Moliyaviy savodxonlik nima va nima uchun kerak. Nega maktab yoshidanoq buni o’rgatishimiz muhim?

Moliyaviy savodxonlik nima

Assalomu Aleykum blogimiz o’quvchilari! Qimmatli qog'ozlar, kreditlar, foizlar, denominatsiya va devalvatsiya ... bularning barchasini qanday tushunish mumkin va nima uchun? – Buni oddiy til bilan aytadigan bo’lsak: bu, eng qiyin vaziyatda ham mablag’larni to'g'ri boshqarish desak bo’ladi.

Global ma'noda esa, moliyaviy savodxonlik — moliya, moliya institutlari va ularning o'zaro munosabatlari haqida bilimlar to'plami demakdir. Moliyaviy jihatdan savodli bo'lish uchun, ba'zi kurslarda ro'yxatdan o'tish yoki, universitetga kirish shart emas. Siz asta-sekin va mustaqil ravishda bu yo’nalishda  rivojlanishingiz mumkin.

Moliyaviy savodxonlik — bu hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan, insonning moliya sohasidagi bilimlar to'plami.

Biznesni endi boshlayotganlar uchun qo’llanmalar

Moliyaviy savodxonlik nima va  bu nima uchun muhim?

Moliyaviy savodxonlik nima va nima uchun kerak

Deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda aholining moliyaviy savodxonligi darajasi tahlil qilindi va davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Afsuski, uning darajasi ko’p joylarda yuqori bo’lmadi.

Lekin, biz boshqalardan ko'ra yomonroq ekanmiz deb o'ylamang. Agar siz dunyoni o'zgartirishni xohlasangiz, o'zingizdan boshlang. Bugungi kunda moliyaviy salohiyatni oshirish, ertaga, moliyaviy xavfsizlik yostig'iga ega bo’lish, ekzotik mamlakatda dam olish, avtomobil sotib olish va boshqa moliyaviy maqsadlarga erishish shaklida meva beradi.

DIQQAT! davlatning iqtisodiy o'sishi mamlakat aholisining moliyaviy savodxonligi darajasiga bog'liq. Moliyaviy sohada xizmatlar qancha ko'p bo’lsa, raqobat ham shuncha ortadi.

Raqobat esa taraqqiyot omili. U raqobatchilarni, xizmatlar  sifatini yaxshilashga, narxlarni pasaytirishga, katta resurslarni sarflashga — yakuniy mahsulotni yaxshilash uchun hamma narsani qilishga majbur qiladi. O'z navbatida, xaridor yoki mijozlar biron bir imtiyozga ega bo'lgan holda sifatli mahsulotga pul sarflashga tayyor bo’ladilar.

Moliyaviy savodxonlikni tekshirish uchun savollar

Moliyaviy savodxonlikni qanday tekshirish mumkin

Aholining moliyaviy savodxonligi har bir mamlakat uchun muhimdir. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning moliyaviy savodxonligi darajasiga bog'liq. Davlat uni darajasini oshirish choralarini ishlab chiqishi kerak.

O’zbekistonda hokimiyat odamlarga moliyaviy munosabatlarda bilim berish kerakligini allaqachon tushunib yetdi, ba'zi urinishlar qilinmoqda, dasturlar va loyihalar yaratilmoqda, ammo bu hali juda oz.

Bolalikdan boshlash kerak, mamlakatimizda bolalar bilan pul masalalarini muhokama qilish yoki maslahatlashish odat tusiga kirmagan. Ota-onalar bolalarga moliyaviy savodxonlikni o'rgatishmaydi va bu borada bilimlarini nazorat qilishmaydi.

Maktabda juda ko’p vaqt, maktabdan keyin hech qachon foyda keltirmasligi mumkin bo'lgan bilimlarga bag'ishlangan (agar ular kelajakdagi kasbga tegishli bo'lmasa), boshlang'ich moliyaviy bilimlar esa, umuman o'rgatilmaydi.

Moliyaviy savodxonligingizni tekshirib ko’rishingiz mumkin:

  • Yo'qotilgan foyda
  • Qarz oluvchilarning huquqlari uchun
  • Moliyangiz bilan do'stlashing.

Testlarda ko’pincha bank va iqtisodiyot sohasidan yoki, matematikadan oddiy savollar beriladi. Misol uchun:

  • Inflyatsiya nima?
  • Valyutalar kursi qanday aniqlanadi?
  • Moliyaviy maqsadlar nima?
  • Farzandingiz keraksiz narsani xarid qilishni so’rayapti, sizning harakatlaringiz?
  • Necha yoshdan boshlab bankda hisob ochish mumkin? Va boshqalar.

Moliyaviy jihatdan savodli shaxsning sifati va odatlari

Moliyaviy savodli kishilar odatlari

Xo’sh, moliyaviy jihatdan savodli inson o’zi qanday sifatlarga va odatlarga ega bo’lishi kerak. Qanday insonni biz zamon bilan hamnafas yashaydiganlardan deb ayta olamiz:

  • Shaxsiy daromadlar va xarajatlarning oylik hisobotini qiladi
  • Mavjud mablag'lar asosida hayotni tashkil qiladi (keraksiz qarzlarsiz). Ya'ni, puli yetarli bo'lmaganda, har xil narsalarni sotib olmaydi
  • Kelajakdagi xarajatlar va daromadlarni rejalashtiradi (kutilmagan holatlar bo'yicha xarajatlarni hisobga olib va nafaqaga tayyor bo'ladi). Depozitlar, kreditlar, investitsiyalar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
  • Moliyaviy mahsulotlar va moliyaviy xizmatlarni oqilona tanlaydi. Duch kelgan bankga borib hisobni ochmaydi yoki, beshta bankda bittadan karta ochmaydi. Shartlarni taqqoslab, eng munosibini tanlaydi, ortiqcha xizmatlardan voz kechadi.
  • Moliya sohasidagi bilim va ko'nikmalar. Katta inflyatsiya vaqtida kredit olish foydalimi? Agar neft narxi keskin tushib ketgan bo'lsa, dollarga nima bo'ladi? PIN-kodni onlayn-do'konda to'lov kartasidan kiritish mumkinmi? Agar bu savollarga javob bilsa, u nafaqat o'z pulini yo'qotmaydi, balki daromad ham topadi.

Bunday maqomga erishish uchun, barcha qoidalarni bilishingiz kerak. Bu qoidalar: iqtisodiy qonunlar, moliyaviy vositalar, risklar, ba'zan hatto marketing. Har birimiz mamlakatning moliyaviy faoliyatida va hatto dunyo hayotida ishtirok etmoqdamiz, ammo hamma ham buni bilmaydi, tushunavermaydi.

Moliyaviy savodxonlikni qanday oshirish mumkin?

Moliyaviy savodlilikga qayerda o'rganish mumkin

Xulosa

Moliyaviy savodxonlik o'zingizni va oilangizni kutilmagan holatlarda himoya qilish va hayot sifatini yaxshilash uchun zarurdir. Bu har birimiz, xususan, davlat va moliya institutlari uchun muhimdir.

Odamlar moliyaviy jihatdan oqilona qarorlar qabul qilmasalar, iste'molchi va ipoteka qarzlari ortib boradi, ko'plab firibgarlar paydo bo'ladi, jinoyatchilik darajasi ko'tariladi, iqtisodiy barqarorlik pasayadi va odamlar ishonchsiz banklarga murojaat qilishadi yoki, daromadni oshirish uchun shubhali vositalardan foydalanadilar.

Davlat esa, natijalar hisobi bilan shug'ullanishi kerak bo’ladi: kompensatsiya to'lash va jamiyatdagi ijtimoiy tartibsizliklarni tinchlantirish, inqirozga yuz tutmaslikka harakat qilish kabi.

Umid qilamizki maqolamizdan moliyaviy bilimlarning qanchalik muhim ekanligini bilib oldingiz. Xulosa sifatida quyida, amerikalik biznesmen va yozuvchi  Robert Kiyosakining motivatsion videosini ko’rishni taklif etamiz

Izohlarda sizning mavzuyimizga doir savollaringiz kutib qolamiz. Blogimizdan uzoqlashmang! Ko’rishguncha, hayr!

Maqolaga baho bering!
( 1 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov / автор статьи
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: