Ishga joylashish uchun suhbatdan muvaffaqiyatli o’tish sirlari, qanday savollarga tayyor bo’lish kerak va kiyinish madaniyati

Suhbatdan qanday o'tish kerak

Hammaga salom! Siz bilan yana men, Tuychiyeva Malika. Yodingizda bo’lsa, oldingi maqolamizda rezyume yozish  hamda ishni qanday qidirib topish kerakligi haqida gaplashgan edik. Mukammal rezyumeyingizni  yozib, o’zingiz xohlagan ishni topdingizmi? Tezroq suhbatdan o’tib, o’zingiz orzu qilgan lavozimga ariza yozmoqchimisiz?  U holda bugun, suhbatdan qanday o’tish kerak, shu to’g’risida gaplashamiz.

Uzoq va qiyin ish qidirish jarayonining birinchi bosqichining munosib yakuni bu – suhbatga taklif qilinishingiz bo’ladi.

Suhbatdan qanday o’tish mumkin? O’zingizni qanday tutishingiz kerak? Suhbatdan o’tishning qanday qoidalari bor? Bu savollarning barchasi ish joyiga murojaat etuvchilarni juda qiziqtiradi. Ammo, bu savollarga javob berishdan oldin, keling, ish beruvchi bilan suhbat o’zi nima ekanligini ko’rib chiqaylik.

Internet kasblar ro’yxati va qo’llanmalar

Ishga qabul qilishdan oldingi suhbat

Ishga qabul qilish uchun suhbat

Ishga qabul qilishdan oldingi  suhbat – talabgorning tajribasini, shuningdek uning shaxsiy fazilatlarini bilib olishga ko’maklashadi, ya’ni u bilan tanishish usulidir.

Ish qidirish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lsangiz ham, har bir yangi suhbat uchun oldindan tayyorgarlik ko’rishingiz kerakligini unutmang.

Ko’pincha, mutaxassisning professionallik darajasi qanchalik past bo’lsa, u suhbatga shunchalik yomon tayyor bo’ladi. Shuning uchun, har safar suhbatga taklifni olgach, quyida ko’rsatib o’tadigan maslahatlarimizdan foydalaning.

Suhbatga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak

Suhbatga tayyorgarlik ko'rish

Suhbatga tayyorgarlik ko’rish uchun oldindan “razvedka” qilish juda muhimdir. Siz uchrashadigan odamlaringiz  haqida imkon qadar ko’proq ma’lumot to’plashingiz kerak.

Foydali ma’lumotni turli yo’llar bilan olish mumkin. Agar katta korxona haqida gapiradigan bo’lsak, uning mahsulotlari yoki xizmatlari bilan tanishib chiqing. Ko’pgina tashkilotlar o’zlarining loyihalarini   va reklama broshyuralarini tarqatadilar. Ushbu tashkilot haqida gazeta yoki jurnallardan maqolalar topishga harakat qiling.

Siz ishga kirmoqchi bo’lgan tashkilotda ishlaydigan yoki ishlagan shaxs bilan suhbatlashishingiz mumkin. Undan juda ko’p foydali narsalarni bilib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz, lekin siz bunday axborotni sub’ektiv tomonini ham  hisobga olishingiz kerak bo’ladi.

 Suhbat uchun kiyinish madaniyati

Suhbatga qanday kiyinish kerak

Siz ish beruvchi bilan birinchi uchrashuvga borasiz. Bo’sh lavozimning tavsifiga ko’ra, hamma narsa sizga mos keladi. Shuning uchun, siz ayniqsa diqqat bilan suhbatga tayyorgarlik ko’rasiz: rezyumega o’zgartirish kiritasiz, aqlli savollarga, to’g’ri kelishi mumkin bo’lgan javoblar haqida o’ylaysiz, va kechalari bilan rus-o’zbek tilida nutqingizni rivojlantirasiz. Nihoyat, navbat tashqi ko’rinishingizga keladi ,  bu borada esa siz bilan ayrim maslahatlar bilan bo’lishamiz.

  • Soch turmagi

Ishbilarmon ayollarga kaltaroq soch turmagini tavsiya etamiz. Chunki, uzun sochlarni turmaklash ham qiyin,ham qimmat. Kalta sochlar esa vaqtingizni tejaydi va bejirim ko’rinish beradi.

Erkaklarga osonroq, sochingiz va soqolingiz o’sib ketmagan bo’lsa kifoya.

  • Kiyinish madaniyati

Ayollarga ham, erkaklarga ham klassik uslubda kiyinishni taklif etamiz. Bu har zamon va har joy uchun yutuqli variant.

Ayyollar suhbatga ketayotganda kalta yubkalar va ochiq kiyimlardan voz kechishlari kerak. Chunki, bu siz haqingizda noto’g’ri ta’surot paydo bo’lishiga olib keladi.

Erkaklar haddan tashqari yorqin galstuklarni taqmasliklari kerak. Bu suhbatdoshingizni fikrini bo’linishiga olib kelishi mumkin.

Kiyimlaringiz toza va dazmollangan bo’lsa kifoya.

Diqqat! Atir upa ishlatganingizda, judayam o’tkir hidlisini tanlamang! Suhbatdoshingizni boshi og’rishini va u tezda suhbatni tugatishini xohlamasangiz , albatta.

Suhbatga kirganda o’zingizni qanday tutishingiz kerak

Suhbatda o’zingizni tutish qoidalari

Barcha ishlarda tartib- qoida bo’lganidek, suhbat jarayonini ham o’ziga yarasha qoidalari bo’ladi. Ushbu bo’limda, aynan shu haqida gaplashamiz:

  • Albatta har bir ish salomlashishdan boshlanadi. Suhbatga borgan kompaniyangiz vakili bilan uchrashganda, hech qachon birinchi bo’lib salomlashish uchun qo’l uzatmang.
  • Taklif qilishmagunicha o’tirmang.
  • Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglang va suhbat yo’nalishini bilib oling.
  • Savolga javob berishdan oldin, sizdan bu savol nima uchun so’ralganini tushunishga harakat qiling, qanday qilib kuchli tomonlaringizni yoritib, nima haqida gapirmasligingiz kerakligini bilib oling.
  • Avvalgi ish joylarinigiz muhokama qilinayotganda, sobiq xo’jayiningiz va hamkasblaringizni tanqid qilmang.
  • Agar so’rashmasa, shaxsiy yoki moliyaviy muammolaringizni muhokama qilishni boshlamang.
  • Sizni qoniqtiradigan ish haqini aytib o’tishingiz mumkin, lekin bu mavzuda savol berilishidan oldin emas.
  • Suhbatni tugatib, suhbatdoshingizga e’tibor uchun minnatdorchilik bildiring.

Suhbat vaqtida eng ko’p beriladigan savollar

Suhbatdagi savollar

Albatta, hech kim ish beruvchi tomonidan beriladigan savollarni oldindan aytib bera olmaydi. Lekin, tajribadan kelib chiqib, eng ko’p beriladigan savollarga tayyorlanish mumkin. Quyida sizga savollardan namunalarni ko’rsatib o’tamiz:

  1. O’zingiz haqingizda gapirib bering.
  2. Bizni korxonamizni nima uchun tanladingiz?
  3. Boshqa joylardan ham takliflar oldingizmi?
  4. Boshqa korxonalarda ham suhbatdan o’tdingizmi?
  5. Shaxsiy hayotingiz ishlashingizga halal bermaydimi?
  6. Sizning kuchli va ojiz taraflaringiz qanday?
  7. Nima uchun oldingi ishingizdan ketdingiz?
  8. Ish tajribangiz qanday?
  9. Ish haqqingiz qanday bo’lishini xohlardingiz? Va boshqalar.

Yuqorida ko’rsatilgan savollar 98% suhbatlarda beriladi. Oldindan tayyor bo’lishni tavsiya etamiz.

Siz va ish beruvchi: 7 ta  muvaffaqiyat qoidasi

Suhbat qoidalari qanday

1-qoida. Sizga kerak bo’lgan barcha hujjatlarni oldindan to’plang. Yozma tavsiyalar, telefon raqamlari bilan. Shuningdek, diplomingizni, kurslarni tugatish to’g’risidagi guvohnomani (agar mavjud bo’lsa), pasportni, mehnat daftarchasini va rezyumeni unutmang, iloji bo’lsa ikki nusxada oling.

2-qoida.  Varoqga taqdimot nutqingizni yozing va uni ko’zgu oldida mashq qiling. Nimani va qanday qilib aytishni oldindan o’ylab qo’ying.

3-qoida. Faqatgina tashqi ko’rinishingiz bilan ijobiy taassurot qoldirishga harakat qilmang. Tabiiy bo’ling! Esingizda bo’lsin, birinchi taassurot juda muhim.

4-qoida. Asabiylashmang, chunki, bu darhol seziladi, lekin bundan tashqari, ish beruvchida keraksiz savollar paydo bo’ladi: “Nima uchun bu kishi juda asabiy? U biror narsani yashirmoqchimi? Yoki, o’ziga ishonmaydimi? ” o’xshagan.

5- qoida. Rad javobini olishga tayyor bo’ling. Umuman har qanday natijaga ma’nan tayyor bo’lishingiz lozim.

6-qoida. Xushmuomala bo’ling. Ko’p gapirishdan o’zingizni tiying, ko’proq suhbatdoshingizni tinglang.

7-qoida. Qanday tajribaga va professional darajaga ega bo’lishingizdan qat’iy nazar, o’zingizni suhbatdoshingizdan yuqori qo’yib, manmanlik qilmang.

Maslahat! Suhbatdan oldin yaxshilab uyquga to’yib oling, bu muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Suhbatdan oldin hech qanday dori ichmaslikni maslahat berardik.

Ishga joylashish uchun suhbatdan o’tish namunasini quyidagi videoda ko’rishingiz mumkin:

Xulosa

Yaxshi ish kamdan-kam hollarda birinchi urinishda topiladi. Doim o’zingizga ishoning va tanlash imkoniyatidan foydalaning. Umid qilamanki, yuqoridagi maslahatlarimiz sizga orzuyingizdagi ishni topib, suhbatdan muvaffaqiyatli o’tishingizga ko’maklashadi.

Balki sizda qo’shimcha maslahatlar bordir? Izohlarda qoldiring birga muhokama qilamiz. Keyingi maqolalarda ko’rishguncha hayr!

Текст на русском

Секреты успешного собеседования, к каким вопросам быть готовым и дресс-код

Всем привет! Я снова с вами, Малика Туйчиева. Если вы помните, в нашей предыдущей статье мы говорили о том, как написать резюме и как найти работу. Вы написали идеальное резюме и нашли работу, которую хотите? Хотите быстро пройти собеседование и написать заявку на должность своей мечты? Тогда мы продолжим.

Подходящим завершением первого этапа долгого и сложного процесса поиска работы будет то, что вас пригласят на собеседование.

Как пройти собеседование? Как вы должны себя вести? Каковы правила прохождения собеседования? Все эти вопросы очень интересуют соискателей. Но, прежде чем ответить на эти вопросы, давайте разберемся, что такое собеседование с работодателем.

Список занятий в Интернете и руководства

Собеседование перед приемом на работу

Собеседование перед приемом на работу — это способ познакомиться с кандидатом, который помогает узнать об опыте и личных качествах соискателя.

Даже если у вас большой опыт поиска работы, помните, что к каждому новому собеседованию нужно готовиться заранее.

Часто чем ниже уровень профессионализма специалиста, тем хуже он подготовлен к собеседованию. Поэтому каждый раз, когда вы получаете приглашение на собеседование, воспользуйтесь нашими советами ниже.

Как подготовиться к собеседованию

Очень важно заранее провести «разведку», чтобы подготовиться к собеседованию. Вы должны собрать как можно больше информации о людях, с которыми вы встречаетесь.

Полезную информацию можно получить разными способами. Если речь идет о крупном предприятии, ознакомьтесь с его продукцией или услугами. Многие организации распространяют свои проекты и рекламные брошюры. Попробуйте найти статьи об этой организации в газетах или журналах.

Вы можете поговорить с кем-то, кто работает или работал в организации, в которой вы хотите работать. У вас будет возможность узнать из него много полезного, но вам придется учитывать субъективную сторону такой информации.

Культура одевания на собеседование

Вы идете на первую встречу с работодателем. По описанию вакантной должности вас все устраивает. Поэтому к собеседованию готовишься особенно тщательно: вносишь правки в резюме, обдумываешь умные вопросы, возможные ответы, на ночь развиваешь свою русско-узбекскую речь. Наконец, это ваш внешний вид, и мы поделимся с вами некоторыми советами.

Прическа

Короткие стрижки мы рекомендуем деловым женщинам. Потому что укладывать длинные волосы сложно и дорого. Короткие волосы сэкономят ваше время и придадут стильный вид.

Мужчинам проще, достаточно, если у вас не отросли волосы и борода.

Культура одежды

Мы предлагаем как женщинам, так и мужчинам одеться в классическом стиле. Это выигрышный вариант в любое время и в любом месте.

Женщинам следует избегать коротких юбок и открытой одежды, когда они идут на собеседование. Потому что это создаст о вас неправильное впечатление.

Мужчинам не следует носить слишком яркие галстуки. Это может привести к тому, что ваш собеседник разделит свое мнение.

Достаточно, если ваша одежда чистая и выглаженная.

Внимание! При использовании парфюма не выбирайте очень резкий запах! Если, конечно, вы не хотите, чтобы у вашего собеседника разболелась голова и он быстро закончил разговор.

Как вести себя при входе на собеседование

Как на всех работах есть правила, так и в процессе собеседования есть свои правила. В этом разделе мы поговорим именно об этом:

Конечно, любое дело начинается с приветствия. При встрече с представителем компании, у которой вы проводите собеседование, никогда не протягивайте руку первой, чтобы поздороваться.
Не садитесь, пока не пригласят.
Внимательно выслушайте собеседника и узнайте направление разговора.
Прежде чем ответить на вопрос, постарайтесь понять, почему вам задали этот вопрос, как выделить свои сильные стороны и научиться тому, о чем не стоит говорить.
Не критикуйте своего бывшего начальника или коллег, когда обсуждаете свою прошлую работу.
Не начинайте обсуждать свои личные или финансовые проблемы, если вас об этом не просят.
Вы можете упомянуть зарплату, которой вы довольны, но не раньше, чем будет задан вопрос об этом.
Завершите разговор и поблагодарите собеседника за внимание.
Наиболее часто задаваемые вопросы во время собеседования

Конечно, никто не может предсказать, какие вопросы будет задавать работодатель. Но исходя из опыта, вы можете подготовиться к наиболее часто задаваемым вопросам. Вот несколько примеров вопросов:

Расскажи мне о себе.
Почему вы выбрали нас в качестве своей компании?
Вы получали предложения из других мест?
Вы проходили собеседования в других компаниях?
Ваша личная жизнь не позволяет вам работать?
Каковы ваши сильные и слабые стороны?
Почему вы ушли с предыдущей работы?
Каков ваш опыт работы?
Какой бы вы хотели видеть свою зарплату? И другие.

Вышеуказанные вопросы задаются в 98% интервью. Рекомендуем подготовиться заранее.

Вы и работодатель: 7 правил успеха

Правило 1. Заранее соберите все необходимые документы. Письменные рекомендации с номерами телефонов. Также не забудьте взять с собой диплом, сертификат об окончании курсов (если есть), паспорт, трудовую книжку и резюме, по возможности, в двух экземплярах.

Правило 2. Напишите свою презентационную речь на листе бумаги и потренируйтесь перед зеркалом. Подумайте, что сказать и как сказать.

Правило 3. Не пытайтесь произвести положительное впечатление только своим внешним видом. Быть естественным! Помните, первое впечатление очень важно.

Правило 4. Не нервничайте, ведь это сразу заметно, а кроме того, у работодателя возникнут лишние вопросы: «Почему этот человек так нервничает? Он пытается что-то скрыть? Или он не уверен в себе?»

Правило 5. Будьте готовы к отказу. В общем, вы должны быть готовы к любому исходу.

Правило 6. Будьте вежливы. Не говорите лишнего, больше слушайте собеседника.

Правило 7. Вне зависимости от того, какой у вас опыт и профессиональный уровень, не стоит зазнаваться, ставя себя выше собеседника.

Кончик! Хороший ночной сон перед собеседованием поможет вам добиться успеха. Мы советуем вам не принимать никаких лекарств перед собеседованием.

Пример собеседования при приеме на работу вы можете увидеть в следующем видео:

Краткое содержание

Хорошую работу редко удается найти с первого раза. Всегда верьте в себя и используйте возможность выбора. Надеюсь, что приведенные выше советы помогут вам найти работу своей мечты и успешно пройти собеседование.

Может быть, у вас есть дополнительные советы? Пишите в комментариях, обсудим вместе. До встречи в следующих статьях!

Оцените материал
( 14 assessment, average 4.36 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 18
  1. Xonzoda Murtozoyeva

    Assalom alaykum!
    Maqola menga yoqdi.

  2. OYBEK

    ОЛДИНГИ ИШИНГИЗДАН НЕГА БУШАГАНСИЗ ДЕГАН САВОЛГА ЖАВОБ НИМА ДЕЙИШ МУМКИН

    1. Умиджон Обудов (author)

      Салом. Хохлаган бир сабабни айтишингиз мумкин, яъни масалан, иш режа тугри келмади. Лекин хеч качон олдинги ишингизни ёки рахбарингизни ёмонламанг.

  3. Oybarchin

    Juda zor

  4. Qalandarova Mavzuna

    Salom men ish qidrayabman yordam bering Uzbekistonda Shifokorlikni tugatganman va ishlaganman

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Qanday ish qidiryapsiz? Mutaxasisligiz bo’yichami?

  5. Azamat Ravshanov

    Zur gap yuq shunday maqolalardan kuproq chiqaring

  6. Mir Jadigerov

    Assalawmalikum sizdin xame tusinklerdi oqip uqtim, men jumis izlep atirman , mamnligim “Injener texnolikpen” Berdaq atindagi Qaraqalpaq mamleketlik Uneverinin sanaat texnalogya fakulteti Nefit xam nefit gazdi qayta islew qanygeligin bitirdim. Telefon nawmerim 913847660

  7. Sardorbek Ilyasov HR menejer

    Salom. Sayt ham maqolalar ham zo’r. :idea: Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, savollar har joyda har hil bo’ladi. Suhbatga borishdan oldin o’sha kompaniya yoki tashkilot haqida ma’lumotlarga ega bo’lish judayam muhum. Korporativ ma;daniyatini bilib olish kerak va shunga qarab tayyorgarlik ko’rish onson bo’ladi. Masalan siz boradigan joy diniy korporativ ma’danyatga ega bo’lsa erkaklar soqolini olish shart emas, ayollar ham shung qarab kiyim tanlasalar maqbul bo’ladi. beriladigan javoblar ham shu yo’sinda kechgani maqulroq. ;-)

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Raxmat.

      1. Abdumalik

        Assalomu alaykum.Men Turizm yo’nalishi 2-bosqich talabasiman.Bitirib aeroportlarda ishlash niyatim bor.Mening mutaxasisligim aeroport soxasida ishlashga to’g’ri keladimi?

  8. Muqaddam

    Ассалому алайкум, сухбат давомида олдинги ишиздан нега кетишни хохладингиз деган савол учун кандай жавоб маькул келади

    1. Умиджон Обудов (author)

      Валейкум салом. Олдинги ишингизни емонламаган холда хар кандай сабабни айтишингиз мумкин албатта.

  9. Diloromxon

    Assalomu Alaykum. Men prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashgan maktabga ishga kirmoqchiman.Testdan o’tib,suhbatga chaqirildim.Endi suhbatga tayyorlanishim kerak. Men psixologik va muammoli vaziyatlar haqidagi savollarga qanday javob berishim kerak.

  10. Surayyo

    Avvalam bor Assalomu alaykum man Natarial Palataga ishga kirmoqchiman ôshanichun suhbatda qanaqa savollar tushishini bilsam shundan tayyorlanardim sizdan iltimos manga yordam bering

  11. Zoirova

    Kerakli maslahatlar 💯

  12. Dilafruz

    Assalomu aleykum men oldin hrch wayerda ishlamaganman yoshim 19da ishga suhbatga chaqirildim nimalar muxim nimalarga etibkr berishim kerak

  13. Maxliyo.Ermaova

    Assalomu alaykum,men maktabda kadr bo’lib ishladim, Xozirda mahallada inson Ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi mutaxasisligigga chaqirildim.Qanday, va qay tartibda nimalarga e’tibor berishim kerak? Javob uchun oldindan raxmat!

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: