Odnaklassnikida SMM – menejeri bo’lib ishlash uchun nimalarni bilish kerak

Odnoda smm menejeri bo'lib ishlash

Assalomu aleykum uzinterbiz.com blogining o’quvchilari hamda mehmonlari!

Odnaklassniki profilida ishlash haqidagi maqolalar seriyasini davom ettiramiz. Bazi, menga o’xshagan blogerlar, kompaniyalar o’zlarining asosiy saytini targ’ib qilish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlarda o’zlarining profillarini, guruhlarini ochib yuritishadi. Bir odamning, ham saytni, ham guruhlarni yuritishi juda mushkul vazifa. Shuning uchun ular, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash uchun alohida mutaxasislarni yollashadi. Bu mutaxasistlikning nomi “SMM – menejeri” deb ataladi.

Keling bugun, manashu kasb haqida qisqacha malumot beraman, keyingi maqolalarda qanday ishlash kerakligi to’g’risida batafsil o’rganamiz.

Odnaklassnikida ishlash haqida qo’llanmalar

Odnada SMM – menejeri bo’lishning afzalliklari

Odnaklassnikida smm menejeri bo'lib ishlash

Maxsus ko'nikmalar: tarkib (kontent) yaratish, guruhni rivojlantirish, abonentlarni jalb qilish, marketing sohasini bilish, maqola yozish;

Sarmoya kiritish: shart emas;

Qancha pul ishlash mumkin: bir oyda, 5 000 rubldan 100 000 rublgacha ishlash mumkin.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar mutaxasislariga talab juda katta. Agar siz, SMM – menejerligiga etarli vaqt va kuchingizni sarflasangiz, o’zingiz uchun yuqori haq to’lanadigan kasbni egallaysiz. Bazi kompaniyalar nafaqat odnaklassniki, balki, boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham ishlay oladigan odamni izlashadi.

Shuning uchun, agar siz, tezroq ish topishni isatasangiz, boshqa tarmoqlarni, VK, Instagram, Facebook hamda YouTubelarda ham ishlashni o’rganing. Albatta, bir nechita tarmoqlarda birdaniga ishlasangiz daromadingiz ham shunga yarasha ko’p bo’ladi.

Ok.ru da SMM — menejeri bo'lib ishlash uchun ishni qayerdan topish mumkin

Ok.da ishlash uchun vakansiyalarni topish ancha mushkul. Shuning uchun siz oldin o’zingizning rezyumengizni to’ldirishingiz kerak. Va keyin, o’zingizga maqul bo’lgan ishni topish uchun, shunday vakansiyalari bo’lgan saytlarni, freelans birjalarni kuzatishingiz kerak bo’ladi.

Hozirgi kunda juda ko’plab kompaniyalar masofadan turib ishlovchi ishchilarni yollashadi. Agar siz shunday ishni topsangiz, uydan chiqmasdan turib yaxshi daromad olishingiz mumkin:

Odnaklassnikida smm menejerlari uchun vakansiyalar

SMM – menejeri bo’lib, bir yildan ortiq ishlab, tajribangizni oshirganingizdan keyin, oyiga 100 000 rubldan ortiq pulga ishlayman deb talab qo’ysangiz bo’ladi. Lekin, bunday oylikga ishlaydigan mutaxasislarga qo’shimcha talablar ham qo’yilishi mumkin. Talablar asosan, ingliz va rus tillarni bilish, marketing borasida chuqur bilimga ega bo’lish va hokazolar bo’lishi mumkin.


Ish qidirish borasida qo’llanma va maslahatlarni bu yerdan olishingiz mumkin.


 

Do’stlar, albatta internet kasblardan birini tanlab, o’rganishga chuqur kirishing. Chunki, kelajakda ish faqat internet orqali bajariladi, buni xohlagan sohada sezish mumkin. Bank sohasi bo’ladimi, davlat organlari sohasi bo’ladimi, axborot sohasimi va kompaniyalar, barcha barchasining tarixiga nazar solsangiz, shuddat bilan internetga kirib kelishayapdi. Bazilari butunlay internet orqali ishlashga o’tishgan.

Siz ham harakat qiling, zamondan orqada qolmang. Barchangizga yangi boshlagan ishingizda omad tilab, sizlar bilan xayrlashaman. Keying maqolamiz  “Ok.ru da o’yin va dasturlar yaratish orqali pul ishlash” mavzusida bo’ladi, o’tkazib yubormang, xayr.

Hurmat bilan Umidjon

Maqolaga baho bering!
( 1 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: