Assalomu aleykum uzinterbiz.com blogining mehmonlari va obunachilari! Bugun siz bilan birga, Visa xalqaro kartasi haqida gaplashamiz. Ushbu karta chet elga ko’p sayohat qiluvchilar va internet orqali mahsulot sotib oluvchilarga yaxshi tanish.
Hozirgi kunda internet-do’konlar kundan-kunga ko’payib bormoqda. Ularda ko’rsatilgan mahsulotlarni sotib olishni istaysiz-u, ammo xalqaro kartangiz yo’qmi? U holda bu maqola siz uchun. Bugun visa karta ochish, uni ishlatish tartibi va boshqalar bilan tanishtiraman.
Mavzuyimizga chuqurlashishdan oldin, Visa kartasi nima uchun kerakligini aytib o’tsam.
Visa karta — bu butun dunyo bo'ylab qabul qilinadigan to’lov instrumenti, jumladan, bankomatlar, haqiqiy va virtual do'konlar, shuningdek, pochta va telefon orqali tovarlar va xizmatlarni taklif qiluvchi do'konlarda qabul qilinadigan, VISA logotipiga ega, universal to'lov vositasi.
Karta, barcha afzalliklardan foydalanish imkoniyatini beradi. U dunyodagi eng qulay va arzon karta mahsulotlaridan biridir. VISA kartasi elektron terminallar yoki imprinterlar o'rnatilgan savdo-xizmat ko'rsatish korxonalarida to'lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Karta yordamida siz internet orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun! VISA karta egalariga xizmat ko'rsatishning eng yirik jahon tarmog'i 18 milliondan ortiq savdo va xizmat ko'rsatish korxonalarini o'z ichiga oladi, bularga: do'konlar, restoranlar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar, 21000 bank va butun dunyo bo'ylab 1 milliondan ortiq bankomatlar kiradi.
O’zbekiston banklarida taklif qilinadigan Visa xalqaro plastik kartalarining turlari
Agar, bankga borib xalqaro plastik karta ochmoqchi bo’lsangiz, bank hodimi sizga, Visa kartasining turini tanlashni taklif qiladi. Kartalarning turiga qarab, ulardan foydalanish tartibi va funksiyasi ham o’zgaradi.
O’zbekistonda Visa xalqaro kartasining uchta turi bor, bular:
- Viza Elektron
- Viza Classic
- Viza Gold
Viza Electron— har qanday operatsiya karta ma'lumotlarni elektron tekshirish, uning amal qilish muddati va karta hisob mablag'I yetarliligi tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi. Shuning uchun ham Visa Electron eng xavfsiz va eng mashhur karta hisoblanadi.
Viza Classic -Visa logotipi mavjud bo'lgan deyarli barcha nuqtalarda to'lov uchun qabul qilinadi. Uning yordami bilan siz internet yoki telefon orqali xaridlar uchun to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Undan elektron va mexanik to'lov terminallari va bankomatlarda ham foydalanish mumkin. Karta yordamida mehmonxona xonalari, aviachiptalar va boshqa tovarlarni band (bron) qilish mumkin.
Viza Gold— ushbu karta egalariga, Visa Electron va Visa Classic egalariga qaraganda yuqori darajada xizmat ko'rsatiladi. Ko'pgina do'konlar va restoranlar Visa Gold egalari uchun muayyan imtiyozlarni ham taklif qilishadi.
Diqqat! Xalqaro plastik kartani ochish yoki tiklash, faqat O'zbekistonda, bankga, yo'qotish yoki blok qilinganlik to’g’risida ariza topshirilgandan so'ng amalga oshiriladi. Ariza faqat karta egasi tomonidan yoziladi va belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi. Qarindoshlari yoki yaqinlaridan ariza qabul qilinmaydi. Ushbu choralar mablag’ni himoya qilish uchun ko’riladi.
O'zbekistonda Viza xalqaro plastik kartasini ochish shartlari
Hozirgi vaqtda xalqaro to'lov kartalari (konversion kartalar) bilan faqat chet elda foydalanish mumkin. Hech qanday cheklovlarsiz bankomatlardan naqd pulni yechib olish, do'konlarda, mehmonxonalarda karta orqali to’lovni amalga oshirish mumkin. To'lov kartalaridan istalgan mamlakatda foydalanish mumkin. Mamlakatlar bo'yicha cheklovlar va naqd xorijiy valyutani yechish uchun cheklashlar mavjud emas.
- Bundan tashqari, kartalardan O'zbekistondagi bankdan, tasdiqlovchi hujjatlar (invoys) asosida, to'g'ridan-to'g'ri davolash va o'qitish uchun pul o’tkazish mumkin.
- Respublika hududida xalqaro to'lov kartasidan (konversion karta) mablag'lar faqat joriy valyuta kursi bo'yicha milliy valyutada yoki chet el valyutasida yechib olinishi mumkin.
- O'zbekistonda faqat debet kartasini ochish mumkin, ya'ni undan foydalanish uchun avval bank hisob raqamiga mablag' ajratish kerak.
Fuqarolar tijorat banklarining (Orient Finance Bank, Aloqa Bank, Turon Bank, Agrobank, Asaka bank, Hamkorbank, Kapital Bank va boshqalar) konversion bo'limlarida, naqd pulsiz shaklda chet el valyutasini xalqaro to'lov kartasiga (konversion kartaga) o'tkazish yo'li bilan ochishlari mumkin. Milliy valyutadagi to'lovlar, naqd va naqd pulsiz shaklda kartalar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Diqqat! Hozirgi kunda banklar orasida raqobatchilik oshib borayotganligi tufayli, karta ochayotganingizda sizga har xil bonuslar taklif qilishlari mumkin. Shuning uchun albatta banklarning rasmiy saytlariga tashrif buyurib ma’lumot olishni unutmang, chunki, tartibda o’zgarishlar va yangiliklar bo’lishi mumkin!
Shu bilan birga, xalqaro kartani ochish va undan foydalanish uchun bankka komissiya to'lash kerak bo'ladi (maqola yozilgan vaqtda):
- kartani ochishning narxi -75 000 dan 100 000 so'mgacha (bir martalik to'lov);
- kartadan foydalangan holda to'lovlarni amalga oshirishda komissiyalar-har bir tranzaksiya summasining 0,5% dan 1% gacha;
- chet eldagi bankomatlarda naqd xorijiy valyutani yechib olingani uchun-operatsiya summasining 1%
Fuqarolar tomonidan, chet el valyutasida to'ldiriladigan xalqaro to'lov kartalari, mamlakat hududida foydalanish bo'yicha cheklovlarga ega emas.
Sug'urta depoziti va uning bank tomonidan qo'llanilishi
Sug’urta depoziti, karta egasining bankdagi shaxsiy hisobida saqlanadi. Depozit, kartadagi mablag’ tugagandan so’ng, bank tomonidan ishlatiladi.
Deposit — pul mablag'lari tugashi, valyuta kursining o'zgarishi yoki karta bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank komissiyasidan foydalanganlik natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Mijozning talabiga binoan bank unga karta orqali amalga oshirilgan barcha to'lovlar haqida batafsil ma'lumot beradi va unda qancha mablag’ sug'urta depozitidan, qanchasi karta hisobidan olinganini ko'rishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun! Xalqaro to'lov tizimlari operatorlarining (VISA, MasterCard va boshqalar) talablariga muvofiq, banklar tomonidan 35 dollardan 100 dollargacha bo'lgan, chegirib tashlanmaydigan balans (sug'urta depoziti) o'rnatilgan bo'lib, u to'lov kartasi yopilgandan keyin mijozga qaytarib beriladi.
Kartani ishlatishda ehtiyot choralar
Visa kartasi sizning bankdagi shaxsiy hisobingizga kirish vositasidir. Shuning uchun uni ishlatishda quyidagi, asosiy ehtiyot choralariga rioya qilish kerak:
- Hech kimga kartangizni bermang va PIN kodini aytmang, PIN kodingizni va karta raqamingizni uchinchi tomonlardan sir saqlashga harakat qiling. PIN-kodni kartadan alohida saqlashni tavsiya etamiz va hech qachon uni kartaga yozmang. Kartani yo'qotish yoki o'g'irlash holatlarida, sizning kartangizdan foydalanish uchun barcha ma'lumotlarga ega bo'ladi;
- Har oyda, bankda karta bayonotlarini tekshiring. Bayonotlarni, bankga tashrif buyurganingizda olishingiz mumkin (kelajakda onlayn tarzda olishingiz mumkin bo’ladi). Shubhali yoki noma'lum tranzaksiyalar aniqlangan taqdirda, tergovni boshlash uchun darhol bankga xabar bering;
- Kartani o'g'irlash yoki yo'qotish holatlarida, bank sizning kartangizni muzlatib qo'yishi uchun darhol bankga xabar bering;
- Karta yordamida to'lovni amalga oshirayotganda kartani ko'zdan yo'qotmang. To'lovni amalga oshirganingizdan so'ng, kartangiz sizga qaytarib berilganligiga ishonch hosil qiling.
- Bankomatlardan foydalanishda, pin kodni terayotganingizda, hech kim sizni kuzatmayotganiga va sizning orqangizda turmayotganligiga ishonch hosil qiling.
Ushbu ehtiyot choralariga rioya qiling va o’z mablag'laringizning xavfsizligini ta'minlang!
Internetda, kartalardan qanday foydalanish kerak?
Internet saytlarda to’lovni amalga oshirishdan oldin, sayt egalarining faoliyati to’g’risida, bankdan yoki saytdan foydalangan tanishlaringizdan ma’lumot olishga harakat qiling.
Sotib olmoqchi bo'lgan tovarlar ro'yxatini aniqlaganingizdan so'ng, to'lov usuli sifatida Visa kartasini tanlang. To'lovni amalga oshirish uchun karta raqamini (16 raqam), uning amal qilish muddatini, kartangizda ko'rsatilganidek, ismingizni va kartaning orqa tarafida ko’rsatilgan CVV2 kodini (3 ta raqam) ko'rsatishingiz kerak.
Kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirib, tegishli tugmani bosish orqali ularni tasdiqlang. Internet-sayt to'lovni tasdiqlash uchun so'rovni yaratadi va agar siz to'g'ri ma'lumotlarni ko'rsatgan bo'lsangiz, saytda tegishli xabarni ko'rasiz.
Maslahat! Internetda savdo qilish uchun alohida karta ochishni maslahat beraman. Pulingizni asosiy kartada saqlaysiz va kerak bo'lgan mablag'ni ikkinchi kartaga o'tkazib, savdoni amalga oshirasiz.
Xulosa
Ko’rib turganingizdek xalqaro plastik karta – aslida, ko'pchilik tomonidan ishlatiladigan plastik kartadan unchalik farq qilmaydi, faqat ma'lum bir xorijiy valyutaga o'tkazilgan mablag’ni saqlaydi.
Agar, chet el safariga otlanayotgan bo’lsangiz, albatta, shunday karta ochishingizni maslahat berardim. Chunki, aynan xalqaro karta sizga dunyoning istalgan nuqtasida o’zingizni huddi uydagidek his qilishingizga imkon beradi. Internetdan noyob xaridlar qilishni orzu qilayotgan do’stlarimiz uchun ham, huddi shu maslahat!
Maqola bo’yicha savollar tug'ilsa, izohlarda qoldiring, albatta javob beraman. Bu ma’lumotlar bilan, ijtimoiy tarmoqlardagi do'stlaringiz bilan ham bo'lishing, zora ularga ham foydangiz tegib qolsa. V albatta, blog yangiliklariga obuna bo’ling!
E’tiboringiz uchun rahmat!
Hurmat bilan Malika
Depozit kartadagi pulni ishlatsa boladimi
Har qaysi bankda turlicha. Bank bilan qilgan shartnomangizda nima deb yozilgan?
салом мен карта олмочиман онлайн руйхатдан утиб олсам буладими олдиндан жавоб учун рахмат
Rüzgardan oʻtish
Milliy bank visa kartasini oldim depozit dagi pulni ishlatilmaydi ekan lekin shimkentda bankamatdan naqt pul qilib olsam boldimi ichidagi tashlangan pullarni
Ha bo'ladi, faqat depozitdagi puldan tashqari.
Ular ishlaydi harqanday davlatda deyishdi lekin
Ha ishlaydi.
Visa kartani kimlar olishi mumkin
Har bir odam olishi mumkin. Faqat, qaysidir yoshdan yuqorilarga mumkin degan joyi bo'lishi mumkin, men bunisini bilmayman. Banklardan so'rab ko'rishingiz kerak.
Assalomu alaykum. Visa kartani ham onlayn ochish mumkinmi.?
Visa card qancha vaqtda tayor boʻladi ariza bergandan soʻng
Salom. O'zlari aytishadi, bundan tashqari, tayyor bo'lganida telefoningizga xabar ham keladi. Aniq nechi kunda tayyor bo'lishini aytolmayman, turli banklarda turlicha muddat.
Salom. Bir savolim bor edi (CVV2 [3 ta raqam]) kodi deganda qaysi biri yoziladi,masalan meni VISA kartamda 4412 052 yozilgan orqasida.Javob uchun oldindan rahmat.
Valeykum salom. Kartaning orqa tarafida 3 ta raqam alohida yozilgan, o'sha raqam yoziladi.
Salom.Visa kartani necha yoshdan boshlab ochish mumkin. Keyin uni ishlamaydigan odamlaram ocholadimi yoki faqat ishlaydiganlarmi? Savolimga javob bersez.
Valeykum salom. Qo'lingizda pasportingiz bo'lsa ochishingiz mumkin, ya'ni pasport olish yoshida bo'lsangiz. Bir joyda ishlashingiz muhim emas.
Asalomu alekum visa kartani qanday olsam boladi
Assalomu alaykum uzimizi uzcardan visa cartaga I nabarot visa cardan uzcartda pul utkazsa buladimi rahmat
Valeykum salom. Ha bo'ladi.
Assalomu Alaykum, Viza kartasini vaqtincha ishsizlar ham olishi mumkinmi?
Valeykum salom. Ha, har qanday odam olishi mumkin. Oylik uchun alohida karta ochiladi.
Salom.menga turli hil saytlardan yutuqli oʻyinlar uchun bonuslar kelayapti. Olay desam viza kartadan bank hizmatini toʻlashim kerak ekan. Menda viza karta yoʻq. Oʻtkazishga mablagʻim yoʻq . Nima qilishim kerak. Iltimos yordam bersangiz.
Valeykum salom. Bunday takliflarga hech qachon to'lov qilishni tavsiya qilmayman.
Assalomu alaykum visa kartadan so'm qilib yechgand ham oddiy plastiklardan yechilgandwk foiz olinadimi uni o'zimizda bemalol ishlatsa bo'ladimi kartadan kartaga pul o'tkazib telefonga magazinlarga ishlatib javob uchun rahmat.
Valeykum salom. Ha bo'ladi.
Assalamualaikum
Visa kartaga rassiyadan turib rubl tashlasak uydagilar som qilib echil ololadimi
Valeykum salom. Ha, so'm qilib ham, dollor qilib ham olishlari mumkin. Lekin, foizi katta bo'lai.
Salom viza karta ochmoqchi edim 3 turi bor ekan manga esa chetdan pul tawawmoqchi u pulni yechib olwim uchun dollir yoki somda ham olsam boladigan kartani qaysi turdagisini tanlasam boladi buning uchun
Assalomu alaykum investitsiya ishlarida ham foydalanish mumkinmi oldindan rahmat
Valeykum salom. Ha albatta.
Миллий банк виза картасини олган эдим. 25 доллар депозит куйдим. Ва банк хизмати учун хам маблаг киритдим. Банк хизматини тулаб юборилган маблагни олай десам динамик пасфо деяверяпти. Банк оркали юборилган кодларни езсам Кабул килмаяпти. Нима киоишим керак. Нима у динамик паспорт.
Assalomu alaykum man onlayn tarzda plastik karta ochtirmoqchi edim buni qanday amalga oshirsam buladi va bu pullimi yoki bepul shu xaqida malumot bera olasmi javob uchun oldindan raxmat
Valeykum salom. Qaysi bankdan ochishingizga bog'liq. Hali ko'p bnklarda onlayn karta ochish yo'lga qo'yilmagan. Bu haqda bank saytidan aniq ma'lumot olishingiz mumkin. Internet banklardan onlayn buyurtma berishingiz mumkin, masalan yandex dengi yoki webmoneyda.
Assalom alekum. Bir savol Visa kartasiga сбербанк orqali pul tashlasa bo'ladimi
Valeykum salom. Ha bo'ladi, faqat zolotaya korona orqali.
Visa classic ochish uchun nimalar talab etiladi?
Faqat pasport kerakmi yoki boshqa narsalar hammi
Faqat pasport.
Faqat pasport va bir oz pul, depozit uchun.
Assalomu alaykum. Men 16 yoshdaman va shu pasportimga visa karta ochsam boladimi, yani yoshim togri keladimi
Valeykum salom. Siz bank xodimidan so'rab ko'rishingiz kerak. Chunki, ba'zi bankda 16 yoshdan, ba'zi bankda esa 18 yoshdan ochish mumkin.
Salom Visa karta necha yoshdan olsa bo'ladu
Valeykum salom. Siz bank xodimidan so'rab ko'rishingiz kerak. Chunki, ba'zi bankda 16 yoshdan, ba'zi bankda esa 18 yoshdan ochish mumkin.
Salom Visa kartani necha yoshdan olsa bo'ladu
Valeykum salom. Siz bank xodimidan so'rab ko'rishingiz kerak. Chunki, ba'zi bankda 16 yoshdan, ba'zi bankda esa 18 yoshdan ochish mumkin.
Assalomu alaykum Internetda pul ishlash va kriptovalyuta sohasida faoliyat yuritish uchun Viza virtual kartasi qulaymi yoki Viza Classik. Har tomonlama qulay karta qaysi biri. Javobingiz uchun oldindan rahmat
Valeykum salom. Pulni nalichi qilib qo'lingizga olish uchun Viza classik, Yo'q agar pulni internetda ishlataman desangiz, Viza virtual kartasi ham bo'laveradi. Lekin Viza Classik kartasini tavsiya qilaman.
Asssalomu alaykum Umidjon mani kartam viza electron milliy bank karta ammo ikki yildan beri foydalanmaganligim uchun bloklanib qolmaydimi
Valeykum salom. Banklar har uch yilda plastik kartalarini almashtirib yangilab turishadi. Milliy bank nechi yilda almashtirishini aniq bilmayman. Aslida kartaning o'zida amal qilish muddati yozilgan bo'ladi. Shu muddat ichida foydalanmasangiz ham bloklanmaydi.
Visa kartani olgandim lekin xali depozitini toldirmagandim qanday tòldirsam bòladi shu xaqida malumot bera olasizmi
Bankomat orqali yoki bankga murojaat qiling. Kartadan kartaga ham o'tkazishingiz mumkin.
Assalomu aleykum visa kartada valyuta turini o'zimiz tanlaymizmi yo faqat $ dami
Valeykum salom. Hozir esimda yo'q, menimcha o'zingiz tanlaysiz.
Savolim shundan iboratki xozi manga rasiyadan dollir tashashdi lekin man uni qabul qilolmayapman dollirdami sumdami olishi bosam xich narsa chiqmovoti
Акшдан мени виза картамга пул утказишлари учун факат картамни 12 талик номерини юбораманми.Узи келиб тушадими мен хеч нима килмайманми?
Ха, факат 12 талик номерингизни берасиз, сиз бошка хеч нима килмайсиз, узи келиб тушади.
Salom malumot uchun katta raxmat meni bitta savolim bor
Assalom Alaykum xurmatli admin sizga bir savolim bor...chet elda meni bir tanishim ishlaydi , u menga pul o'tkazmoqchi, lekin menda visa karta yo'q shu visa kartani qanday olsam boladi
Valeykum salim. Chet eldan ya'ni Rossiyadan hozircha faqat humo viza kartasiga pul o'tkazish mumkin. Humo kartasini qanday olish bo'yicha yaqinda maqola chop qilinadi, bizni kuzatib boring.
Ipatekadan karta ochuvdim narsa zakaz qilish uchun karta malumotlari kritiladi 16 talik raqam mudati keyin orqasidagi sonlar yozilarkanu menda osha raqamlar 7 ta ekan qaysilarini yozish kk oxiridagi 3ta raqamnimi yoki xammasinimi
7 raqam bo'lishi mumkin emas, agar shunday bo'lgan bo'lsa oxirgi uchta sonni kiritib ko'ringchi.
Assalomu aleykum. O'zbekistonda VISA CREDIT CARD ochib bo'ladimi? Yoki bizda faqat DEBIT CARD ochib berishganlari uchun ( hamma banklarda bilishim bo'yicha) , CREDIT CARD o'rnida DEBIT CARTA bilan ham to'lov qilsa bo'ladimi?
Valeykum salom. Ha to'lov qilish mumkin.
Valeykum salom! Debyut karta bilan xohlagan maxsulot uchun to'lov qilish mumkin.
Assalomu Alekum Visa Card Deyilyapdi bunga Humans Orqali berilgan Visa kartalar ham Kiradimi. Yuqorida Aytilganlar shu Humansda Berilgan Karta ga ham tegishlimi javob Uchun oldindan raxmat
Valeykum salom. Ha Humansga ham tegishli, Humans kartasini online, ya'ni sayt orqali yoki ofisga borib buyurtma berish mumkin.
Salom visa kartalar bosha fukoralargaham beriladimi
Valeykum salom, ha beriladi.
Assalomu alaykum men visa karta olmoqchiman lekin menga kimdir rossiyadagi ilovalar orqali pul tashlamoqchi bulsa qaysi visa karta qulay .
Valeykum salom. Rossiyadan pul o'tkazish uchun agrobankdan Humo yoki UzCard kartasiga Sberbank onlayn ilovasi orqali maksimum 50 000 rubl bir martada o'tkazish mumkin, komissiya 1%. Va shu tariqa Sberbank kartasiga UzCard yoki Humo kartalaridan ham pul o'tkazish mumkin.
Assalomu aleykum! Rassiyadan pul kegan visa kartaga 2000 rubl lekin visa kartadan pul qirqib qolishdi shunisiga tushunmadm?
Valeykum salom. Agar kartangiz Rossiya banklariniki bo'lsa, O'zbekiston banki xizmat haqqi oladi. Xizmat haqqi miqdorini esa, kartangizni bergan bank yoki O'zbekiston banki saytida ko'rishingiz mumkin.
Salom Rich Birds oʻyini haqiqiymi .unda ham pul chiqarib boʻladimi
Aka visa qanday zakaz qilsa boladi
Aka visa qanday zakaz qilsa boladi aytib yuboriilltimos
Ассалому алейкум мен виза классик карта очганман ундаги пул маьлумотларини олиш учун клкга улаш мумкинми
Валейкум салом. Ха мумкин.
Agar Amarikandan pul utkazsa menga shuni man tumandagi banklardan olsam buladimi yo markaziy bankdanmi
Ha bo'ladi.
Visa karta ochish uchun necha yosh bo'lish kerak ?🙄
Fuqorolik pasportingiz bo'lishi kerak.