapital Bank va boshqalar) konversion bo’limlarida, naqd pulsiz shaklda chet el valyutasini xalqaro to’lov kartasiga (konversion kartaga) o’tkazish yo’li bilan ochishlari mumkin. Milliy valyutadagi to’lovlar, naqd va naqd pulsiz shaklda kartalar yordamida amalga oshirilishi mumkin.

      Diqqat! Hozirgi kunda banklar orasida raqobatchilik oshib borayotganligi tufayli, karta ochayotganingizda sizga har xil bonuslar taklif qilishlari mumkin. Shuning uchun albatta banklarning rasmiy saytlariga tashrif buyurib ma’lumot olishni unutmang, chunki, tartibda o’zgarishlar va yangiliklar bo’lishi mumkin!

Shu bilan birga, xalqaro kartani ochish va undan foydalanish uchun bankka komissiya to’lash kerak bo’ladi (maqola yozilgan vaqtda):

  • kartani ochishning narxi –75 000 dan 100 000 so’mgacha (bir martalik to’lov);
  • kartadan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirishda komissiyalar-har bir tranzaksiya summasining 0,5% dan 1% gacha;
  • chet eldagi bankomatlarda naqd xorijiy valyutani yechib olingani uchun-operatsiya summasining 1%

Fuqarolar tomonidan, chet el valyutasida to’ldiriladigan xalqaro to’lov kartalari, mamlakat hududida foydalanish bo’yicha cheklovlarga ega emas.

Sug’urta depoziti va uning bank tomonidan qo’llanilishi

Viza karta depoziti

Sug’urta depoziti, karta egasining bankdagi shaxsiy hisobida saqlanadi. Depozit, kartadagi mablag’ tugagandan so’ng, bank tomonidan ishlatiladi.

Deposit – pul mablag’lari tugashi, valyuta kursining o’zgarishi yoki karta bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank komissiyasidan foydalanganlik natijasida yuzaga kelishi mumkin.

Mijozning talabiga binoan bank unga karta orqali amalga oshirilgan barcha to’lovlar haqida batafsil ma’lumot beradi va unda qancha mablag’ sug’urta depozitidan, qanchasi karta hisobidan olinganini ko’rishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun! Xalqaro to’lov tizimlari operatorlarining (VISA, MasterCard va boshqalar) talablariga muvofiq, banklar tomonidan 35 dollardan 100 dollargacha bo’lgan, chegirib tashlanmaydigan balans (sug’urta depoziti) o’rnatilgan bo’lib, u to’lov kartasi yopilgandan keyin mijozga qaytarib beriladi.

Kartani ishlatishda ehtiyot choralar

Viza kartasini ishlatishda ehtiyot choralar

Visa kartasi sizning bankdagi shaxsiy hisobingizga kirish vositasidir. Shuning uchun uni ishlatishda quyidagi, asosiy ehtiyot choralariga rioya qilish kerak:

  • Hech kimga kartangizni bermang va PIN kodini aytmang, PIN kodingizni va karta raqamingizni uchinchi tomonlardan sir saqlashga harakat qiling. PIN-kodni kartadan alohida saqlashni tavsiya etamiz va hech qachon uni kartaga yozmang. Kartani yo’qotish yoki o’g’irlash holatlarida, sizning kartangizdan foydalanish uchun barcha ma’lumotlarga ega bo’ladi;
  • Har oyda, bankda karta bayonotlarini tekshiring. Bayonotlarni, bankga tashrif buyurganingizda olishingiz mumkin (kelajakda onlayn tarzda olishingiz mumkin bo’ladi). Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan taqdirda, tergovni boshlash uchun darhol bankga xabar bering;
  • Kartani o’g’irlash yoki yo’qotish holatlarida, bank sizning kartangizni muzlatib qo’yishi uchun darhol bankga xabar bering;
  • Karta yordamida to’lovni amalga oshirayotganda kartani ko’zdan yo’qotmang. To’lovni amalga oshirganingizdan so’ng, kartangiz sizga qaytarib berilganligiga ishonch hosil qiling.
  • Bankomatlardan foydalanishda, pin kodni terayotganingizda, hech kim sizni kuzatmayotganiga va sizning orqangizda turmayotganligiga ishonch hosil qiling.

Ushbu ehtiyot choralariga rioya qiling va o’z mablag’laringizning xavfsizligini ta’minlang!

Internetda, kartalardan qanday foydalanish kerak? 

Viza kartasini internetda qanday ishlatish kerak

Internet saytlarda to’lovni amalga oshirishdan oldin, sayt egalarining faoliyati to’g’risida, bankdan yoki saytdan foydalangan tanishlaringizdan ma’lumot olishga harakat qiling.

Sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar ro’yxatini aniqlaganingizdan so’ng, to’lov usuli sifatida Visa kartasini tanlang. To’lovni amalga oshirish uchun karta raqamini (16 raqam), uning amal qilish muddatini, kartangizda ko’rsatilganidek, ismingizni va kartaning orqa tarafida ko’rsatilgan CVV2 kodini (3 ta raqam) ko’rsatishingiz kerak.

Kiritilgan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirib, tegishli tugmani bosish orqali ularni tasdiqlang. Internet-sayt to’lovni tasdiqlash uchun so’rovni yaratadi va agar siz to’g’ri ma’lumotlarni ko’rsatgan bo’lsangiz, saytda tegishli xabarni ko’rasiz.

Maslahat! Internetda savdo qilish uchun alohida karta ochishni maslahat beraman. Pulingizni asosiy kartada saqlaysiz va kerak bo’lgan mablag’ni ikkinchi kartaga o’tkazib, savdoni amalga oshirasiz.

Xulosa

Ko’rib turganingizdek xalqaro plastik karta – aslida, ko’pchilik tomonidan ishlatiladigan plastik kartadan unchalik farq qilmaydi, faqat ma’lum bir xorijiy valyutaga o’tkazilgan mablag’ni saqlaydi.

Agar, chet el safariga otlanayotgan bo’lsangiz, albatta, shunday karta ochishingizni maslahat berardim. Chunki, aynan xalqaro karta sizga dunyoning istalgan nuqtasida o’zingizni huddi uydagidek his qilishingizga imkon beradi. Internetdan noyob xaridlar qilishni orzu qilayotgan do’stlarimiz uchun ham, huddi shu maslahat!

Maqola bo’yicha savollar tug’ilsa, izohlarda qoldiring, albatta javob beraman. Bu ma’lumotlar bilan, ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan ham bo’lishing, zora ularga ham foydangiz tegib qolsa. V albatta, blog yangiliklariga obuna bo’ling!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Текст на русском

Как открыть международную пластиковую карту Visa, секреты использования этой карты, которые вы не знаете

Здравствуйте гости и подписчики блога uzinterbiz.com! Сегодня мы поговорим с вами о международной карте Visa, об открытии карты Visa. Эта карта хорошо знакома тем, кто много ездит за границу и покупает продукты в интернете.

В настоящее время количество интернет-магазинов увеличивается с каждым днем. Хотите покупать показанные в них товары, но не имеете международной карты? Тогда эта статья для вас. Сегодня я познакомлю вас с открытием карты Visa, как ею пользоваться и т.д. О пластиковой карте Узбекистана “HUMO” Вы можете прочитать здесь.

Прежде чем углубляться в нашу тему, позвольте мне рассказать вам, зачем вам нужна карта Visa.

Карта Visa — платежный инструмент, который принимается во всем мире, в том числе в банкоматах, реальных и виртуальных магазинах, а также в магазинах, предлагающих товары и услуги по почте и телефону, с логотипом VISA, универсальным для охотничьего инструмента.

Карта позволяет пользоваться всеми преимуществами.
Это один из самых удобных и доступных карточных продуктов в мире. Карта VISA принимается в качестве платежного средства в торгово-сервисных предприятиях, где установлены электронные терминалы или импринтеры. С помощью карты можно производить расчеты через интернет. Итак, что нам нужно знать, чтобы открыть карту Visa…

Для информации! Крупнейшая глобальная сеть обслуживания держателей карт VISA включает в себя более 18 миллионов точек продаж и обслуживания, в том числе: магазины, рестораны, отели, авиакомпании, 21 000 банков и 1 по всему миру, включающий более миллиона банкоматов.

Виды международных пластиковых карт Visa, предлагаемых в банках Узбекистана

Если вы идете в банк и хотите открыть международную пластиковую карту, сотрудник банка предложит вам выбрать тип карты Visa. В зависимости от типа карт меняется и порядок и функции их использования.

В Узбекистане действуют три вида международных карт Visa:

Виза Электронная
Виза Классик
Виза Голд

Visa Electron – любая операция осуществляется после электронной проверки данных карты, срока ее действия и подтверждения наличия достаточного количества средств на карточном счете. Вот почему Visa Electron — самая безопасная и популярная карта.

Visa Classic принимается к оплате практически во всех точках, где присутствует логотип Visa. С его помощью можно совершать платежи за покупки через интернет или по телефону. Его также можно использовать в электронных и механических платежных терминалах и банкоматах. Карту можно использовать для бронирования гостиничных номеров, авиабилетов и других товаров.

Visa Gold – держателям этой карты предоставляется более высокий уровень обслуживания, чем держателям Visa Electron и Visa Classic. Многие магазины и рестораны также предлагают особые преимущества для обладателей Visa Gold.

Внимание! Открытие или восстановление международной пластиковой карты осуществляется только в Узбекистане, после подачи заявления в банк о ее утере или блокировке. Заявление пишется только держателем карты и рассматривается в установленном порядке. Заявки от родственников или близких не принимаются. Эти меры принимаются для защиты средств.

Условия открытия международной пластиковой карты Visa в Узбекистане

В настоящее время международные платежные карты (конверсионные карты) можно использовать только за границей. Снимать наличные в банкоматах можно без ограничений, расплачиваться картой в магазинах, отелях. Платежные карты можно использовать в любой стране. Ограничений по стране и снятию наличной иностранной валюты нет.

Кроме того, возможен прямой перевод денег на лечение и обучение с карты из банка в Узбекистане, на основании подтверждающих документов (инвойса).
Снятие средств с международной платежной карты (конверсионной карты) на территории Республики возможно только в национальной валюте или иностранной валюте по текущему курсу.
В Узбекистане можно открыть только дебетовую карту, то есть для ее использования предварительно должны быть зачислены средства на банковский счет.

Граждане могут перевести иностранную валюту на международную платежную карту (конверсионную карту) без наличных денег в конверсионных отделениях коммерческих банков (Ориент Финанс Банк, Алока Банк, Турон Банк, Агробанк, Асака Банк, Хамкорбанк, Капитал Банк и др.) могут открыть с ‘ли. Платежи в национальной валюте могут осуществляться с использованием карт в наличной и безналичной форме.

Внимание! В настоящее время, в связи с возрастающей конкуренцией среди банков, они могут предложить вам различные бонусы при открытии карты. Поэтому не забывайте заходить на официальные сайты банков и получать информацию, ведь есть изменения в порядке и т.д. могут быть новости!

При этом необходимо оплатить комиссию банку за открытие и использование международной карты (на момент написания статьи):

стоимость открытия карты от 75 000 до 100 000 сум (разовый платеж);
комиссии при оплате картой – от 0,5% до 1% от суммы каждой операции;
за снятие наличной иностранной валюты в банкоматах за границей – 1% от суммы операции

Международные платежные карты, пополняемые гражданами в иностранной валюте, не имеют ограничений по их использованию на территории страны.

Страховой депозит и его использование банком

Страховой депозит хранится на личном банковском счете держателя карты. Депозит используется банком после исчерпания средств на карте.

Депозит – может возникнуть в результате исчерпания средств, изменения курса валют или использования комиссии банка за операции по карте.

По запросу клиента банк предоставит ему подробную информацию обо всех платежах, произведенных по карте, и вы сможете увидеть, сколько было взято со страхового депозита и сколько со счета карты.

Для информации! В соответствии с требованиями операторов международных платежных систем (VISA, MasterCard и др.) банками устанавливается невычитаемый остаток (гарантийный депозит) от 35 до 100 долларов США, который выплачивается клиенту после закрытия платежной карты. будет возвращен.

Меры предосторожности при использовании карты

Карта Visa — это средство доступа к вашему личному банковскому счету. Поэтому при его использовании следует соблюдать следующие основные меры предосторожности:

Никому не сообщайте свою карту или ПИН-код и старайтесь держать в тайне свой ПИН-код и номер карты от третьих лиц. Мы рекомендуем хранить ПИН-код отдельно от карты и никогда не записывать его на карту. В случае утери или кражи карты, на ней будет вся информация для использования вашей карты;
Ежемесячно проверяйте выписки по карте в банке. Выписки можно получить при посещении банка (в будущем вы сможете получать их онлайн). В случае подозрительных или неизвестных транзакций немедленно уведомить банк, чтобы начать расследование;
В случае кражи или утери карты немедленно сообщите об этом в банк, чтобы банк мог заморозить вашу карту;
При оплате картой не теряйте карту из виду. Убедитесь, что ваша карта возвращена вам после оплаты.
При использовании банкоматов убедитесь, что никто не наблюдает за вами и не стоит позади вас, когда вы вводите PIN-код.

Соблюдайте эти меры предосторожности и берегите свои средства!

Как пользоваться картами в Интернете?

Прежде чем совершать платеж на интернет-сайтах, постарайтесь получить информацию о деятельности владельцев сайта, в банке или у своих знакомых, которые пользовались сайтом.

После того, как вы определились со списком товаров, которые хотите купить, выберите карту Visa в качестве способа оплаты. Для совершения платежа вы должны указать номер карты (16 цифр), срок ее действия, ваше имя, как оно указано на вашей карте, и код CVV2 (3 цифры), указанный на обратной стороне карты.

Проверьте правильность введенных данных и подтвердите их, нажав соответствующую кнопку. Сайт создаст запрос на подтверждение платежа, и если вы указали верную информацию, вы увидите соответствующее сообщение на сайте.

Кончик! Рекомендую открывать отдельную карту для интернет-покупок. Вы держите свои деньги на основной карте и переводите необходимую сумму на вторую карту и совершаете транзакцию.

Краткое содержание

Как видите, международная пластиковая карта мало чем отличается от пластиковой карты, которой пользуются многие люди, только на ней хранятся средства, переведенные в определенной иностранной валюте.

Если вы собираетесь в заграничную поездку, я бы обязательно посоветовал вам открыть такую ​​карту. Потому что международная карта позволяет чувствовать себя как дома в любой точке мира. Это же совет для наших друзей, которые хотят делать уникальные покупки в Интернете!

Если у вас есть вопросы по статье, оставляйте их в комментариях, я обязательно на них отвечу. Поделитесь этой информацией со своими друзьями в социальных сетях, если вы тоже можете им помочь. И, конечно же, подписывайтесь на блог!

Спасибо за внимание!

Оцените материал
( 67 assessment, average 4.49 from 5 )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 153
  1. Habibulloh

    Depozit kartadagi pulni ishlatsa boladimi

    1. Умиджон Обудов

      Har qaysi bankda turlicha. Bank bilan qilgan shartnomangizda nima deb yozilgan?

      1. жумадулла

        Салом алейкум.Мен ишлатиб юрган виза картам муддати тугаб қолибди.Узайтириш учун нима қилсам бўлади.

        1. Умиджон Обудов

          Валейкум салом. Банкга борсангиз алмаштириб беришади.

      2. Aziz

        Salom aleykum aka.men karta olmoqchiman
        Uzbekistonda kommunal toʻlovlar uchun Click tizimi orqali amalga oshiraman.va yana rasiya Dan pul tashashadi . shunga qaysi kartani tavsiya qilasiz. Uzcard mi.visa mi?

        1. Умиджон Обудов

          Valeykum salom.

          Hozirda O’zbekistondagi ko’plab bank kartalariga Rossiyadan pul o’tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Masalan, Xalq banki, Agrobank, Ipak Yo’libank va hokazo, Uzcart va Viza kartalariga o’tkazish mumkin. Agar komunal to’lovlar uchun bo’lsa, Uzcart kartasini olganingiz ma’qul.

    2. Paxlavonjon

      салом мен карта олмочиман онлайн руйхатдан утиб олсам буладими олдиндан жавоб учун рахмат

      1. Умиджон Обудов

        Валейкум салом. Албатта булади, лекин бази банкларда бу хали тулик йулга куйилмаган. Шунинг учун карта олмокчи булаетган банк сайтига кириб куринг.

  2. Farrux

    Rüzgardan oʻtish

  3. Habibulloh

    Milliy bank visa kartasini oldim depozit dagi pulni ishlatilmaydi ekan lekin shimkentda bankamatdan naqt pul qilib olsam boldimi ichidagi tashlangan pullarni

    1. Умиджон Обудов

      Ha bo’ladi, faqat depozitdagi puldan tashqari.

  4. Habibulloh

    Ular ishlaydi harqanday davlatda deyishdi lekin

    1. Умиджон Обудов

      Ha ishlaydi.

  5. Kamoliddin

    Visa kartani kimlar olishi mumkin

    1. Умиджон Обудов

      Har bir odam olishi mumkin. Faqat, qaysidir yoshdan yuqorilarga mumkin degan joyi bo’lishi mumkin, men bunisini bilmayman. Banklardan so’rab ko’rishingiz kerak.

      1. Dena

        Assalomu alaykum. Visa kartani ham onlayn ochish mumkinmi.?

        1. Умиджон Обудов

          Ha mumkin, faqat bank saytiga kirib ko’ring, chunki kartani online olish ba’zi banklarda hali to’liq yo’lga qo’yilmagan.

    2. Sherli

      Assalamualaikum man vis kartasini ochishim uchun uzcard kerak boladimi visa karta ochtirish narxi qancha boladi iltimos aytib yuborin

      1. Умиджон Обудов

        Valeykum salom. Yo’q, kerak bo’lmaydi.

  6. Kamoliddin

    Visa card qancha vaqtda tayor boʻladi ariza bergandan soʻng

    1. Умиджон Обудов

      Salom. O’zlari aytishadi, bundan tashqari, tayyor bo’lganida telefoningizga xabar ham keladi. Aniq nechi kunda tayyor bo’lishini aytolmayman, turli banklarda turlicha muddat.

  7. Avazbek Olimov

    Salom. Bir savolim bor edi (CVV2 [3 ta raqam]) kodi deganda qaysi biri yoziladi,masalan meni VISA kartamda 4412 052 yozilgan orqasida.Javob uchun oldindan rahmat.

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Kartaning orqa tarafida 3 ta raqam alohida yozilgan, o’sha raqam yoziladi.

      1. Hasan abdujabborov

        Salom.Visa kartani necha yoshdan boshlab ochish mumkin. Keyin uni ishlamaydigan odamlaram ocholadimi yoki faqat ishlaydiganlarmi? Savolimga javob bersez.

        1. Умиджон Обудов

          Valeykum salom. Qo’lingizda pasportingiz bo’lsa ochishingiz mumkin, ya’ni pasport olish yoshida bo’lsangiz. Bir joyda ishlashingiz muhim emas.

      2. Ibrohimjon

        Asalomu alekum visa kartani qanday olsam boladi

        1. +998993

          Salom visa kartasin qando osam boladi i+ plastiga ichiga qanchagacha pul sigadi

          1. Умиджон Обудов

            Valeykum salom. Viza plastik kartani xohlagan bankdan, bank ofisiga borib yoki onlayn buyurtma berishingiz mumkin. Qancha pul sig’ishini o’sha bank saytidan ko’rishingiz mumkin.

      3. Sirojiddin

        Assalomu alaykum uzimizi uzcardan visa cartaga I nabarot visa cardan uzcartda pul utkazsa buladimi rahmat

        1. Умиджон Обудов

          Valeykum salom. Ha bo’ladi.

      4. Alisher

        Asalomu alekum. Google Play Marketga visa kartani kirgizsa bòlar ekan. Òyinlar uchun tòlov qilsa bòlar ekan. Play marketga visa kartani ulash xavfsizmi? Javobizni kutaman. Oldindan kottakon rahmat

        1. Умиджон Обудов

          Valeykum salom. Ha mumkin, faqat virtual karta ochib ulashni maslahat beraman. Virtual kartani onlayn ochish mumkin. Virtual karta bilan internetda savdo qilish xavsiz, kerakli mablag’ni virtual kartaga o’tkazasiz va savdo qilasiz. Yoki viza kartangizning nusxasini ochdiring va shu bilan savdo qiling internetda. Asosiy kartani internetda ishlatmagan ma’qul. Aslida Google bunday ishlarda juda ehtiyotkor, lekin barbiram ishingizga puxta bo’lganingiz ma’qul. O’zini asraganni xudo asraydi deydiyu.

  8. Orifjon

    Assalomu Alaykum, Viza kartasini vaqtincha ishsizlar ham olishi mumkinmi?

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha, har qanday odam olishi mumkin. Oylik uchun alohida karta ochiladi.

  9. Matlubahon

    Salom.menga turli hil saytlardan yutuqli oʻyinlar uchun bonuslar kelayapti. Olay desam viza kartadan bank hizmatini toʻlashim kerak ekan. Menda viza karta yoʻq. Oʻtkazishga mablagʻim yoʻq . Nima qilishim kerak. Iltimos yordam bersangiz. :lol:

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Bunday takliflarga hech qachon to’lov qilishni tavsiya qilmayman.

    2. Zara

      Assalomu alaykum visa kartadan so’m qilib yechgand ham oddiy plastiklardan yechilgandwk foiz olinadimi uni o’zimizda bemalol ishlatsa bo’ladimi kartadan kartaga pul o’tkazib telefonga magazinlarga ishlatib javob uchun rahmat.

      1. Умиджон Обудов

        Valeykum salom. Ha bo’ladi.

  10. Shavkat

    Assalamualaikum
    Visa kartaga rassiyadan turib rubl tashlasak uydagilar som qilib echil ololadimi

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha, so’m qilib ham, dollor qilib ham olishlari mumkin. Lekin, foizi katta bo’lai.

  11. Nigina

    Salom viza karta ochmoqchi edim 3 turi bor ekan manga esa chetdan pul tawawmoqchi u pulni yechib olwim uchun dollir yoki somda ham olsam boladigan kartani qaysi turdagisini tanlasam boladi buning uchun

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Viza classic olasiz. Kartangiz dolloroviy bo’lsa dollor olasiz, so’mda bo’lsa so’m olasiz.

  12. Ibrohim

    Assalomu alaykum investitsiya ishlarida ham foydalanish mumkinmi oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha albatta.

  13. Матлубахон

    Миллий банк виза картасини олган эдим. 25 доллар депозит куйдим. Ва банк хизмати учун хам маблаг киритдим. Банк хизматини тулаб юборилган маблагни олай десам динамик пасфо деяверяпти. Банк оркали юборилган кодларни езсам Кабул килмаяпти. Нима киоишим керак. Нима у динамик паспорт.

  14. Setora

    Assalomu alaykum man onlayn tarzda plastik karta ochtirmoqchi edim buni qanday amalga oshirsam buladi va bu pullimi yoki bepul shu xaqida malumot bera olasmi javob uchun oldindan raxmat

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Qaysi bankdan ochishingizga bog’liq. Hali ko’p bnklarda onlayn karta ochish yo’lga qo’yilmagan. Bu haqda bank saytidan aniq ma’lumot olishingiz mumkin. Internet banklardan onlayn buyurtma berishingiz mumkin, masalan yandex dengi yoki webmoneyda.

  15. Tohirbek

    Assalom alekum. Bir savol Visa kartasiga сбербанк orqali pul tashlasa bo’ladimi

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha bo’ladi, faqat zolotaya korona orqali.

      1. Умиджон Обудов

        Hozirda Agrobank kartasiga sberbankdan to’g’ridan-to’g’ri pul o’tkazish mumkin yoki teskarisi, ya’ni agrobank kartasidan sberbankga.

  16. Asadbek

    Visa classic ochish uchun nimalar talab etiladi?
    Faqat pasport kerakmi yoki boshqa narsalar hammi

    1. Умиджон Обудов

      Faqat pasport.

    2. Умиджон Обудов

      Faqat pasport va bir oz pul, depozit uchun.

      1. Jahongir

        Assalomu alaykum. Men 16 yoshdaman va shu pasportimga visa karta ochsam boladimi, yani yoshim togri keladimi

        1. Умиджон Обудов

          Valeykum salom. Siz bank xodimidan so’rab ko’rishingiz kerak. Chunki, ba’zi bankda 16 yoshdan, ba’zi bankda esa 18 yoshdan ochish mumkin.

          1. MAQSUD

            Ассалому алейкум. Айтингчи Виза классикни кликга уласа буладими? Смс хабар келмаяпти.карта янги транзакцияларни билиш учун

          2. Умиджон Обудов

            Валейкум салом. Ха булади, смс келиши учун телефон номериз пластик картага уланган булиши керак. Номерни банкамат оркали улашингиз мумкин.

  17. Muhammadbobubur

    Salom Visa karta necha yoshdan olsa bo’ladu

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Siz bank xodimidan so’rab ko’rishingiz kerak. Chunki, ba’zi bankda 16 yoshdan, ba’zi bankda esa 18 yoshdan ochish mumkin.

  18. Muhammadbobubur

    Salom Visa kartani necha yoshdan olsa bo’ladu

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Siz bank xodimidan so’rab ko’rishingiz kerak. Chunki, ba’zi bankda 16 yoshdan, ba’zi bankda esa 18 yoshdan ochish mumkin.

  19. Muhammadjon Abdukarimov

    Assalomu alaykum Internetda pul ishlash va kriptovalyuta sohasida faoliyat yuritish uchun Viza virtual kartasi qulaymi yoki Viza Classik. Har tomonlama qulay karta qaysi biri. Javobingiz uchun oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Pulni nalichi qilib qo’lingizga olish uchun Viza classik, Yo’q agar pulni internetda ishlataman desangiz, Viza virtual kartasi ham bo’laveradi. Lekin Viza Classik kartasini tavsiya qilaman.

  20. Maruf

    Asssalomu alaykum Umidjon mani kartam viza electron milliy bank karta ammo ikki yildan beri foydalanmaganligim uchun bloklanib qolmaydimi

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Banklar har uch yilda plastik kartalarini almashtirib yangilab turishadi. Milliy bank nechi yilda almashtirishini aniq bilmayman. Aslida kartaning o’zida amal qilish muddati yozilgan bo’ladi. Shu muddat ichida foydalanmasangiz ham bloklanmaydi.

  21. Umida

    Visa kartani olgandim lekin xali depozitini toldirmagandim qanday tòldirsam bòladi shu xaqida malumot bera olasizmi

    1. Умиджон Обудов

      Bankomat orqali yoki bankga murojaat qiling. Kartadan kartaga ham o’tkazishingiz mumkin.

  22. Sindor

    Assalomu aleykum visa kartada valyuta turini o’zimiz tanlaymizmi yo faqat $ dami

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Hozir esimda yo’q, menimcha o’zingiz tanlaysiz.

      1. Aziza

        Assalomu alaykum. Men visa classic karta ochtirgandim.lekin hozir bazilar bu kredit karta bundan ishlatgan pulini davlatga to’lanadi davlatdan karta qarz bo’lib qolishim mumkinligi aytishyapti. Bu qanchalik to’g’ri

        1. Умиджон Обудов

          Valeykum salom. Banklar ikki xildagi kartalarni taklif qilishadi: 1 – chisi debyut karta, 2 – chisi kredit karta. Debyut kartada siz faqat o’zingizning pulingizni ishlatasiz. Kredit kartada esa bankning pulini ishlatasiz. Demak, birovning pulini ishlatganingizdan keyin pul egasining shartlariga ko’nishingizga to’g’ri keladi. Bu shartlar albatta qandaydir foiz bo’ladi va siz ishlatgan pulingizning ustiga yana qandaydir foiz to’lashingizga to’g’ri keladi. Shuning uchun siz, kartangizning debyut yoki kradit kartaligini aniqlab oling. Shundan keyin kartadan bemalol foydalanishingiz mumkin. Aslida, kredit karta ham unchalik qo’rqinchli emas, chunki kredit kartaga ham o’zingizning pulingizni qo’yib ishlatib yurishingiz mumkin. Foiz qachon to’laysiz, qachonki o’zingizning pulingizdan ortiqcha pul ishlatsangiz, ya’ni 0 dan pastga tushsangiz(minusga).

      2. Умиджон Обудов

        Uzr, ha o’zingiz tanlaysiz.

    2. Умиджон Обудов

      Uzr, ha o’zingiz tanlaysiz.

  23. Umida

    Savolim shundan iboratki xozi manga rasiyadan dollir tashashdi lekin man uni qabul qilolmayapman dollirdami sumdami olishi bosam xich narsa chiqmovoti

  24. Зебинисо

    Акшдан мени виза картамга пул утказишлари учун факат картамни 12 талик номерини юбораманми.Узи келиб тушадими мен хеч нима килмайманми?

    1. Умиджон Обудов

      Ха, факат 12 талик номерингизни берасиз, сиз бошка хеч нима килмайсиз, узи келиб тушади.

  25. Xilola

    Salom malumot uchun katta raxmat meni bitta savolim bor

  26. SHOHRUH

    Assalom Alaykum xurmatli admin sizga bir savolim bor…chet elda meni bir tanishim ishlaydi , u menga pul o’tkazmoqchi, lekin menda visa karta yo’q shu visa kartani qanday olsam boladi

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salim. Chet eldan ya’ni Rossiyadan hozircha faqat humo viza kartasiga pul o’tkazish mumkin. Humo kartasini qanday olish bo’yicha yaqinda maqola chop qilinadi, bizni kuzatib boring.

    2. Умиджон Обудов

      Hozirda Agrobank kartasiga sberbankdan to’g’ridan-to’g’ri pul o’tkazish mumkin yoki teskarisi, ya’ni agrobank kartasidan sberbankga.

  27. Uzgraf

    Ipatekadan karta ochuvdim narsa zakaz qilish uchun karta malumotlari kritiladi 16 talik raqam mudati keyin orqasidagi sonlar yozilarkanu menda osha raqamlar 7 ta ekan qaysilarini yozish kk oxiridagi 3ta raqamnimi yoki xammasinimi

    1. Умиджон Обудов

      7 raqam bo’lishi mumkin emas, agar shunday bo’lgan bo’lsa oxirgi uchta sonni kiritib ko’ringchi.

  28. Tit

    Assalomu aleykum. O’zbekistonda VISA CREDIT CARD ochib bo’ladimi? Yoki bizda faqat DEBIT CARD ochib berishganlari uchun( hamma banklarda bilishim bo’yicha) , CREDIT CARD o’rnida DEBIT CARTA bilan ham to’lov qilsa bo’ladimi?

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha to’lov qilish mumkin.

    2. Умиджон Обудов

      Valeykum salom! Debyut karta bilan xohlagan maxsulot uchun to’lov qilish mumkin.

  29. Sardorbek

    Assalomu Alekum Visa Card Deyilyapdi bunga Humans Orqali berilgan Visa kartalar ham Kiradimi. Yuqorida Aytilganlar shu Humansda Berilgan Karta ga ham tegishlimi javob Uchun oldindan raxmat

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha Humansga ham tegishli, Humans kartasini online, ya’ni sayt orqali yoki ofisga borib buyurtma berish mumkin.

  30. Izzat

    Salom visa kartalar bosha fukoralargaham beriladimi

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom, ha beriladi.

  31. Shahzod

    Assalomu alaykum men visa karta olmoqchiman lekin menga kimdir rossiyadagi ilovalar orqali pul tashlamoqchi bulsa qaysi visa karta qulay .

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Rossiyadan pul o’tkazish uchun agrobankdan Humo yoki UzCard kartasiga Sberbank onlayn ilovasi orqali maksimum 50 000 rubl bir martada o’tkazish mumkin, komissiya 1%. Va shu tariqa Sberbank kartasiga UzCard yoki Humo kartalaridan ham pul o’tkazish mumkin.

  32. Mohira

    Assalomu aleykum! Rassiyadan pul kegan visa kartaga 2000 rubl lekin visa kartadan pul qirqib qolishdi shunisiga tushunmadm?

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Agar kartangiz Rossiya banklariniki bo’lsa, O’zbekiston banki xizmat haqqi oladi. Xizmat haqqi miqdorini esa, kartangizni bergan bank yoki O’zbekiston banki saytida ko’rishingiz mumkin.

  33. Rich Birds

    Salom Rich Birds oʻyini haqiqiymi .unda ham pul chiqarib boʻladimi

  34. Husan

    Aka visa qanday zakaz qilsa boladi

  35. Husan

    Aka visa qanday zakaz qilsa boladi aytib yuboriilltimos :roll: :roll: :roll:

  36. Султонова мунаввар

    Ассалому алейкум мен виза классик карта очганман ундаги пул маьлумотларини олиш учун клкга улаш мумкинми

    1. Умиджон Обудов

      Валейкум салом. Ха мумкин.

  37. Pul utkazish

    Agar Amarikandan pul utkazsa menga shuni man tumandagi banklardan olsam buladimi yo markaziy bankdanmi

    1. Умиджон Обудов

      Ha bo’ladi.

  38. Asror

    Visa karta ochish uchun necha yosh bo’lish kerak ?🙄

    1. Умиджон Обудов

      Fuqorolik pasportingiz bo’lishi kerak.

  39. Shahzod

    Assalomu alaykum ,men yaqinda visa classic karta ochirgandim , bu kartaga rossiyadan dollordami yoki rubildami pul tashlasa boladimi keyin yana qancha % foizi bor banklarning

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha pul yuborish mumkin, foiz har qaysi bankda har xil.

  40. Shahzod

    Assalomu alaykum ,savolim bor edi , Visa kartaga o‘zbekiston so‘mmasini tashlasa boladimi.
    Oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha bo’ladi.

  41. Nematjon

    Salom Umidjon 1 oydan ko‘proq vaqt o‘tdi haligacha Visa(electron) kartam chiqqani yo‘q. Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani Agrobank filialiga borgan edim faqat passport ko‘piyamni olib qolishdi.Ular 1)soliq INN kodini 2)pasportim b.n o‘zim birgalikda tushgan rasmimni talab qilishmouvdi o‘shanda. Agar yana 4-5 kun kutib shu davr ichidayam chiqmasa global Visa kartaga shaxsan ONLINE topshirsam boladimi? Bundan tashqari,shu davrga qadar mening nomimga olingan halqaro to‘lov plastik kartalar ro‘yxatini qaysi saytdan ko‘ra olaman,tarixini ko‘rib chiqmoqchiman,shu bo‘yicha yordam bering.

  42. Nematjon

    Salom Umidjon.Umrimda 1chi marta Visa kartaga a‘zo bo‘layapman, 1 oydan ko‘proq vaqt o‘tdi haligacha Visa(electron) kartam chiqqani yo‘q. Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani Agrobank filialiga borgan edim faqat passport ko‘piyamni olib qolishdi.Ular 1)soliq INN kodini 2)pasportim b.n o‘zim birgalikda tushgan rasmimni talab qilishmouvdi o‘shanda. Agar yana 4-5 kun kutib shu davr ichidayam chiqmasa global Visa kartaga shaxsan ONLINE topshirsam boladimi? Bundan tashqari,shu davrga qadar mening nomimga olingan halqaro to‘lov plastik kartalar ro‘yxatini qaysi saytdan ko‘ra olaman,TARIXINI ko‘rib chiqmoqchiman,shu bo‘yicha yordam bering.Shubham shuki,o‘zimizni MFY raisimiz passport yiqqanda 3kunlab pasportimni olib qo‘ygan,keyin qaytarib bergan.

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom.
      1 – savol. Plastik karta olish uchun soliq INN va alohida rasm kerak emas, faqat pasportingiz va o’zingiz bo’lsangiz bo’ldi, pasportdan kopiya olishadi.
      2 – savol. Global Viza kartaga xohlagan paytingizda buyurtma berishingiz mumkin. Onlayn buyurtma berish mumkin yoki mumkin emasligini bilish uchun, karta buyurtma bermoqchi bo’layotgan bank saytidan ma’lumot izlab ko’ring.
      3 – savol. Plastik kartani qaysi bankdan olgan bo’lsangiz o’sha bank saytida siz uchun alohida shaxsiy kabinet ochilgan bo’ladi. Shaxsiy xonangizga kirish uchun o’sha saytga kirasiz va “Kirish” tugmasiga bosasiz va login va parolingizni kiritishingiz kerak. Agar login parolni bilmasangiz, osha kartangizga bog’langan telefon raqamingizga bir martalik parol olish orqali kirasiz va “sozlamalar” ga kirib parolingizni o’zgartirishingiz yoki mavjud parolni yo’qolmaydigan joyga saqlab qo’ying, keyingi safar kirishingiz uchun kerak bo’ladi. Plastik kartangizga oid barcha ma’lumotlarni shu shaxsiy xonangizda ko’rishingiz mumkin.
      4 – savol. Sizning plastik kartangiz haqidagi ma’lumotni ya’ni shaxsiy xonaga kirish paroli, plastik karta kodi va hokazolarni, hattoki bank boshlig’i yoki xodimi ham so’rashga haqqi yo’q, MFY raisi u yoqda tursin. Shuning uchun parol va kodlarni sizdan boshqa hech kim bilmasligi kerak, ishongan odamingizdan tashqari albatta.

  43. Shohjahon

    Assalomu alaykum hurmatli admin bir savolim bor edi men Hamkorbank visa classik kartasini oluvdim sberbankdan pul otkazmasi qabul qilinmadi sberbankdan pul qabul qilish un aynan agrobank visa kartasini olish shartmi javob uchun oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Sberbank bilan Hamkorbankning bu to’g’rida kelishgani haqida ma’lumot topmadim, lekin bu to’g’rida agrobank bilan shartnoma tuzilgan. Bundan tashqari Humo plastik kartasiga chet davlatlardan pul o’tkazish mumkin, lekin sberbankdan o’tkazish mumkin yoki mumkin emasligi haqida ham ma’lumotim yo’q.

  44. +99891

    Visa karta orqali tolov qilgandin pulni xech qaerdan topolmadim

  45. SHukurullo

    Salom men Chet davlatdan kredit olmoqchi edim berishga rozi bo’lishdi faqat transfer to’lovini bajaring dedi keyin hisob raqamizga o’tkazamiz dedi tolovni qaysi banka qilamanmi pulni shu zaxoti beradimi.

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Qanaqa to’lov? Agar to’lov 1 – 2 so’m bo’lsa, yani o’ta kam bo’lsa va yana qaytarish sharti bilan bo’lsa, kreditni qaysi hisob raqamingizga o’tkazmoqchi bo’lsangiz o’sha hisob raqamingizdan kredit berayotgan bank hisob raqamiga o’tkazasiz. Agar katta pul o’tkazishni aytishayotgan bo’lishsa, Hech qanday to’lov qilmaslikni maslahat beraman. Chunki, haqiqatdan sizga pul beradigan odam oldindan sizga to’lov qiling demaydi. Bizning O’zbekistonimizda bo’lishi mumkin, lekin chet davlatda bunaqa qoida yo’q. Agar sizga oldindan katta to’lov qilishni aytgan bo’lishsa bilingki bu mosheyniklik. Yana qaytarib aytaman, agar gap 1-2 so’m to’g’risida ketayotgan bo’lsa, yuqorida yozdim. Lekin men hech qanday to’lov qilmaslikni maslahat bergan bo’lardim.

  46. Muxriddin

    Salom menga Qozoģistondan pul òtkazishmoqchi edi. Qaysi turdagi kartadan ochsam bòladi. Visa classic bòladimi? Keyin undan naqd pul yechib olib bilamanmi?

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Ha bo’ladi.

  47. Abdulhamid

    Assalomu alaykum
    Visa card ni necha yoshdan boshlab olib mumkin?

    Javob uchun oldindan Rahmat !!!

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Aaslida yoshning farqi bo’lmasligi kerak, maktab o’quvchisi ham olishga haqli, lekin bu borada bizda O’zbekistonda qanday bilmayman. Qo’lingizda pasportingiz bo’sa, bemalol olishingiz mumkin.

  48. Jasurbek

    Salom aleykum man agrobank kattasini olish uchun onlayin ariza bergan edim l.k mani ozim o’zbekistonda emasman oila azolarimdan bittasi borib olsa bòladmi

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. O’zingiz, pasportingiz bilan borib olishingiz mumkin.

  49. Tulqin Xolmamatov

    Assalom alaykum. Aloqa bankdan visa kartasiga zayafka bergandim! Aperator karta bepul faqat ichida -10$ bo`ladi didi. Shunda men 10$ tashasam karta ichidagi pul 0$ bo`lib kegin pul tashab ishlatamanmi?. Yoki 10$ tashagandan kegin karta aktiv bo`lib usha 10$ni ishlatsayam bo`ladimi? Uzur usha vaqtda aperatordan suramabman. Javob uchun rahmat.

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Agar onlayn tarzda buyurtma bergan bo’lsangiz karta ichida minus 10$ bo’lishi kerak. Kartadan foydalanishingiz uchun o’sha minus 10$ dan ortiqcha tashlangan pulni ishlatishingiz mumkin. 10$ bir yillik bank xizmati uchun bo’lsa kerak menimcha (pul miqdori turlicha bo’lishi mumkin).

  50. M.

    Assalomu aleykum. Viza kartani 14 yoshdan olsam boladimi?

  51. Farrux

    Salom Umidjon men Alibaba saytidan matosikil sotib olmoqchiman maslahat bering

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. bunaqa buyurtmani pandemiyadan oldin qilsa bo’lardi, lekin hozir xabarim yo’q, yaxshilab surishtirib ko’ring.

  52. Sayitbek

    Assalom aleykum men bugun hamkorbankdan visa klassik kartasiga buyirtma berdim buyirtma berayotkan opaga viza klassik kartasi ozimizni uzkard humo bankamatlariga tushadimi desam yoq faqat banklarga kelip naqt pul qilishingiz mumkun deyapti shu gap rostmi :?:

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Hamkorbank kartasini ishlatib ko’rmaganman, lekin bunday bo’lishi mumkin emas. Viza karta bo’lsa tushi kerak, yanayam bilmadim, bizda har balo bo’lishi mumkin. Hali ko’p banklarda onlayn xizmat yo’lga qo’yilmagan. 20 asrda uxlab yotishibdi hali ko’pchiligi. Ipak yo’li bankining dollor kartasi Uzcard bankamatiga tushadi, faqat so’m olasiz.

  53. Mirzohid

    Salom visa kartamni orqa tomoniga cvc parol yo’q cvc parolni oson olish yo’lini ayting

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Viza Classik kartasini oling!

  54. Berdaq

    Assalomu aleykum! Humans kartadan AQSHga pul jonatish va qabul qilish mumkin mi?

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Humans saytida AQSH to’g’risida hech nima deyilmagan, lekin dunyoning barcha burchagidan ilova orqali kartangizni to’dirishingiz mumkin deb yozilgan. Maaslahatim, saytga kirib Контакты bo’limidan so’rab bu to’g’rida biron ma’lumot olishingiz mumkin.

  55. Umid

    Salom men agrobankka visa kartaga ariza bergandim 20 kun 25 kunda chiqadi deb aytishdi xox bir oyda ham bulishi mumkun deb aytishdi boshida tushunmabman sizga qanday visa kerak deb aytishkanida dunyo buyicha utadiganidan deb aytkanman bunda menga visa classic kartasini berishadimi visa ochish bepul deb aytishdi yana bir narsa haqida tushuncha bering Visa classic visa gol visa platinum bu kartalar orasida hech qanaqa farq yuqmi tulov qilish buyicha yoki naqd qilish buyicha shuni farqlarini ham aytib utsangiz iltimos sug’urta depoziti nimasi edi u oddiy visa kartada 5$ ekan Gold visada 10$ Platinum visada esa 50$ ekan

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Viza Classik kartasi ham dunyo bo’ylab ishlaydi, qolganlari ham dunyo bo’ylab ishlaydi. Barchasining farqi depozitida xolos. Sug’urta depoziti degani, bank tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va bazi bonuslarning berilishi uchun to’lanadigan garant puli deyish mumkin. Agrobank saytiga kirib Kartalar bo’limiga kirsangiz batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

      1. Umid

        Kattakon rahmat sizga yana bir narsa surasam buladimi mayning firmaga ruxsat bormi uzbda lessinziyasi bormi yoki boshqa narsa qilinadimi shu xaqida bilsez tuliq tushuncha berib utsangiz oldindan rahmat

        1. Умиджон Обудов

          Salom. Davlat va davlatchilikni, tariximizni, zamon texnologiyalarini, demokratiyaning asl mazmunini bilmaganimizdan keyin hamma narsa uchun KIMDANDIZ ruxsat olishimizga to’g’ri keladi. Endi savolingizga qaytsam. O’zbekistonda mayningni sotish mumkin, sotib olish mumkinmas, lekin qazib olish mumkin – bu mening gapim emas, davlatni gapi. Litsenziya olish uchun, yaqinda DAVLAT tomonidan tashkil qilingan uznex .com (Uzbekistan Cryptocurrency Mining Pool) saytida ro’yxatdan o’tasiz tamom. Hech qanday litsenziya kerak emas. Lekin bu saytning shartlari bilan diqqat bilan tanishing! Agar shaxsan o’zingiz ishlasangiz, bu jinoyat va bundan tashqari agar shaxsan o’zingiz ishlaydigan bo’lsangiz elektr tokini 3 baravar ko’p pul to’lashingizga to’g’ri keladi. Bu esa mayning qazib olish xarajatlarini qoplamaydi.

          1. Gulnoza

            Assalomalekum yaxwimisz man visa karta octirmoqchi edim onam turkiyadan mani kartamga pul otqazib biladilami

          2. Умиджон Обудов

            Valeykum salom. Turkiyadan bilmadim, lekin O’zbekistonda ochilgan kartaga Rossiyadan pul tashlash mumkin. Siz kartangizning kopiyasini yoki bitta hisob raqamga ikkita plastik karta ochib, kartaning bittasini onangizga yuborishingiz mumkin va onangiz Turkiyada o’sha kartaga pul qo’ysa, sizdagi kartada ham pul paydo bo’ladi va siz bu pulni xohlaganizcha ishlatishingiz mumkin.

  56. AxmaD

    Agrobank,xalq banki,turon ushbu banklarni qaysinisidan visa classic olsa bòladi.Visa classic orqali turkiyadan pul yuborsa bòladimi.javob u-n rahmat

    1. Умиджон Обудов

      Salom. Agrobankdan olish mumkin, aslida hammasida ham viza karta butun dunyo bo’yicha yurishi kerak. Chunki, viza karta bir O’zbekistonniki emas. Turkiyadan bilmadim, Rossiyadan yuborish mumkin.

  57. Nimatulla

    Onlayn shu kartani ochsa buladimi shu yerdan turib :?:

    1. Умиджон Обудов

      Agar bank saytida shunday imkoniyat bo’lsa, albatta ochishingiz mumkin.

  58. Azizbek

    Assalomu alaykum.kartaga qo’yilishi kerak bo‘lgan depazitni miqdori qancha eng minimum holatda

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Karta turiga qarab turli bankda turlicha.

  59. yahyo

    asalom alekum menga amazon degan karta kerak qaerdan lsam buladi
    :|

  60. Elmurod

    Ma’lumot uchun rahmat sizga. Foydasi tegdi. Lekin depozit puli nima ekanini hali tushunmadim. Ishlatsa bo’ladimi yo’qmi uni?

    1. Умиджон Обудов

      Salom. Depozit bu, kartangizda doimiy turadi uni ishlata olmaysiz.

  61. Shohrux

    Assalomu Alaykum!
    O’zbekiston tashqarisda bolib turgan holda, Ozbekistonning qaysi banklaridan VISA/Masterkard xalqaro plastik kartasini ochish mumkin? Javob uchun oldindan rahmat.

    1. Умиджон Обудов

      Валейкум салом.

      Бази банкларда онлайн буюртма бериш хали тулик йулга куйилмаган. Шунинг учун карта олмокчи булаетган банк сайтларига кириб куринг.

  62. Nodira

    Assalomu alaykum!.Nafaqa pulimni viza karta orqali chet elda olib yursam bo’ladimi.Oldindan javobingiz uchun raxmat

    1. Умиджон Обудов

      Assalomu aleykum. Agar nafaqa pulingiz aynan viza kartaga o’tkazilsa, chet elda ham foydalanishingiz mumkin albatta, lekin shunday bo’lsa ham viza kartani bergan bankingizdan chet elda ham ishlatib bo’lish bo’lmasligini so’rab ko’rishni maslahat beraman.

  63. Nilufar

    Assalomu alaykum viza kartani onlayn olsam boʻladimi

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. Qaysi bankdan olishingizga bog’liq. Ba’zi banklarda mumkin, ba’zilarida mumkin emas.

  64. Sherzod

    Assalomu aleykum . Men Visa karta ochishimni dustlarim maslahat berishdi. Chunki menga AQSH dan pul yuborishadi. Iltimos aytingchi qaysi Bank dan ochishim maqulroq kartani va pulni yechib olinayotgan payt foiz ushlab qolinmaydimi?

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: